Hayot va ijod yo‘li



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/5
tarix16.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#131248
1   2   3   4   5
9-sinf adabiyot fanidan referatlar

Hayot va ijod yo‘li. Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotining yetak- chi yozuvchilaridan biri edi. U — tabiatan faol, jamoatchi shaxs bo‘lgan. O. Yoqubov jamiyat ishiga hayotini tikib, shu yo‘lda qurbon bo'lgan kishining farzandi.
Hujjatlarga ko‘ra Odil Yoqubov 1926- yilning 20- oktabrida Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turkiston shahri yaqinida- gi Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. Aslida esa 1927- yilda dunyo- ga kelgan. Otasi — ishchan tashkilotchi, tadbirkor va o‘qimishli ziyoli Egamberdi Yoqubov o‘z vaqtida sho‘rolar hukumatining ishongan kishilaridan bo‘lib, Qozog‘istonda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Keyinroq shaxsga sig‘inish avj olgan davrda av- val amalidan paslatilgan, so‘ng 1937- yilda qatag‘onga yo‘liqib, qamoqqa olinganicha, qaytib kelmagan. Bo‘lajak adib 1944- yilda o‘rta maktabni bitiradi.
Bo‘lajak yozuvchi 1945- yilda asli 1927- yilda tug‘ilgan bo'lishiga qaramay, o‘zini 1926- yilda tug‘ilgan va o‘n sakkiz yoshga to‘lgan qilib ko‘rsatib, o‘z arizasi.bilan ko‘ngilli ravishda Ikkinchi jahon urushiga jo‘naydi. U avval Uzoq Sharqda xizmat qilgan, so‘ng Mo‘g‘ilistonning cheksiz Gobi cho‘lini piyoda bosib o'tib, Yaponiyaga qarshi olib borilgan urushda qatnashgan. Insoniyat erki uchun bo'lgan janglarda shaxsan qatnashishni or-nomus masalasi hisoblab jangga kirgan romantik yigit urush lugagandan so‘ng ham yurtga tezda qayta olmaydi. Uni 1950- yilga kelibgina uyga jo‘natishadi.
O. Yoqubov 1951-1956- yillarda SAGU (hozirgi 0‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetining rus tili va adabiyo- li bo‘limida o‘qiydi. 0‘qishni tugatgandan keyin 1959- vilgacha 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib ishlaydi. Bolalikdan rus adabiyoti bilan tanish bo‘lgan, besh yillik harbiy xizmatda rus tilini puxta o‘rgangan O. Yoqubov 1959-1963- va 1967-1970- yillarda butunittifoq miqyosida bosilib, tarqaladigan “Literaturnaya gazeta”ning 0‘zbekistondagi muxbiri sifatida faoli- yat ko'rsatadi. 1970-1982- yillar orasida “0‘zbekfilm” kinostudi- yasida, Respublika kinematografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qiladi.
1982- yildan 1989- yilgacha “0‘zbekiston adabiyoti va san'ati” haftaligining bosh muharriri bo‘ladi. 1989-1996- yillarda esa 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bu davrda adib shaxsiyatiga xos kengfe’llik to‘la namoyon boidi. U o‘zbek yozuvchilariga tegishli sharoit yaratish, ularga ijod erkinligi berish borasida katta ishlarni amalga oshiradi.
Odil Yoqubov 1996—2004 yillarda Atamashunoslik qo‘mita- si raisi, 2005- yilgacha Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati As- sambleyasining vitse prezidenti vazifalarini ado etgan. Ulkan yo- zuvchi 2009- yilning 21- dekabrida Toshkent shahrida vafot etdi.
Adibning ilk asari “Tengdoshlar” qissasi harbiy xizmat­da ekanida yozilgan va 1951- yilda “Sharq yulduzi” jurnalida bosilib chiqqan. Keyinroq adib “Chin muhabbat”, “Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim” (1956), “Yurak yonmog‘i kerak” (1957), “Olma gullaganda” (1960) kabi qator dramatik asarlar yaratgan. Uning bu asarlari Hamza nomidagi Respublika akademik drama teatri(hozirgi 0‘zbek milliy akademik drama teatri)da ijro etil- gan. 1956- yilda “Ikki muhabbat” nomi bilan nasriy asarlar kitobi bosildi. Keyin birin-ketin “Muqaddas” (1960), “Bir feleton qissa­si” (1961), “Tilla uzuk”, “Larza”, “Qanot juft bo'ladi” (1969), “Billur qandillar” (1975), “Izlayman”, “Matluba”, “Qaydasan, Moriko” qissalari chop etildi.
Adib dramaturgiya, hikoya va qissachilikda qalamini charxlagach, roman janrida ham bir qator asarlar yaratdi. Uning “Er boshiga ish tushsa” (1969), “Diyonat” (1973), “Ulug‘bek xazinasi (1974) “Ko‘hna dunyo” (1983), “Oqqushlar, oppoq qushlar” (1988) “Adolat manzili” (1997), “Osiy banda” (2006) kabi romanlarida turli davrlarda yashagan turfa odamlarning ruhiy olami, ma’naviy dunyosi, iztirob-u quvonchlari mahorat bilan aks ettirilgan.

Karmana tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-sinf o’quvchisi


Hoshimova Dilshodaning adabiyot fanidan Z.M. Bobur hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan

Bobur ham shoh, ham shoirdir. «Bobur» arab tilida «sher» degani. Chindan ham u bu nomga munosib shaxsiyat edi. U tariximizning murakkab bir davrida yashadi. Qudratli temuriylar saltanati yemirilib, o’rniga shayboniylar kelayotgan davr edi. Yurt jang-u jadallar ichida qolgandi. Shunday bir paytda o'z yurtiga sig'magan temuriyzoda Bobur Hindistonga bosh olib ketdi. U yerda buyuk saltanat o'rnatdi. O’z jasorati va adolati bilan olis hind xalqi qalbidan joy oldi, uning mehrini qozondi. Boburning avlodlari hind diyorida uch yuz yildan ortiqroq hukmronlik qildilar


Bobur didi va zavqi baland shoir edi. U go'zal g'azallar yozdi. Ruboiyning tengsiz namunalarini yaratdi. Ko'rgan-kechirgan voqealari haqida «Boburnoma» asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno edi. U sozni go'zal chalgan, ajoyib kuylar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kitob yozgan shohlardan edi.
Bobur 1483- yilning 14- fevralida Andijonda tug'ildi. Otasi te­muriyzoda Umarshayx Farg'ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug' Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bo'lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt vafot etib, Farg'ona hokimligi uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur boladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo'ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham,Andijonni ham qo’ldan berib, tog’- u toshlarda besh- o’n yigiti bilan goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham bo’ldi.
Kim ko’ribtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.

Gar zamonni nafy qilsam ayb qilma, ey rafiq.


Ko’rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig’.

Dilrabolardin yamonlig’keldi mahzun ko’ngluma,


Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung, yomonlig’ asru ko’p.


Emdi ko’z tutmog’ ne, ya’ni har yomondin yaxshilig’.

Bori elga yaxshilig’ qilgilki, mundin yaxshi yo’q,


Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

Yaxshilig’ ahli jahondin istama Bobur kibi,


Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’

Karmana tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-sinf o’quvchisi


Rasulova Ozodaning adabiyot fanidan Haynrix Heyne hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan

Obod etar kunu tunimni


Shovullagan bahorgi sado.
Bu sadolar ovlab dilimni
Tushlarimga kiradi, hatto.

Lekin unda qushlar navosi


Sehr bilan jaranglab turar.
G‘oyat mayin ko‘klam havosi,
Binafshalar xushbo‘y ufurar.

Atirgulning chehrasi alvon,


Qaddin tutib turar tobida.
Parilarni siylagansimon
Nur aylanar gir atrofida

Shu lahzada o‘zginamni men


Sho‘x bulbulga etaman qiyos.
Bu gullarga qo‘shiqlarimda
0‘z sevgimdan aytajakman roz.

0‘z sevgimdan aytajakman roz


Toki, meni quyosh kulgan kun.
0‘zga bulbul yangratgan ovoz
Tinch uyqudan uyg‘ota olsin.

XIX asr nemis adabiyotining yirik vakili, samimiy ko‘ngil she’riyatiga siyosiy hajviy tanqidni ustalik bilan qo'sha olgan haqgo'y shoir Haynrix Hayne 1797- yilning 13- dekabrida Olmoniyaning Dyusseldorf shahrida savdogar yahudiy oilasida tug‘ildi. Bo‘lajak shoirning tarbiyasi bilan, asosan, onasi Betti shug‘ullandi. Xalq og'zaki ijodi namunaiaridan xabardor bu ayol o'giida so'zga muhabbat, uning qudratidan hayrat tuyg'usini shakllantira olgandi. Otasi Samson Hayne Ovro‘podagi zamonaviy fikrlovchi ko‘pchilik singari o‘g‘lining napoleonchi harbiy bo’lishini orzu qiladi. Napoleonning mag‘lubiyatidan so‘ng ota-ona Haynrixning savdo bilan shug‘ullanishini ma'qul hisoblashdi. Lekin uning o‘zlari kabi kichik savdogar emas, balki llamburgdagi amakisi Solomon singari yirik tijoratchi bo‘lishini istashardi.
Shu maqsadda maktabni bitkazgan yigitchani Hamburgga ainakisinikiga jo‘natishadi. Lekin ta’sirchan, to‘g‘riso‘z va mag‘rur Haynrix savdo ishlariga mutlaqo qiziqmas, u kecha- kunduz kitob bilan oshnochilik qilar, ko‘p vaqtini she’rlar yozib o'tkazar edi. Faqat iqtisodiy foyda keltiradigan yumushlar bilan shug‘ullanishni tan oladigan amakisiga uning bu ishlari yoqmasdi. liuning ustiga, Haynrix amakisining suluv qizi Amaliyani shaydolarcha sevib qoladi. Lekin qiz uning tuyg‘ularini rad etadi. Xullas, bu yerda o‘tkazilgan samarasiz uch yildan so‘ng yigit uyiga qaytib, astoydil o‘qishga tutinadi.
Haynrix Hayne 1819- yildan e’tiboran Bonn, Hettingen va Merlin universitetlarida o‘qiydi. Ovro‘poliklar tafakkuriga jiddiy la'sir o'tkazean mashhur favlasuf Geaeldin ma’ruzalar tinglab, bilimini oshiradi. Yigit huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar bilan bitirib, diplom olgan bo‘lsa-da, bu sohada biror kun ishlamaydi.
1827- yili Hamburg shahrida o‘ttiz yoshli Haynening “Qo‘shiqlar kitobi” nomli lirik she’rlar to‘plami bosilib chiqdi. Bu kitobga kirgan she’rlarida yosh shoir dunyoning tushunarsiz, hayotning murakkab va odamlar orasidagi munosabatlarning chigalligini o‘ta ta’sirchan yo‘sinda tasvirlagan. Shoir she’rlarida og‘zaki ijodda boMganidek, lirik qahramonning ichki dunyosini uning kechinmalari va tabiat tasviri orqali ochib beradi.
1830- yilda Haynrix Haynening “Yo‘l lavhalari” nomli ikkinchi kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mamlakat va xalqning ahvolini mardonalik bilan xolis taftish qila oladigan ijodkor sifatida namoyon bo‘ladi. Kitob yo‘l ocherklaridan iborat bo'lib, Olmoniyaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy darajasini haqqoniy aks ettirganligi bilan ajralib turadi. H. Haynening o‘tkir nigohi hanuzgacha o‘ttizta davlatchaga bo‘linib yashayotgan yagona millatning g‘arib ahvoli, qoloqlik botqog‘iga botganligini ko‘radi va afsus-nadomatga to‘la achchiq tili bilan uning aybdorlarini fosh etadi.
Umrini nemis xalqining hayotini farovonroq qilish uchun kurashga tikkan Haynening tutumlari o‘z manfaatidan boshqa narsani o‘ylamaydigan hukmdorlarga yoqmasdi. Shuning uchun ham 1830- yilda u Fransiyaga ketishga majbur bo‘ldi. 0‘sha yilning iyulida sodir bo‘lgan inqilobdan keyin Parijdagi siyosiy va adabiy hayotda faol ishtirok etadi. Nafaqat nemislarning, balki butun insoniyatning baxtli yashashini istagan shoir bu yerda o‘ziga ko‘plab xayrixohlar, hamfikrlar topdi va umrining oxiriga qadr qizg‘in ijod qo'ynida yashaydi.

Karmana tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-sinf o’quvchisi


Qobilova Mohlaroyimning adabiyot fanidan Vilyam Shekspir hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan




Adibning hayot va ijod yo‘li. Ingliz shoiri, dramaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564- yilning 23- aprelida Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida tug‘ildi. Otasi — Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bo‘lib, shahar boshqaruvining turli lavozimlarida ishlagan edi. Onasi — Meri shu yerlik qadimiy, ammo kambag‘allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi edi.


Vilyam Shekspir bolaligi va o‘smirligida Stratforddagi shaharliklarning o‘g‘illari bepul tahsil ko‘radigan hamda asosan til va adabiyot o‘rgatiladigan grammatik maktabda ta’lim olgan bo‘lishi kerak. BoMajak adib cho‘qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayddan so‘ng uning hayoti haqida deyarli hech qanday rasmiy ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida uning 1582- yilning 27- noyabrida stratfordlik Enn Xetuey ismli qizga uylanganligi hamda to‘ng‘ich farzandlari Syuzen 1583- yilning 26- mayida, Hamlet va Judit ismli egizaklar 1585- yilning 2- fevralida cho‘qintirilgani bitilgan.
Taxminlarga ko‘ra, Shekspir 1592- yilda Londonga boradi va teatrda aktyorlik qiladi. U 1593- yilga, ya’ni 29 yoshga kirgunga qadar biror asar e’lon qilgan emasdi. Shekspir 1593- yilda “Venera va Adonis” deb nomlangan dostonni chop ettiradi. Adabiyotning homiysi bolmish yosh gersog Sautgemptonga bag‘ishlangan bu asar o‘sha vaqtlarda urf bolgan erotik yo‘nalishda bo‘lib, kutilmaganda katta muvaffaqiyat qozonadi va ketma-ket sakkiz marta nashr qilinadi. 1594- yilda birinchi asariga izma-iz “Lukresiya” nomJ li katta dostonni e’lon qiladi. Shu yilning 28- dekabrida “Grey/ Inn” teatrida Shekspirning “Xatolar komediyasi” asari o‘ynaladi 1595- yilning martida Shekspiryozgan va sahnalashtirgan pyesalaii uchun kattagina mablag‘ oladi.
Teatrda Sautgempton homiyligidagi faoliyat Shekspirga ham shuhrat, ham boylik keltirdi. Bunga otasi Jon Shekspirning bir necha yillik urinishlardan keyin 1596- yilda Geraldik palatadan “jentelmen”lik martabasini beradigan gerbni sotib olganligi birinchi dalil bo‘lsa, Shekspirning 1597- yilda Stratforddan bog'i bor katta uy olganligi ikkinchi dalildir. Adib London sahnalarini tark etgach, bu uyga ayoli va qizlari bilan (o‘g‘li 1596- yilda vafot etgandi) ko‘chib keladi.
1598- yilda aka-uka Berbejilar Londonning shimoliy chetidagi eski teatrni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirg‘og‘ida “Globus” teatrini tikladilar. Shekspir ham yangi teatrning hissadorlaridan biri, ham o‘z ijodiy guruhiga ega aktyor edi. 1608- yilda u katta foyda keltiradigan “Blekfraerz” teatrining ham hissadorlaridan biriga aylandi.
1603- yilda qirol Yakov Shekspir truppasini o‘z himoyatiga oldi. Guruh a’zolari “Qirol hazratlarining xizmatkorlari” deb atalib, kamerdinerlar1 singari saroy xodimlari hisoblanishardi. Truppa saroyda tez-tez tomoshalar ko‘rsatib turar, saroy a’yonlari va aslzodalar aktyorlarni yaxshigina siylardilar. Shekspirning moddiy ahvoli yaxshilanib, Londondan ham, Stratforddan ham bir qancha mulk sotib oldi. Shu tariqa mashhur aktyor asta-sekin adabiy ijoddan chetlashdi, teatrdan uzoqlashdi va 1612- yilda ota shahriga butunlay ko‘chib keladi.
1616- yilning 23- aprelida buyuk dramaturg, iste’dodli shoir, tengsiz aktyor Shekspir olamdan o‘tdi. Uning jasadini o‘z qavmi cherkoviga ko‘mishdi. 0‘shandan buyon uning qabrini har yili minglab odamlar ziyorat qilishadi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin