NOTA BENE !
Umumiy obyekt
deganda, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha
ijtimoiy munosabatlar majmui tushuniladi.
Bu majmua
JK 2-moddasida
nazarda tutilgan bo‘lib, ular shaxs,
uning huquq va erkinliklari, jamiyat
va davlat manfaatlari, mulkchilik,
tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat xavfsizligi va boshqalardir. Ularning
jamiyat tomonidan qimmatli va ahamiyatli ijtimoiy munosabat sifatida
baholanganligi ularni birlashtirib turadi. Shuning uchun jinoiy
javobgarlikka tortish tahdidi bilan jinoyat qonuni tomonidan qo‘riqlanadi.
Umumiy
obyekt
huquqni tatbiq
etuvchiga jinoyatni boshqa
huquqbuzarliklardan (masalan, ma’muriy, intizomiy va boshqalar) u yoki
bu ijtimoiy munosabatning muhimlilik darajasidan kelib chiqqan holda
ajratish imkoniyatini beradi.
Umumiy obyekt – alohida olingan va barcha jinoyatlar qaratilgan
ijtimoiy munosabatlardir.
NOTA BENE !
Maxsus obyekt
– JK Maxsus qismining bir bo‘limiga
kiritilgan
moddalarda nazarda tutilgan, jinoyat
tajovuz qiladigan, o‘z tabiatiga ko‘ra
bir turdagi ijtimoiy munosabatlardir.
Maxsus obyekt JK Maxsus qismi tuzilishini shakllantirish va
bo‘limlarga ajratishning asosiy mezoni hisoblanadi. JK muayyan
bo‘limlari jinoiy qilmish qaratilgan maxsus obyektlarning o‘xshash va
farqli jihatlariga ko‘ra tuzib chiqilgan. Maxsus obyekt JK Maxsus qismi
tuzilishiga qarab, ulardagi ijtimoiy qadriyatlarning boshqa
ijtimoiy
munosabatlarga nisbatan ustunligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Maxsus
obyektlarning ketma-ketligi u yoki bu ijtimoiy munosabatlarning qadrliligi
va muhimliligidan dalolat beradi. Bir turdagi ijtimoiy munosabatlarga
qaratilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi
JK Maxsus qismi
bo‘limlari doirasida boblarning joylashuviga qarab aniqlanadi.
150