XII BOB. QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN
HOLATLAR
1-§. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan
holatlar tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi u
yoki bu qilmishning
jinoiyligi masalasini hal etganda unda jinoyat tarkibining barcha belgilari,
albatta, haqiqatda mavjudligi talabidan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda,
qilmishlar tashqi jihatdan (ya’ni, rasman) sodir etilishi uchun javobgarlik
JK da ko‘zda tutilgan harakatlar yoki harakatsizlikka o‘xshagan bo‘lsa-da,
haqiqatda jinoyat tarkibining barcha elementlariga ega bo‘lmasa, jinoyat
deb tan olinishi mumkin emas va kerak emas. Bunday holatlarda jinoiy
javobgarlik istisno etiladi.
JK 35-moddasida
qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar
sifatida u yoki bu holatlarni tan olishning yo‘naltiruvchi
asoslari belgilab
beriladi, nafaqat huquqni qo‘llaydigan organlar uchun, balki qonun
chiqaruvchilar uchun ham JK III bo‘limining biror-bir qoidalarini
o‘zgartirish, to‘ldirish yoki bekor qilishda ularga amal qilish majburiy
bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu qoidalar JK 3–10-moddalarida
mustahkamlangan tamoyillarga, chunonchi, adolat
va gumanizm
tamoyillariga uning muntazam muvofiq amal qilishidan dalolat beradi.
JK 35-moddasi 1-qismiga
muvofiq, «qilmishda ushbu Kodeksda
nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u
ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini
istisno qiladigan holatlar deb topiladi».
Qonunda ushbu belgilarning yo‘qligiga ishora qilish tasodifiy emas,
balki JK 14-moddasining qoidalari bilan belgilab berilgan: «Jinoyat
kodeksi bilan jazo qo‘llash tahdidi
bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli
qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat deb topiladi». Shu tufayli hech
bo‘lmasa bitta belgisining yo‘qligi sodir etilgan harakat yoki
harakatsizlikni jinoyat soniga
kiritishga imkon bermaydi, ya’ni shunday
harakatning jinoiyligini istisno qiladi. Masalan, «jinoyatni istisno qiluvchi
holatlar (masalan, kam ahamiyatli qilmishlar bo‘lgani uchun) ijtimoiy
378
xavfli bo‘lmasligi mumkin yoki huquqqa qarshi yo‘nalgan bo‘lmasligi
mumkin (masalan, zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat;
ijtimoiy xavfli qilmish
sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish) yoki aybli harakat
bo‘lmasligi mumkin (buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish;
kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli
tavakkalchilik,
jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan
qo‘rqitish natijasida), oxirgi ikkita holatda aybning mavjudligi JK 40- va
41-moddalariga muvofiq, jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki
boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs uchun yoki ularning
tavakkalchiligi odamlarning halok bo‘lish xavfi, ekologiya
halokati yoxud
boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib
qilingan bo‘lsa, ular jinoiy javobgarlikka tortiladi»
1
.
Shuni hisobga olish lozimki,
Dostları ilə paylaş: