javobgarlikni yengillashtiradigan holat hisoblanadi, ba’zi
bir hollarda esa,
u jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo‘lishi ham mumkin.
«Tamom bo‘lmagan jinoyatlar»
mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
1. Jinoyatni sodir qilish bosqichlari nima? Jinoyat
sodir qilish haqidagi
qasdning paydo bo‘lishi jinoyatni sodir qilish bosqichlariga kiradimi?
2. Tamom bo‘lmagan jinoyatning qanday turlari mavjud? Ularning
jinoyat-huquqiy mohiyati nimada?
3. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deganda nima tushuniladi? Jinoyatga
tayyorgarlik ko‘rish jinoyat sodir qilishga qasdning paydo bo‘lishidan
nima bilan farqlanadi?
4. Jinoyatga suiqasd qilish nimada ifodalanadi? Uning obyektiv va
subyekt belgilarini ayting.
5. Jinoyatga suiqasd jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi hamda
tamom bo‘lgan jinoyatdan nimasi bilan farq qiladi?
6. Tamom bo‘lgan jinoyatni tavsiflang.
7. Suiqasdning qanday turlari mavjud? Tamom bo‘lgan suiqasd
tamom bo‘lmagan suiqasddan qanday farqlanadi?
8. Shaxs jinoyatni oxiriga qadar yetkazmaganligi
sabablari jinoyat-
huquqiy ahamiyatga egami?
9. Yaroqsiz suiqasd deganda nima tushuniladi?
10.Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deganda nima
tushuniladi? Uning huquqiy oqibatlari qanday?
11. Ixtiyoriy qaytishning qanday shakllari mavjud? Tamom bo‘lgan
jinoyatdan ham ixtiyoriy qaytish mumkinmi?
12.Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni chin ko‘ngildan
pushaymon bo‘lishdan qanday farqlash mumkin?
284