Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati va vazifalari.
-Buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ijodiy faoliyati bilan
yaqindan tanishish, ularni asrab-avaylash, o’rganish va ommalashtirish;
-Mavzuga
taalluqli
konferensiya
materiallaridan
foydalanish
va
konferensiyalarda qatnashish;
-Sharqshunos olimlarning fikrlari bilan tanishish, ijodiy izlanish.
Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning
za’mirida bizni boy tarixiy merosimiz yotadi. Ayniqsa, O’rta asrlar Sharqi buyuk
alloma va mutafakkirlarining tabobat ilmining rivojiga qo’shgan hissasi alohida
o’rin kasb etadi. So’ngi yillarda xalq tabobatiga katta e’tibor berilmoqda va uni
qayta tiklash borasida sa’y-harakatlar odatiy tus oldi. Bugungi kunda xalq tabobati
turli mamlakatlar sog’likni saqlash tizimida o’z o’rnini egalladi.Ommaviy axborot
vositalari xalq tabobatini keng targ’ib qila boshladilar. Dunyo xalqlari
tajribasi,ayniqsa Sharq va Lotin Amerikasi xalqlari tajribasi jahon amaliyotida
keng
qo’llanila boshlandi. Ularning jismoniy yetuklikni kamolotga
yetkazish,shuningdek, xalq tabobati borasida qo’lga kiritilgan yutuqlari keng
6
yoyilmoqda. Shu asnoda aytishimiz mumkinki, Prezidentimiz Islom Karimovning
tashabbusi bilan ”Xalq tabobati akademiyasi”ning tashkil etilishi O’zbekiston
istiqloli tarixida muhim voqea bo’ldi. Zero, qadimiy Turon tabobati dunyosiga
tamal toshi qo’yganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Bu muqaddas zamin
tuprog’idagi har bir giyohning yaprog’idan ildizigacha turli dardlarga shifo
bo’lishi Ibn Sinodek tabobat asoschilarining xizmatlari tufayli isbotlangan. Hozirgi
kunda muxtaram prezidentimiz tashabbusi bilan aholi salomatligini yaxshilash
uchun ko’pgina chora - tadbirlar ishlab chiqilgan. Shuningdek ko’pgina
sog’lomlashtirish inshootlari, sport inshoatlari qurilishi va madaniy- ma’rifiy
tadbirlarning amalga oshirilishi fikrimizning dalilidir. Inson tabiatning farzandi
bilan uzviy bog’liqlikda hayot kechiradi, o’sadi va rivojlanadi. Bizga Alloh
tomonidan berilgan tabiatning buyuk ne’matlarining har biri o’ziga xos
xususiyatga egadir Biz esa ushbu ne’matlardan o’z o’rnida foydalanishga
haqlidirmiz. Inson sog’ligi uchun tabiiy usulda salomatlikni asrash samarali
usullardan biridir. Shunday ekan avvalo xalq tabobatiga murojaat qilamiz, albatta.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, keng jabhadagi tabiiy sog’lomlashtirish dasturiga
ega xalq tabobati inson organizmi salomatligini saqlash va yangi sharoitlarga
moslashtirishda juda katta tajribaga ega ekan.Yangilik yaratmay turib,asrlarda
davomida shakllangan o’z-o’zini sog’lomlashtirish sohasidagi tajribalardan
foydalanishimiz zarur deb hisoblaymiz. Akupunktura, fitoterapiya, yoga-terapiya
va juda ko’p shunga o’xshash turli xil noan’anaviy deb atalayotgan davolash
usullari odam organizmiga tabiatning yaxlit, bir butun jismi sifatida yondashadi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining 1997-yilda bo’lib o’tgan o’ttizinchi
sessiyasi xalq tabobatining davolash usullarini o’rganish va undan inson
salomatligini asrashda foydalanish haqida rezolyutsiya qabul qildi. Ko’plab
rivojlanayotgan va taraqqiy topgan mamlakatlarda xalq tabobatidan foydalanish
tobora keng tus olmoqda. Dunyo bo’yicha hech bo’lmaganda bir marta xalq
tabobatiga murojaat qilgan aholi sonini foiz hisobida qarasak, Avstraliyada-48%,
Kanadada-70%, AQSHda-42%, Chilida-71%, Belgiyada-30%, Fransiyada-75%ni
tashkil qilar ekan.[26]
7
Bugungi kunimizda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishga qaratilgan qator
qonunlar, qarorlar va farmoyishlar qabul qilindi. Jumladan, 1993- yil mart oyida
qabul qilingan O’zbekiston Resbuplikasi Prezidenti tomonidan “Sog’lom avlod
uchun” xalqaro jamg’armasining tashkil etilishi hamda bu sohadagi
tashabbuskorlikning rag’batlantirish maqsadida “Sog’lom avlod uchun,
ordenining” ta’sis etilishi, 1999-yil dekabr oyida chiqqan O’zbekiston
resbublikasining “Tabiatni muhofaaza qilish” to’g’risidagi qonuni, 1995- yil 29-
avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash” to’g’risidagi qonun, 1998-
yil noyabr oyida qabul qilingan sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning “Davlat
dasturi” to’g’risidagi prezident farmoni, 1998- yil 1- aprelda “Ona va bola
salomatligini saqlash, nogiron bolalar tug’ilishini oldini olish” 140-sonli qarori,
2005- yilda aholini sog’lomlashtirish bo’yicha davlat dasturi va 2007- yil 29-
sentabrdagi sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish yanada chuqurlashtirish va
rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risidagi
farmoni kabilar aholi salomatligini va sog’lom turmush tarzini yaratishga
bag’ishlangan qator ishlab chiqilgan qonun-qoidalardir.
Hozirgi kunda sog’lom turmush tarzini shakllantirish va salomatlikni
saqlashning asosiy vazifalaridan biri bu jismoniy tarbiya bilan muntazam
shug’ullanishdir.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng asosiy maqsad sog’lom
avlodni tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib oldi. 2000- yil “Sog’lom avlod” yili
deb, 2005- yil “Sihat-salomatlik” yili deb, 2010- yil “Barkamol avlod” yili deb
e’lon qilinishi mamlakatimizda olib borilayotgan oliyjanob ishlarning davomi deb
hisoblanadi.Mamlakatimizni birinchi ordeni “Sog’lom avlod uchun” bo’lib, u 4-
martda 1999- yil qabul qilingan. 1993- yil 29- aprelda “Sog’lom avlod uchun”
jamg’armasi tuzildi. 2016-yil esa “Sog’lom ona va sog’lom bola yili”deb e’lon
qilindi. Shu o’rinda shuni aytish joizki, “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti
tomonidan tuzilgan jahon reytingida O’zbekiston bolalar salomatligini
mustahkamlash borasida katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan eng ilg’or yetakchi o’nta
8
mamlakat qatoriga kiritilgani, albatta barchamizga yuksak g’urur va iftixor
bag’ishlaydi.
1993- yil 2- dekabrda Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori bilan o’sib
kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish chora-tadbirlari haqida kompleks dastur
qabul qilindi. Bu dasturning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Har bir xalq ta’limi xodimi tibbiy va gigiyenik bilimlarga ega bo’lishi.
2. Har bir xalq ma’orifi ta’lim tarbiyaning gigiyenik normalarini bilishlari.
3. Sog’lom turmush tarzini shakllantirish.
4. Yosh avlodga gigiyenik tarbiya berish.
5. “Sog’lom avlod uchun” dasturini keng targ’ib qilish.
Dostları ilə paylaş: |