3.2. Ikki havola bo‘lakli qoshma gaplar.
Ega ergash gapli qo‘shma gapning ikkinchi ko‘rinishi – ikki havola
bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gapdir. Musobaqada kim g’olib chiqsa, o‘sha
mukofotlanadi. Bu gapda bosh gap (o‘sha mukofotlanadi) ergash gap (musobaqada
kim g’olib chiqsa) dan keyin kelgan. Ko‘rinib turganiday, har ikki gapda ham
havola bo‘lak bo‘lib, ular kim va shunga muvofiq o‘sha so‘zlari bilan ifodalangan.
Ana shu biri ikkinchisiga muvofiq keluvchi havola bo‘lakning mavjudligi, shunga
ko‘ra o‘ziga xos sintaktik mexanizmga ko‘ra (O‘zaro tobelanish) ikki gapda juda
zich bog’langan. Mazmunan olib qaralsa, qo‘shma gapda ikki o‘zaro bog’langan
denotativ voqea ifodalangan. Bir qarashda –sa qo‘shimchasi va uning ma’nosiga
ko‘ra bu ikki denotativ voqea o‘rtasidagi munosabat shart munosabatidan iborat,
ya’ni birinchi voqeaning amalga oshishi o‘z-o‘zidan ikkinchi voqeani keltirib
chiqaradi. Ammo diqqat bilan qaralsa, mazkur shart ma’nosi ikkinchi o‘ringa
45
surilgan. Bu shu bilan bog’liqki, ikkala shart voqea tabiatan har xil emas, ya’ni
birinchi voqea subyekt jihatidan umumlashgan, mavhum, ikkinchi voqea esa
subyekt jihatidan birinchi voqea bilan nisbatlangan holda aniq. Demak, voqealar
mazmuni teng emas. Ayni paytda bosh va ergash gaplardagi egalar o‘rtasida
mazmuniy-sintaktik muvoziylik bor, ya’ni umuman, kim va o‘sha olmoshlari ayni
matnda deyarli bir denotativ ishoraga ega, faqat bu ishora ularning birida savol
bilan o‘ralgan, ikkinchisida esa savolsiz. Qiyoslang: Musobaqada kim g’olib
chiqsa, o‘sha mukofotlanadi gapida “g’olib chiqish” harakatini ham,
“mukofotlanish” harakatini ham bir subyekt bajaradi, yoki: Musobaqada Ahmad
g’olib chiqsa, Ahmad mukofotlanadi.
Aytish kerakki, ikki havola bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gapda
ikki noteng tabiatli denotativ voqea o‘rtasidagi munosabat ifodalanadi.
Aytilganlarni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin: ba’zan ergash gapdagi havola
bo‘lak –ki uzvi bilan ham qo‘llanishi mumkin, u ta’kid uchun xizmat qiladi:
Kim nafsini tiymasa, u tog’ri yo‘ldan ham sirg’anar (Maqol).
Kim o‘ziga qasd aylasa, u iblisga xizmatkor. Kimki ikkilanuvchilarga
yordam qilishni istar ekan, u avvalo o‘zining ikkilanishiga barham berishdan ish
boshlashi kerak (“Aql aqldan quvvat olar”).
Kimki taqdirga tan bersa, hayot to‘lqinida g’arq bo‘lib ketadi (Odil
Yoqubov).
Ikki havola bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gapda havola bo‘lak
sifatida faqat shaxs bilan aloqador bo‘lgan kim – shu, kim – u, kim – o‘sha
qabilidagi qarshilantirilgan olmoshlargagina ishtirok etmaydi, shaxs ma’nosiga ega
bo‘lmagan nima – shu, nima – o‘sha, nima narsa – o‘sha narsa kabi
qarshilantirishlar ham kelaverishi mumkin:
Nima narsa ko‘p bo‘lsa, o‘sha narsa xor bo‘ladi (Maqol).
Qozonga nima tushsa, cho‘michga ham o‘sha tushadi (Maqol)
Xulosa qilib aytganda, ega ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki havola
bo‘lakli ko‘rinishida ega bosh gap ham, ergash gap ham alohida olinganda,
ma’noga ega bo‘lolmaydi, chunki har ikki gapda ham havola bo‘lak mavjud.
46
Buning ustiga bunday qo‘shma gap qismlari o‘rtasida bir tomonlama emas, balki
ikki tomonlama tobelanish, ya’ni o‘zaro tobelanish bor.
Dostları ilə paylaş: |