Hujayraning vakuolyar tizimi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#107703
  1   2   3
7-mavzu. Hujayraning vakuolyar tizimi


Hujayraning vakuolyar tizimi

Hujayraning filogenezi va ontogenezi jarayonlari undagi komponent va strukturalarning o’ziga xos tizimli ravishda taraqqiyotiga olib kelgan. Ularning tuzilishi va funksiyalari har xil bo’lishiga qaramasdan, umumiy bir tuzimli xususiyatga ega. Jumladan, vakulyar tizimidagi endoplazmatik retikulum, Golji apparati, lizosomalar, peroksisoma, sferosomalar va vakuolalar umumiy sintez funksiyasini, biopolimerlarni qayta modifikatsiyalash, ularni tarqatish, hujayradan chiqarish, sitoplazmaning tegishli qismlariga o’tkazib berish eng asosiysi glikoproteid oqsillarini va membranali sistemalarni, plazmatik membranalarni sintez qilish hamda funksiyasini taʼminlash vazifalarini bajaradi.


Shuni qayd etish kerakki, hujayraning asosiy oqsil massasining sintezi sitozoldagi polisomalarda amalga oshadi. Ayniqsa sitozoldagi sintezlanayotgan oqsillar i-RNK ning irsiy axborotiga muvofiq turlicha xildagi oqsillarni sintezlanadi. Ularning har birini yo’nalishiga asosan, hujayradagi tegishli komponentlarga yetkazilishi zarur. Bu o’z navbatida eng murakkab jarayon hisoblanib, sintezlangan oqsillar tarkibida ishtirok etuvchi aminokislotalarning o’ziga xosligini taʼminlovchi “signalli” xususiyati paydo bo’ladi va shu asosda tanib, ajratib, ularni tarkibiga mos holda to’plab, boshqa oqsil yoki boshqa strukturalar bilan aralashib ketmasligi uchun chegaralab, o’rab olib yaʼni immobilizatsiya qilib, tartib bilan hujayra ichida va komponentlarga tarqalishini taʼminlaydi. Yadro, mitoxondriya, plastida, sitoskelet va peroksisoma oqsillarining o’zlariga xos signalli xususiyatlari tafovut qilinadi. Ushbu oqsillar sitozolda sintezlanib, past translyatsiyadan keyin, hujayra ichidagi oqsili komplektlar yordamida tegishli manzillarga konveyer usulida yetkazib beriladi. Oqsillar xillariga mansub holda donador endoplazmatik retikulum membranasida joylashgan ribosomalarda sintezlanib, vakuola ichiga tushadi. Keyinchalik vakuola ichidagi oqsil, membranali vakuola tarkibi bilan hujayra ichiga tashiladi.
Vakuolyar sistemadagi komponentlarning barchasi bir qavat membranali bo’lib, ularning shakllanish manbasi ham umumiy, yaʼni donador endoplazmatik retikulum hisoblanadi. Vakuolyar sistemaning umumiy funksiyasi quyidagicha:
1. Donador endoplazmatik retikulumda vakuolyar membrana tarkibiga zarur bo’lgan oqsillar sintezlanib, birlamchi membrana oqsillari modifikatsiyalanadi. Birlamchi membrana oqsillari va membrana lipidlar sintezlanib, glikoproteidlarni hosil qilib, membrana terilib boshlanadi.
2. Golji apparatining siszonasida, yangi paydo bo’lgan mahsulotlar alohida –alohida vakuola bo’laklariga o’tadi.
3. Golji apparatining sis zonasida glikoproteidalrning ikkilama modifikatsiyasi amalga oshadi, ya’ni polisaxaridlar (o’simliklarda gemisellyuloza) va geksozaminoglyukonlar sintezlanadi.
4.Golji apparatining o’rtaliq zonasida glikoproteidlar qo’shimcha modifikatsiyalanadi.
5. Goljining trans bo’limida sekretor va lizosoma oqsillar alohida vakuolalarga o’tadi.
6. Ekzositoz (sekretsiya).
7. Doimiy ekzositoz.
8. Gidrolizlangan birlamchi lizosomalarni ajralishi.
9. Endositoz.
10. Ikkilamchi lizosomalar.
11. Gidroliz reseptorlarining retsiklizatsiyasi.
12. Plazmatik membrana reseptorlarining retsiklizatsiyasi.
13. Silliq endoplazmatik retikulim. Lipidlar kondensatsiyasi, Ca2+ ionlarining deponlashivu, glikogen va boshqalarning sintezlanishi.
14. Golji apparatining zonasiga transportlanishi.
15. Golji apparatidan endoplazmatik retikulimga transporti.







Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin