1.2 O‘zbek tilshunosligida havola bo‘lakli gaplarning o‘rganilishi.
O‘zbek tilshunosligida, umuman olganda, turkiyshunoslikda, hattoki boshqa
tilshunosliklarda ham, ayniqsa ergash gapli qo‘shma gaplar haqida bahslar ko‘pdan
davom etib keladi. Zero, ergash gapli qo‘shma gaplar bog’langan qo‘shma
gaplarga qaraganda uzvlari o‘rtasidagi mazmuniy-tarkibiy munosabatlar tabiatiga,
bu munosabatni yuzaga keltiruvchi mazmuniy, mantiqiy va sintaktik
mexanizmlarning ancha murakkabligiga ko‘ra farq qiladi. Shuning uchun ham
ergash gapli qo‘shma gaplarni baholashda jiddiy muammolar anchagina. Bu
ayniqsa, tarkibida sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi va boshqa tizimlari mavjud
bo‘lgan sintaktik birliklarni baholashda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ana shunday
gaplarning sintaktik maqomini belgilashda, ya’ni bunday gaplar sintaktik sodda
gapmi yoki ergash gapli qo‘shma gapmi, degan masaladagi munozara hali tingan
emas.
O‘zbek tilidagi ergash gapli qo‘shma gaplarni o‘rganishda G’.
Abdurahmonov, M.A. Asqarova, A. Berdialiyevlarning ilmiy tadqiqotlari diqqatga
sazovordir. G’. Abdurahmonov va M.A. Asqarovalarning tadqiqotlarida o‘zbek
tilidagi ergash gaplar, asosan, shakl jihatdan o‘rganilgan. Masalan,
M.A.Asqarovaning doktorlik dissertatsiyasi “Hozirgi o‘zbek tilida ergashish
16
usullari va ergash gap tiplari”, deb nomlangan bo‘lib, uning birinchi bobi ergashish
usullari va shakllarini tadqiq etishga bag’ishlangan
15
, keyingi uch bobda ham
ergashgan qo‘shma gap uzvlarining bog’lanishida ishtirok etuvchi lisoniy vositalar
tahlili asosiy o‘rinda turadi. Hatto ergash gaplarning mazmuniy-sintaktik tiplari
haqida gap ketganda ham, mazmuniyat bilan bog’liq qisqa izohlardan keyin, yana
baribir bog’lovchi vositalar, qo‘shma gap uzvlarining o‘rinlashuvi kabi
masalalarga ko‘proq e’tibor qilingan. G’. Abdurahmonov tadqiqotlarida ham
qo‘shma gaplarga ana shunday yondashuvni ko‘rish mumkin.
Har qanday til birligi kabi gap ham, xususan, qo‘shma gap ham ikki
tomonlama birlikdir, ya’ni ifoda tomoni va mazmun tomoniga ega. Uzoq vaqtlar
mobaynida qo‘shma gapning asosan ifoda va qisman mazmun tomonlari
o‘rganildi. Keyingi yillarda tilshunoslikda gapning mazmun tomoniga,
“semantika” deb yuritiladigan jihatga e’tibor kuchaydi, mazmuniy (semantik)
sintaksis, degan yo‘nalish yuzaga keldi. A. Berdialiyevning tadqiqotlari ana shu
yo‘nalishdagi o‘zbek tilshunosligidagi dastlabki ishlardandir. Uning doktorlik
dissertatsiyasida ergash gapli qo‘shma gaplardagi paradigmatik va sintagmatik
xususiyatlar chuqur tadqiq etilgan. Ergashgan qo‘shma gaplarning mazmuniy-
signifikativ xususiyatlari, ulardagi sintaktik omonimiya, polisemiya, ko‘p
funksionallik kabi bir qator muhim masalalar ishonarli tarzda hal qilingan.
Shubhasiz, bu ish o‘zbek tilshunosligidagi qo‘shma gap nazariyasiga qo‘shilgan
muhim xissadir. Lekin ishning kirish qismida alohida ta’kidlanganiday,
tadqiqotdagi asosiy metod tarkibiy-mazmuniy (mazmuniy-tarkibiy emas) bo‘lib, u
“shakldan mazmunga” qabilidagi tahlilga asoslangan
16
.
Havola bo‘lak deganda umumiy tilshunoslikdagi “deyksis belgilar”
tushuniladi. Deyksis belgilarning mohiyati shundan iboratki, ular mazmunni,
voqea, belgi, narsalarni bevosita ifodalamaydi, balki ularga ishora, havola qiladi,
shunga ko‘ra ularni mazmunan kuchsiz, bo‘sh so‘zlar sifatida qarash mumkin.
8 Abdurahmonov G’.A “Qo’shma gap sintaksisi asoslari” Toshkent: O’zFA nashriyoti, 1958. Asqarova M.A.
Hozirgi zamon o’zbek tilida qo’shma gaplar. Toshkent: O’zFA nashriyoti, 1960
16
Berdialiyev A. Ergash gapli qo’shma gap konstruksiyalarda semantic-signifikativ paradigmatika. Toshkent, 1989
17
O‘zbek tilidagi olmosh va boshqa nisbiy so‘zlar ana shunday deyksis belgilar
bo‘lib, ular qo‘shma gaplarda havola bo‘laklar sifatida ishtirok etishi mumkin.
Havola bo‘lakning mavjud yoki mavjud emasligi bilan bog’liq holatda bosh
gap ham, ergash gap ham muayyan mazmuniy va sintaktik xususiyatlar bilan
xarakterlanadi. Quyidagi gaplarni qiyoslaylik: Tolib aka shuni bilib qo‘ysinki,
Akrom Saidning ham ocherki jurnalda chiqmaydi (F. Musajonov). Onasi kiyinib
chiqquncha, ota-bola toychoqni yaltiratib artib qo‘yishardi (A. Ko‘chimov).
Birinchi gapning bosh qismida shuni havola bo‘lagi bor, u to‘ldiruvchi vazifasida,
ikkinchi gapda ota-bola toychoqni yaltiratib artib qo‘yishardi shaklidagi bosh
gap havola bo‘lak yo‘q. Avvalo, havola bo‘lakning tabiatiga ko‘ra ayni bosh
gapdagi to‘ldiruvchi sintaktik o‘rni faqat shaklan berkitilgan, chunki havola bo‘lak
mazmunan bo‘sh, shuning uchun bosh gap sintaktik to‘liq bo‘lsa ham, mazmunan
noto‘liq. Ikkinchi gapdagi bosh gap esa mazmunan, ham sintaktik jihatdan to‘liq.
Birinchi bosh gap mazkur havola bo‘lakning keyingi ergash gapga havola qilishiga
ko‘ra mazmunan to‘liq bo‘ladi, ergash gap bosh gap predikatining kuchli
sintagmatik valentligini berkituvchi to‘ldiruvchi o‘rniga qo‘yilib idrok qilinadi.
Ikkinchi gapda esa ergash gapning o‘rni bosh gap tarkibiy qurilishining bevosita
ichida. Birinchi gapda ergash gap bosh gapning sintaktik o‘rinlar tizimidan
tashqarida bo‘lib, u bu tizimga muayyan mantiqiy-mazmuniy harakatlar orqali
kirilsa, ikkinchi gapda bunday harakatlarga zaruriyat yo‘q, chunki u ayni tizimning
uzviy a’zosi. Ikkinchi gapdagi ergash gap bosh gap predikatining kuchsiz
sintagmatik valentligini berkituvchi sintaktik o‘rinni egallagan, shuning uchun
ergash gap ishtirok etmaganda ham, bosh gap mazmuniy-sintaktik ma’nosini
yo‘qotmaydi. Aytilgan mulohazalarga ko‘ra yana bir narsani ta’kidlash lozim.
Havola bo‘lakli bosh gaplar sinsemantik, ya’ni ergash gaplardan ajratib
olinganda, mustaqil qo‘llana olmaydi, mazmunan chala bo‘lib qoladi. Havola
bo‘laksiz bosh gaplar esa avtosemantik, ya’ni ergash gaplardan ajratib olinganda
ham mazmunan nisbiy mustaqilligini saqlay oladi, mazmunan chala, noto‘liq
bo‘lib qolmaydi.
18
Ergash gapli qo‘shma gaplarning ayrimlarida bosh gapdagi havola
bo‘lakning o‘zi bilan chegaralanmaydi. Bu havola bo‘lak bilan muvofiq keluvchi
boshqa bir havola bo‘lak ergash gap tarkibida ham mavjud bo‘ladi. Bosh va ergash
gaplardagi bu havola bo‘laklar savol-javob tarzidagi doimiy qarshilantirishni
tashkil etadi: kim – u, kim – o‘sha, kimlar – ular, nima – shu, nima – u, qancha –
Dostları ilə paylaş: |