Hissiy toliqish sindromi va uning omillarini nazariy metodologik asoslari


“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8



Yüklə 34,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü34,16 Kb.
#183395
1   2   3   4
hissiy-toliqish-sindromi-va-uning-omillarini-nazariy-metodologik-asoslari

“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8 
100 
xafalik, qo‘rqish, behuzur bo‘lish kabilar salbiy munosabatning ko‘rinishidir.Inson 
o‘zining kundalik faoliyatida turli-tuman hissiy xolatlarni boshdan kechiradi. Agar u 
xavf ostida bo‘lsa, qo‘rquvni his qiladi, muvaffaqiyatga erishsa, zavqlanadi, intilish 
va xarakatlari to‘g‘ri, unumli ro‘yobga chiqsa, quvonadi, ruhi ko‘tariladi. Demak, 
shaxsda turli his-tuyg‘ularning vujudga kelish manbai uning ehtiyojlari, natijalari va 
istaklaridir. Inson qanchalik ruhiy tetiklik bo‘lsa tibbiy yordamga ehtiyoji kam 
bo‘ladi. 
Toliqish – organizmning aloxida fiziologik holati bo‘lib, uzoq vaqt yoki zo‘r 
berib ishlash natijasida paydo bo‘ladi va ish qobiliyatining pasayishi bilan 
ifodalanadi. Ob’ektiv jihatidan yomonlashuvida va miqdoriy kamayishida yuzaga 
chiqadi. Sub’ektiv jihatidan toliqish odamning charchoq xis qilishi bilan ifodalanadi. 
U qator fiziologik (diqqat funktsiyasining ѐmonlashuvi, mushak chidamining 
pasayishi, ish bajarish bilan bog‘liq protsesslar koordinatsiyasining buzilishi) va 
bioximiyaviy (qonda qand miqdorining pasayishi, sut kislota darajasining oshishi va 
boshqalar) ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi. 
Tibbiyotda toliqishning tabiatini tushuntirib beradigan qator nazariyalar mavjud. 
Biroq tadqiqotlar bu nazariyaning asossiz ekanini ko‘rsatdi, chunki toliqish energetik 
resurslar (glikogen) tugamasdan oldin ham yuz berishi mumkin. 
Boshqa nazariya tarafdorlari (Veyxard va boshqalar) toliqishni organizmda 
“toliqish zaharlari” hosil bo‘lishi bilan tushuntirganlar. Bu nazariya ham noto‘g‘ri 
bo‘lib chiqdi, chunki intoksikatsiya hodisalari toliqmagan mushak ekstrakti 
yuborilgan hayvonlarda ham paydo bo‘lgan. I.M.Sechenov birinchi marta 
toliqishning his qilish manbai markaziy nerv sistemasidagina bo‘ladi, degan g‘oyani 
baѐn qildi. I.P.Pavlov toliqishning asosiy sababi markaziy nerv tizimining funktsional 
holatining o‘zgarishida – bosh miya po‘stlog‘ida deb hisobladi. Ishlash natijasida 
bosh miya po‘stlog‘ida tarqalgan tormozlanish protsessi vujudga keladi, bu po‘stloq 
hujayralarini holsizlanishidan saqlab turadi. Bu nazariya shuningdek shu qobiliyatiga 
odamning emotsional xolati ta’sirini ham tushuntiradi (ruxlantiradigan so‘z, 
musiqadan keyin, ishga qiziqish bo‘lganda va shu kabilarda toliqishning bartaraf 
bo‘lishi). Toliqish, aftidan, butun organizm funktsional holatining o‘zgarishi bilan 
izohlanib, bunda markaziy nerv tizimidagi o‘zgarishlarning roli yetakchi hisoblanadi. 
O‘ta toliqish uchun bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, gunohkor bo‘lmasligi, arzimas 
narsalarda achchiqlanish, xotiraning susayiishi, organizm odamning pasayib ketishi 
xos. SHu munosabat bilan bizning mamlakatimizda ish kuni va ish haftasini 
qisqartirib borish bo‘yicha olib borilaѐtgan tadbirkorning ahamiyati nihoyatda katta. 
Ish davrlari bilan ular o‘rtasidagi tanaffuslarni navbatlashning oqilona sistemasi ham 
katta ahamiyat kasb etadi. 



Yüklə 34,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin