Hozirgi zamon o'qituvchisi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish muammolari Reja


O‘qituvchi mehnati asosida ma’naviy dunyosini vaumuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabatinitakomillashtirish



Yüklə 46,8 Kb.
səhifə3/4
tarix14.06.2023
ölçüsü46,8 Kb.
#130178
1   2   3   4
Reja O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda pedagogi

3. O‘qituvchi mehnati asosida ma’naviy dunyosini vaumuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabatinitakomillashtirish
O‘qituvchi mehnati faolligining unumdorligini oshiruvchi xusu-siyatlar, uning mehnatga erkin va ijobiy munosabatda bo‘lishi, pedagog-lik kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mehnat turlariga qiziqishi, o‘qituv­chi ma’naviy dunyosining boyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabati va onglilik darajasi bilan ham belgilanadi. Hozirgi zamon sotsiologik tadqiqotlarida o‘qituvchilarning milliy va umumin­soniy qadriyatlarni o‘rganishga nisbatan qiziqishlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda, chunki har qanday jamiyatda belgilangan me’yoriy qonu-niyatlar tizimi bo‘lib, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlar etak-chilik qiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov "YUksak ma’naviyat -engilmas kuch" asarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shunday izohlaydi: "Xalqimizning turmush va tafakkiir tarziga nazar tashlaydigan bo ‘Isak, boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo ‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘ramiz. Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shaf-qat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan boyi-tadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik., bu tushunchalar kimdir shunchaki o‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlar emas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqa-rashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu shuuri-mizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir".
Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘tslik va totuvlikni qadrlash, turli muammo-larni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu qadriyatlar ta’lim-tarbiya asosida yosh avlod ongiga sing-diriladi. Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar va tarbiyachilarning pedagogik mahoratida umumbashariy qadriyatlar ularning ma’naviy dunyosini naqadar keng ekanligini namo­yon etadi. Buyuk allomalarimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan e’tibor asosiy o‘rinda turgan. Ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Inson axloqi aqlga, xulqi va xatti-harakati esa ilm— fanni o‘rganishga hamda ma’rifatga asoslangandagina ma’naviy kamo-lotga erishadi. Allomalarning fikrlariga ko‘ra, insonparvarlik g‘oyalari-ning amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishish, bilimli va ma’ri-fatli bo‘lishga bog‘liq. SHuning uchun ham ular ilmlilikni umuminsoniy qadriyat darajasida ulug‘lab, jamiyatning barcha ao‘zolarini ilm egallashga chaqirdilar, muallimlarning shijoatli mehnatini qadrlayilar.
Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida bilim umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatii ociarn jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonlik-lardan uzoqdir. "limning foydasi ochko‘zlik bilan oltin kumush to‘plash uchun bo‘lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo‘lishdir" deb yozadi alloma. (Abu Rayhon Beruniy.: O‘ylar, hikmatlar, naql-lar, she’rlar. 44-bet).
Falsafiy talqinda qadriyatlar - inson va insoniyat uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, haqiqat, ma’rifat, go‘zallik, yaxshilik kabi barkamol inson uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi holatlar yig‘indisidir.
Tadqiqotchi olim O. Musurmonovaning ta’kidlashicha, qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan narsalardan iborat bo‘lib, kishilaming talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida o‘zaro munosabat, o‘zaro ta’sir natijasida vujudga keladigan holatdir. Demak, qadriyatlarning mohiyatini pedagogik nuqtai nazardan izohlaganimizda, insonning ma’naviy ehtiyojlari asosida paydo bo‘lgan, amaliy faoliyatda davr sino-vidan muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘z shakl va mazmunida xalqning ma’naviy olamini mujassam etgan, asrlar davomida xalqning ma’naviy madani-yatini shakllantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan ma’naviy - ruhiy xatti-harakatlar, narsa va hodisalar majmui. (Musunnonova O,: "Ma’na­viy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi". 66-bet).
Barcha qadriyatlarning mohiyatini eng oliy tuyg‘u - Insonparvarlik tashkil etadi. Insonparvarlik - insonning sharafi, vijdoni va iymonining mahsuli. Insonparvarlik xayrixohlik, g‘amxo‘rlik, moddiy-ma’naviy madadga intilish tuyg‘usi, iymon va vijdon doirasida mehr-muruvvat ko‘rsatish (Musurmonova O.: "Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbi­yasi". 58-bet). O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunida yoshlar "ta’lim-tarbiyasi insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi" davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri sifatida talqin etiladi. Ushbu sharafli g‘oyalarni amalga oshirib, yoshlarni, bilimli va aqliy jihatdan kamol toptirishda avvalo o‘qituvchining qizg‘in mehnat faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yurtimizda barka­mol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish masalasi dolzarb vazifa sifatida e’tirof etilmoqda. Bunda farzandlarimizning nainki jismoniy, balki axloqiy va ma’naviy barkamol bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. SHuning uchun o‘qituvchining o‘zida bekamu ko‘ts takomillashgan, eng yuksak umuminsoniy qadriyatlar tuyg‘usi bo‘lishi kerak. Bu tuyg‘u, uning mukammal shakllangan pedagogik mahorati qirralarida doimo o‘z aksini topishi zarur. Inson bolasi yoshligidan to umrining oxirigacha ilm olib, aqliy kamolot sari intilar ekan, barcha umuminsoniy qadriyatlarga ilm tufayli erishadi. O‘qituvchi - ilmni xalqqa targ‘ib etuvchi va yoshlar qalbiga yo‘l topuvchi asosiy javobgar shaxsdir. "Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi Dunyo imoratlari ichida eng sharqflisi maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituv-chilik va murabbiylikdir" deb ta’kidlaydi 1-Prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma’na-viyat-engilmas kuch" asarida (130-131 betlar). Demak, o‘qituvchi ijodiy mehnatining asosi - avvalo umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar mohi-yatidan iborat bo‘lishi hamda ilmu hidoyat, mehru muhabbat, sabru qanoat, otalarcha bag‘rikenglik tuyg‘ulari bilan olib borilishi lozim.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohot-larning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi mehnat faoliyatining umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Bu keng qam-rovli va salmoqli omillar asosida o‘qituvchining butun umri davomida amalga oshiradigan ko‘p qirrali pedagogik faoliyati mujassamlashgan. O‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnat faoliyati va kasbiy mahorati bilan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga nechogiik boy ekanligini ta’lim-tarbiya jarayonida namoyish etadi. O‘qituvchi pedagogik maho-ratini o‘zining halol mehnati bilan takomillashtirib boradi. Ushbu mehnat natijasida inson komillik darajasida voyaga etishi lozim, buning uchun ma’naviyat va qadriyatlar yuksalishi, inson keng ma’nodagi ma’naviy shaxsga aylanishi kerak. O‘qituvchi mehnatining natijasi boimish barka­mol inson yuksak ma’naviyatni yaratadi va rivojlantiradi, umumbashariy qadriyatlarni asraydi. Uning o‘quvchilar jamoasi bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatidagi barcha yutuqlari ushbu qadriyatlar tufay-lidir. O‘qituvchi mehnat faoliyatida o‘z pedagogik faoliyatini bezaydigan quyidagi qadriyatlar tizimini muntazam egallab borishi zarur:
O‘qituvchining bilimi, pedagogik mahorati, qizg‘in mehnati barkamol avlodni tarbiyalashga, ularda tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, tadbirkorlik hislatlarini va ma’naviy ongini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyatdagi global o‘zgarishlar, texnik va texnologik taraqqiyot, dunyoviy fanlardagi o‘zgarishlar va yangiliklar uning sharafli mehnatiga ta’sir qiladi. Buning uchun ijodkorlik talab etiladi. Ijodkorlik esa faqat qizg‘in mehnat tufayli sodir bo‘ladigan faoliyat shakli. O‘qituvchi:
•mehnatsevarlik qadriyatlarining mohiyatini aqliy va jismoniy mehnatga ijodiy munosabat sifatida anglashi;
•ongli va halol mehnati bilan, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy, moddiy va ma’naviy rivojlanishiga ta’sir etishi;
• o‘z mehnati natijalaridan g‘ururlana olishi;
• o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi mas’u-liyatini doimo his etishi lozim.
Mamlakatiraizda "kadrlarni o ‘qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma ‘naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida" ("Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 54—bet) olib boriladi. Ayniqsa, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi.
O‘qituvchi qanday umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishi mumkin, tadqiqotlarimiz jarayonida o‘qituvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qildik: "SHaxsan Siz dars jarayonida o‘quvchilarga qanday nasihat qilgan bo‘lardingiz?". "Nasihatlar"ning asosiy mazmuni noaniq, ularda peda-gogning individualligi va mavzuni tez tanlash intuitsiyasi sezilmasdi. Dars jarayonida o‘qituvchi doimo mazmunan bir xil nasihatlar beradi. Ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
- sidqidildan o‘qish zarurligini eslatish;
- mehnatsevarlikka undash, vijdoniylikka chaqirish;
- barkamol shaxs sifatida shakllanish zarurligi haqida eslatish;
- insoniylikni yo‘qotmaslikka chaqirish.
Bu chaqiriq va nasihatlar zamonaviy ta’lim muassasalarida peda-goglarning umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish tajribasi kamligidan dalolat beradi va ushbu muammolar haqida o‘ylab ko‘rishga majbur etadi. O‘qituvchilarning javobi bayonot yoki nasihat qilish xususiyatiga ega bo‘lishi, o‘ta mavhum hamda ta’sirli chiqishi shart emas.
O‘qituvchi mehnatidagi kasbiy natijalar uning umuminsoniy va ma’-naviy qadriyatlarga bo‘lgan munosabati bilan o‘lchanishi evropa olimla-rining ham ilmiy tadqiqot ishlaridan keng o‘rin olgan. Jumladan, K. Klakxon o‘qituvchining kasbiy faoliyatida umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabatini turkumlarga ajratib, quyidagicha ta’rif beradi: "qadriyatlar - oshkora yoki yashiringan, individga yoki guruhga xos bo‘lgan orzu-itsak haqidagi tasavvur bo‘lib, ular tomonidan kasbiy fao-liyat yuzasidan bajarilayotgan mehnat turlarini, vositalarini va maqsad-larini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi".
Pedagogik jarayonda o‘qituvchining umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirilganligi ham olim tomonidan keng tadqiq qilingan. U pedagogikqadriyatlarni takomillashtirishga nisbatan quyidagi muammolar muhim ahamiyatga ega deb ta’kidlaydi:
1)o‘qituvchining jamiyatga xos qadriyatlarni o‘zlashtirishi va targ‘ib qilish qobiliyati.
2)o‘qituvchining o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda umuminsoniy qad­riyatlarni samarali targ‘ib etish itsagi va imkoniyatlari.
3) targ‘ib etilayotgan umuminsoniy qadriyatlarni o‘quvchi tomoni­dan muntazam qabul qilinishi uchun o‘qituvchining zarur shart-sharoit-larni yaratganligi.
Pedagog olimlar o‘z tadqiqotlarida o‘qituvchilarning umuminsoniy qadriyatlarga munosabatini va ularni o‘quvchilar ongiga etkaza olish qo-biliyatlariga qarab ikkita asosiy turga ajratib ko‘rsatadilar:
1)O‘quvchi ongini rivojlantirish"ga yo‘naltirilganlik: ushbu toifa-dagi o‘qituvchi jamiyat tomonidan belgilangan ijtimoiy axloqiy omil-larga tayangan holda avvalo o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivoj-lantirishga intiladi.
2)Ta’lim jarayonida biror natijaga erishish"ga yo‘naltirilganlik: Ushbu toifadagi o‘qituvchi o‘quvchining faqatgina aqliy rivojlanishidan manfaatdor. O‘zlashtirilgan o‘quv materialini qat’iy tekshirib boradi. Bunday yo‘naltirilganlikda o‘qituvchi jamiyatning faqatgina ta’lim sohasiga nisbatan munosabatlarini bajarish bilan bog‘liq faoliyatni olib boradi. Jamiyat ta’lim tizimidagi faoliyatlardan qoniqmagan taqdirda, ushbu turdagi o‘qituvchilar mehnati utsunlik qiladi va samarali deb tan olinadi.
A.G.Zdravomislov va V.A.YAdov insonning umumbashariy qadri­yatlarga yo‘naltirilganligini jamiyatning moddiy va ma’naviy madani-yatiga asoslangan qadriyatlariga shaxsning ko‘nikishi (yoki moslashuvi) deb ta’rif beradilar.
qadriyatlar subekt tomonidan idealga aylanishi mumkin. Bu holda ushbu qadriyat - inson hayotiy pozitsiyasining o‘rnatilishiga ta’sir qilishga qodir hamda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadli qadriyat­larga aylanadi. Ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilmagan qadriyatlar shaxs faoliyatini boshqaruvchi vazifasini bajarishi mumkin, bunda u individ ongida "o‘z maqsadlariga erishish uchun bo‘ysunishga to‘g‘ri keladigan" vositali qadriyatlar sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lum bir maqsadga asoslangan qadriyatlar qarama-qarshi yo‘nalishlarga ega bo‘lsa, ziddi-yatlarga duch kelishi mumkin. Maqsadli qadriyatlar vositali qadriyatlarga nisbatan turg‘unroq, biroq vositali qadriyatlarga individuallashtirish ko‘proq seziladi.
M.Rokich inson qadriyatlari tushunchasiga ikki xil ta’rif bergan: U qadriyat deganda insonning o‘z maqsadini boshqa maqsadlar bilan solishtirganida utsunligiga ishonchi va undan faxrlana olishi, yoki individ xulqining boshqalar xulqi bilan solishtirganda utsunligiga ishonchini tushunadi. SHundan kelib chiqib, u insoniy qadriyatlarning ikkita turini ajratadi: maqsadli qadriyatlar va vositali qadriyatlar. Birinchisini ideal qadriyatlar, ikkinchisini esa insrumental qadriyatlar deb ataydi.
Ideal qadriyatlarda individ uchun ma’lum bo‘lgan hayotiy qad­riyatlarning ustuvorligi aks etadi.
Insrumental qadriyatlarda esa - tegishli ideal qadriyatlarning amal-ga oshirilishiga olib keladigan ma’lum xulq turlarining ustuvorligi aks etadi. Hozirgi kunda tadqiqotchi M.Rokich tomonidan taklif etilgan qadriyatlarni tashxis qilish metodikasi keng tarqalgan.
Ko‘pchilik olimlar ideal qadriyatlarni o‘qituvchi pedagogik faoliya-tining mazmuni deb, ularni pedagogik qadriyatlar deb hisoblaydilar va ular qatorida ko‘pincha quyidagilarini e’tirof etadilar: xususiy nufuz, yuqori moddiy ahvol, kreativlik, faol ijtimoiy aloqalar, o‘z-o‘zini rivoj-lantirish, muvaffaqiyatlar, ma’naviy qoniqish, o‘z individualligini saqlab qolish.
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi umumbashariy qadriyatlar o‘qituvchining qizg‘in mehnati evaziga shakllanib boradi va quyidagi muammolar o‘qituvchi uchun bugungi kunda ham eng muhim ahamiyatga ega:
•o‘qituvchi mehnatida jamiyatga xos umumbashariy qadriyatlarni o‘z maqsadlarining asosi deb bilishi;
•o‘qituvchi mehnatida maqsadli qadriyatlarni samarali uzatish istagiing mavjudligi va imkoniyatlari;
•o‘quvchilar maqsadli qadriyatlarni qabul qilishi uchun o‘qituvchi tomonidan zarur shart-sharoitlarning yaratilishi.
Bunday yo‘naltirilganlik mazmunida jamiyatning ta’lim sohasida olib borayotgan islohotlari mazmuni va mohiyati ifodalangan. SHuning uchun o‘qituvchi mehnatining mohiyatida uning ma’naviy saviyasini ko‘rsatadigan intellektual ong, yuksak ma’naviyat, asriy an’analarga va umumbashariy qadriyatlarga tayanadigan, zamonning ilg‘or yutuqlaridan oziqlanadigan milliy dunyoqarash va e’tiqod kabi mezonlar mavjud bo‘lishi kerak.


Yüklə 46,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin