Hadisshunoslar sultoni imom al-buxoriy



Yüklə 48,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü48,67 Kb.
#198087
1   2   3
1664183036-1

-Qiroatu 
xalfa-l-Imom”
 
(“Imom ortida turib oʻqish”), “Raf’ul-yadani fis-
Saloti” (“Namozda ikki qoʻlni koʻtarish”) kabi asarlariiing qadimiy nusxalari mavjuddir. 
Imom al-Buxoriyning “At-Tarix al-Avsat” (“Oʻrta tarix”), “At-Tavsir al-kabir” 
(“Katta tafsir”), “Al-Jome` al-Kabir” (“Katta toʻplam”), “Kitobul-Xiba” (“Hadiya 
kitobi”) kabi katta va kichik xajmlardagi bir qator kitoblar yozganligi tarix 
kitoblaridan ma’lum
8

Imom al-Buxoriyning
islom olamida mashhur qilgan va buyuklikka olib chiqqan asari 
shubxasiz, “Al-Jome’ as-Sahih” (“Ishonarli toʻplam”) boʻlib, “Sahihi Buxoriy” nomi bilan ham 
mashhur. Ushbu asarni Buxoriy 16 yil davomida yozadi. Uning gʻoyat ahamiyatli tomoni 
shundaki, Imom Buxoriygacha oʻtgan muhaddislar oʻz toʻplamlariga eshitgan barcha hadislarini 
tanlab oʻtirmay kiritaverganlar. Imom Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarini 
tabaqalarga boʻlib, ularni ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratgan. 
Al-Buxoriyning 
shogirdlari ta`kidlashicha, ul kishi yuz mingta sahih (ishonchli) va ikki yuz mingta 
6
Самарқандий Абу Тохирхўжа. Самария. – Т.: Мерос, 1991. – Б. 58. 
7
Ислом энциклопедияси. – Т.: ЎзМЭ, 2004. – Б. 110. 
8
Уватов У. Ҳадис илмининг султони. – Т.: Имом Бухорий халқаро маркази, 2009. – Б. 31. 


nosahih (shubhali) hadisni yoddan bilgan hamda “Al-Jome’ as-Sahih” ni tahminan 
olti yuz mingta hadislar orasidan saralab olgan
9

Alloma Ibn Saloh (1245-yil vafot etgan) ta`kidlashicha, al-Buxoriyning bu 
asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta 
boʻlib, takrorlanmaydigan xolda esa 4000 hadisdan iborat
10

Al-Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” asari sunniylar tomonidan e’tirof etilgan “Sihohi 
sitta” (“Olti sahih kitob”) ning birinchisi hisoblanadi. 
Islomshunoslarning yozishicha, “Al-Jomi` as-Sahih” oldingi hadis toʻplamlaridan koʻra 
mohirona tuzilgan. Muallif zamondoshlarini juda qiziqtirgan qonunchilik 
va 
odatlarga tegishli 
boʻlgan hadislarnigina emas, balki Muhammad alayhissalom va sahobalar tarjimai xoliga, xattoki, 
paygʻambar yashagan davrning tarixiy va etnografik jihatlariga oid hadislarni ham jamlagan.
“Al-Jome’ as-Sahih”da paygʻabarimizning hadisi shariflari “Iymon”, “Tahorat”, “Namoz”, 
“Zakot”, “Haj”, “Nikoh”, “Taloq”, “Savdo-sotiq kitobi”, “Sulh kitobi”, “Vasiyat kitobi”, 
“Dastlabki yaratilish” (ya’ni “Olamning paydo boʻlishi”), “Jihod”, “Maloikalar haqida”, “Suv 
haqidagi hikmatlar” kabi 100 ta bobga boʻlingan. Har bir bobda mavzuga doir hadisi shariflar 
ishonchli roviylar manbai bilan keltiriladi.
Imom Buxoriy toʻplamlariga kiritgan hadislar faqat islom ta’limotiga doir umumiy 
qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmaydi. Ular mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq koʻngillilik, 
ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir bechoralarga himmat, 
vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halolikga da’vat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va 
namunali tartibotlar majmuasidir. Ularda nima yaxshi, nima yomon, nima qilish kerak, nimadan 
oʻzini tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimmiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun tarbiyaviy 
ahamiyatga ega yoʻl yoʻriqlar, pand-nasihat va oʻgitlar aks ettirilgan. 
“Sahihi-Buxoriy”da oila masalasi – er va xotin, ota-ona va farzand, aka-uka va opa-
singillar oʻrtasidagi munosabatlar xaqida koʻplab ibratli hadislar keltirilgan. Xususan,
Adab kitobi, 2-bob. Yaxshi muomala qilinishiga kim haqliroq? 
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: “Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
huzurlariga kelib: Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala qilishimga kim haqliroqdir?” – deb 
soʻradilar. Janob Rasululloh “onang!” – deb aytdilar. U: “Yana kim?” – deb soʻradilar. Janob 
Rasululloh: “Onang!” – dedilar. U “Yana kim?” – dedi, Janob Rasululloh (bu safar): “Otang!” – 
deb javob qildilar. 
3-bob. Ota-onasi rozi boʻmasa, jihod qilmaydi.
Abdullohibn Amr rivoyat qiladilar: “Birodam Nabi sallallohu alayhi va sallamga: Jihod 
qilmoqchiman”, – dedi. Janob Rasululloh: “Ota-onang bormi?” – dedilar.U “Ha” deb aytdi. Janob 
Rasululloh: “(Avval) ota onangning xizmatini qilib, rozi qilgin, soʻng jihod qilgin!” – dedilar”
11

11-bob. Qarindoshlariga beoqibat kishining gunohi haqida. 
Jubayr Ibn Mut’im Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning “Qarindoshlariga oqibatsiz 
odam jannatga kirmaydi” deganlarini eshitgan ekanlar
12

24-bob.Yetim boqqan odamning fazilati. 
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Men va yetimning 
kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz” – deb koʻrsatkich va oʻrta 
barmoqlarini juft qilib koʻrsatdilar”
13

9
Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydulayev O’. Vatan tarixi. – №1. –– Toshkent: Sharq, 2010. – B. 187-189. 
10

Yüklə 48,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin