5.2. CHuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’yekti sifatidagi o’rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish;
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.