Ayb, shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli
qilmishiga va shuning
natijasidagi ijtimoiy xavfli oqibatlariga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabati
sifatida jinoyat subyekt tomoni tarkibini batamom tugatmasa-da, uning
yadrosini tashkil etadi. Shu bilan birga, ayb o‘zida subyekt tomonning
zaruriy belgisini
ifodalaydi, bo‘lmaganida esa, jinoyat tarkibi butunlay
bo‘lmaydi, shunday ekan, jinoiy javobgarlikka tortish uchun ham asos
bo‘lmaydi.
Aybli ishlarni qilishga faqat o‘z xatti-harakatini anglab yetish va
ularni boshqara olish
qobiliyatiga ega odam qodir, shunday ekan, aqli
rasolik aybning dastlabki sharti bo‘lib chiqadi.
Ruhiy munosabat bilan har qanday munosabat o‘rtasida bog‘liqlik
mavjud. Bu bog‘liqlik subyekt (shaxs) va obyekt o‘rtasida, subyekt
atrofida tabiat, boshqa odamlar, ijtimoiy sharoit, jamiyat manfaati kabi
voqelik yoki uning alohida tomonlarining ko‘rinishidadir. Odam o‘z ongli
maqsadini qo‘ya bilishida va unga erishishida ifodalanadigan
munosabatini anglash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu odamning ruhiy
munosabatining faolligi munosabat predmetining tarkibiga
va aniq bir
shaxsga bog‘liq bo‘lgan uning tanlash xarakteridan kelib chiqadi. Shuning
uchun har bir harakat ruhiy lahzalarni ifodalab, bir necha aniq aspektlarni
o‘zi ichiga oladi. Ayb (yoki ruhiy munosabat) ning bu aspektlari bo‘lib
ong va iroda hisoblanadi.
Shunday qilib, ayb ikki (komponent): intellektual va irodaviy
elementdan tashkil topgan.
Ular ruhiy sog‘lom (aqli raso) odamning obyektiv
borliqni, xususan,
o‘z harakatini yoki harakatsizligining ijtimoiy ahamiyatini anglashida va
baholashida; ijtimoiy xavfliligini e’tiborga olgan holda qilmishning
oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish (sodir etilayotgan harakatlar bilan uning
keltirib chiqaradigan oqibatlari o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning
rivojlanishini tushunish); uzoqni ko‘ra bilishga ega bo‘lishi, ya’ni ancha
uzoqdagi oqibatlarni ko‘ra bilishi hamda orttirilgan tajriba, bilim, mahorat
bilan bog‘liq yuqori diqqatni va ruhiy kuchni talab etadi; maqsadga
erishish uchun intilish, natijaga erishishni xohlash yoki
bunga loqaydlik
bilan qarash, ya’ni u yoki bu oqibatning kelib chiqishini xohlamaslik
180
(irodaviy jihat); o‘zining his-tuyg‘ularini bildirish, emotsional
reaksiyalarini yoki holatini ko‘rsatishda aniq ko‘rinishda ifodalanadi.
Aybning
Dostları ilə paylaş: