Hayot faoliyat xavfsizligi


Laboratoriya qurilmasining bayoni va zarur asboblar



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə3/6
tarix08.03.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#86982
1   2   3   4   5   6
1-Laboratoriya ishi

Laboratoriya qurilmasining bayoni va zarur asboblar
Laboratoriya qurilmasi, mikroiqlim kattaliklarini o’lchash asboblari majmuasidan tashkil topgan. Bular Avgust psixrometri aspiratsion Assman termoregulyatsiya psixrometri, havo tezligini o’lchash uchun kosachali va qanotli anemometrlar, barometr, shamollatgich va sekundomerlardir.
Nisbiy namlik psixrometrlar yordamida o’lchanadi. Ularning asosiy qismi ikkita bir xil termometrdan iborat. Ulardan birining rezervuari gigroskopik mato bilan o’ralgan bo’ladi. Psixrometrning ishlash printsipi atrof-muhit havosining namligiga qarab bug’lanish jadalligiga asoslangandir. Atrof-muhit havosi quruq bo’lsa ho’llangan termometr ko’rsatishi qancha past bo’lsa bug’lanish jadalligi shuncha katta bo’ladi. Havo suv zarrachalariga to’yingan bo’lsa, unda ho’llangan termometr ko’rsatishi quruq termometr ko’rsatishiga teng bo’ladi.
Odatda nisbiy namlikni o’lchash uchun Avgust va Assman psixrometrlari qo’llaniladi. Assman psixrometrlari qo’llaniladi. Assman psixrometri ancha mukammal bo’lib, unda ikkala termometr rezervuarlari metalldan yasalgan naychalar ichiga joylashtiriladi. Bu ularni issiqlik nurlanishi tasiridan asraydi. Tsexdagi havo harakatining termometr rezervuarlariga tasirini kamaytirish maqsadida shu naychalar orqali maxsus ventilyator yordamida tezligi 2,5-3,0 m/s bo’lgan havo oqimi so’rib turiladi. Ventilyator psixrometrining korpusiga o’rnatilgan bo’lib prujina yoki elektr dvigatel yordamida yurgiziladi. Psixrometr termometrlari ko’rsatkichlarini o’lchab olgach, nisbiy namlik psixrometrik jadvallar /1-jad./ yoki nomogrammalar /1-rasm./ yordamida aniqlanadi.
Ish o‘rinlaridagi, havo kiradigan teshiklar va ochiq tirqishlardagi havoning harakatlanish va shamol tezligini o‘lchash uchun anemometr deb ataladigan asbob ishlatiladi.U ikki xil - parrakli va kosachali bo‘ladi.
Kosachali anemometr yarim - sferalar shaklidagi to‘rtta kosacha mahkamlangan xoch ko‘rinishidagi g‘ildirakdan va siferblatli hisoblash mexanizmi joylashgan korpusdan tuzilgan. O‘lchash vaqtida g‘ildirak o‘qi havo oqimiga nisbatan perpendikulyar vaziyatda o‘rnatiladi. Kosachali anemometrlar mustahkamroq bo‘lganidan ular havoning kattaroq (1,0 m/s. dan 50 m/s gacha) tezliklarini o‘lchash uchun ishlatiladi.
Anemometrlar aerodinamik quvur ichida tarirovka qilinib, ularning ko‘rsatkichlari namunaviy asbob bilan taqqoslanadi. Tarirovka qilib bo‘lingandan so‘ng har bir asbob pasport va tarirovkalash grafigi bilan ta’minlanadi. Havoning tezligi ana shu grafik bo‘yicha aniqlanadi.
Havoning harakatlanish tezligini anemometr bilan o‘lchashning mohiyati quyidagilardan iborat.
Asbob hisoblagichini ishga tushirishdan avval millarning siferblatlardagi holati yozib qo‘yiladi. Keyin anemometr havo oqimiga joylashtiriladi va g‘ildirak doimiy tezlik bilan aylana boshlagandan so‘ng ishga tushirish moslamasi yordamida hisoblagich ishga tushiriladi va ayni chog‘da sekundomer o‘chiriladi, 2-3 mino`t o‘tgach, hisoblagich o‘chiriladi va yana millarning siferblatdagi vaziyati yozib olinadi.
O‘lchashlarning oldingi va keyingi ko‘rsatishlar orasidagi farqini sinovning sekunddagi davom etish vaqtiga bo‘lib P kattalik aniqlanadi. Ana shu kattalik va tarirovkalash grafigidan foydalanib havoning harakatlanish tezligi topiladi. Natija aniqroq chiqishi uchun har bir nuqtada o‘lchashni 2-3 marta takrorlash va o‘rtacha qiymatni hisoblab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, o‘lchashning boshlanishida anemometr millari 120 bo‘linmani, oxirida esa 264 bo‘linmani ko‘rsatgan, o‘lchash 120 sekund davom etgan bo‘lsin. U holda bo‘linmalarning sekunddagi soni (264 -120):120 bo‘lganda 1,2 bul/sek.ga teng bo‘ladi. Anemometr pasportidan ordinatalar o‘qida 1,2 ga mos keluvchi nuqtani (A nuqta) topib, ana shu nuqtadan gorizontal chiziq o‘tkazib uni tavsif chizig‘i bilan kesishtiramiz (V nuqta). V nuqtadan absissalar o‘qiga vertikal chiziq tushiramiz (D nuqta) va shu yerga tezlik qiymatini (1,4 m/sek) o‘qiymiz.
Havo harakatining tezligi odatda anemometrlar bilan aniqlanadi. Kosachali anemometrlar 1-1,5 m/s oralig‘idagi tezliklarni, qanotli anemometrlar ancha kichik 0,3-0,5 m/s oraliqdagi tezliklarni o‘lchashga mo‘ljallangandir. Laboratoriya sharoitida havoning harakati maishiy ventilyator yordamida hosil qilinadi. O‘lchov ishlari quyidagicha olib boriladi. Anemometr hali yurgizilmasdan avval ko‘rsatkichlari yozib olinadi va uni o‘lchanishi kerak bo‘lgan havo oqimiga kiritiladi. Kosachali anemometr vertikal, qanotli anemometr esa qanotlari havo oqimiga perpendikulyar holatda qo‘yiladi. Shu holatda anemometr inersiya qarshiligini yengish uchun 15-20 sekund salt aylantiriladi va undan so‘ng bir vaqtda asbob bilan sekundomer yurgiziladi. Shunday holda u 50-100 sekund havo oqimida ushlab turiladi va o‘chirilib anemometrning ko‘rsatkichi yozib olinadi. Quyidagi formuladan anemometr strelkasi bir sekundda

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin