Hujjatlar almashinuvi elektron ko‘rinishda amalga oshiriladi



Yüklə 12,96 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü12,96 Kb.
#112440
diyor 402


Hujjatlar almashinuvi elektron ko‘rinishda amalga oshiriladi
Chop etish
Nodira nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida viloyat hokimligi kompyuterlashtirish markazi hamda “Unicon.uz” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi hamkorligida “Ijro intizomi” axborot tizimida ishlash va elektron raqamli imzo kalitlarini tarqatish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari nazorat-shu’ba guruhi, devonxona rahbarlari va mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Zamonaviy interaktiv davlat xizmatlari va hujjatlar almashinuvini elektron ko‘rinishga o‘tkazilayotgani axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nechog‘li rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Bunda sohaning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgani muhim omil bo‘lmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Idoralararo yagona ijro intizomi elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5017-sonli farmoyishi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Viloyatda “Ijro intizomi” idoralararo monitoring va operativ nazorat-axborot tizimiga o‘tish tartibiga muvofiq, birinchi bosqichda viloyat, ikkinchi bosqichda shahar va tuman hokimliklari “Ijro intizomi” axborot tizimiga ulandi. Rahbar va mas’ul xodimlarga mazkur tizimda ishlash uchun elektron raqamli imzo kalitlari taqdim etildi. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, korxona, tashkilot, muassasa va ularning quyi bo‘g‘inlari mazkur tizimga ulanadi.
Tadbirda topshiriqlarning muddatidan kechikib bajarilishi yoki bajarilmay qolish holatlarining oldini olish, nazoratni kuchaytirish va avtomatlashtirish, hujjatlarning idoralar o‘rtasida elektron shaklda aylanish hajmini ko‘paytirish, qog‘oz va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, hujjatlarni yetkazib berish, ularning ijrosi va nazoratini yuritishning tezkorligi hamda qulayligini oshirish, tizimga kiritilayotgan o‘zgarish va yangiliklar, tizimda bevosita ishlash tartiblari yuzasidan fikr almashildi.Zero, ijro intizomini nazorat qilish bo‘yicha yagona idoralararo elektron tizim bo‘lgan www.ijro.gov.uz ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash tartibini markazlashtirishga va avtomatlashtirishga xizmat qiladi.
Yüklə 12,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin