IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
səhifə 9/13 tarix 21.04.2022 ölçüsü 51,86 Kb. #55895
стратегия толык узб-лат
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish , kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish ;
byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi , pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ;
yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining , eng avvalo , o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish ;
mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish , ish kuchi sifatini yaxshilash , ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash , qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
Dostları ilə paylaş: