Guruh talabasi Iskandar Tojimatov



Yüklə 113,29 Kb.
səhifə1/11
tarix07.01.2024
ölçüsü113,29 Kb.
#211292
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-deadline

610-20 guruh talabasi

Iskandar Tojimatov

Amaliy mashg‘ulot ishi № 7.


Adobe After Effects dasturi. Animatsiya, vizual effektlar bilan ishlash.
Amaliy mashg‘ulot ishining maqsadi: Adobe After Effects dasturi. Animatsiya, vizual effektlar bilan ishlash yaratish.
Nazariy qismi.
Adobe After Effects dasturi imkoniyatlari Adobe After Effects dasturi Vizual effektlar yaratish, 3D texnologiyada ishlovchi ko‘plab dasturlar bilan kompozitsiya hosil qilish, interaktiv video videoloyihalar tayyorlashga mo‘ljallangan dastur hisoblandi. Hozirda juda ommalashgan.

7.1-rasm. Adobe After Effects CS6 dasturi yuklanishi.
Hozirda deyarli barchamiz qiziqish bilan ko‘radigan juda ko‘plab filmlarda ushbu dasturdan foydalanib kelinmoqda va kundan-kunga rivojlanib bormoqda.
Qolaversa, 3D MAX, Cinema 4D kabi 3D modellashtirishga mo‘ljallangan dasturlar bilan kompozitsiya qilish imkoniyati ham mavjud. Bu esa “Virtual borliq” yaratishga imkon beradi.
Hozirda dasturning so‘nggi versiyasi Adobe After Effects CC(Creative Cloud) bo‘lib turibdi.
Dasturning interfeysi Project darchasi. After Effects da ishni Project (Proekt) (2.2.2-rasm) darchasida berilgan xarakatlardan boshlash kerak. Ushbu xarakatlar montaj jarayonida foydalaniladigan dostlabki klip "kirpichik" va ish natija “kompozitsiya”larning o‘ziga xos kutubxonasidir.





7.2-rasm. Adobe After Effects CS6 dasturi interfeysi.
Shu erda va keyinchalik klip so‘zi bilan (Adobe Premiere dasturning terminlar analogiyasiga ko‘ra) dastlabki media-fayllar (After Effects da qayta ishlash uchun siz orqali tayyorlangan fayllar)ni nazarda tutamiz. Film termini (After Effects odatiga ko‘ra, kompozitsiya termini) After Effectsda sizning ishlaringiz natijasiga qo‘llanadi. Ish boshida kliplar oldindan tayyorlangan tashqi fayllardan olinadi (import qilinadi). Ishning oxirida esa yaratilgan film media- faylga yoki videolentaga ( kearkli apparaturaning mavjudligida) yoki boshka tashqi raqamli videoqurilmasiga otkaziladi (eksport qilinadi).

7.3-rasm. Adobe After Effects CS6 dasturi ”Project”paneli.
Adobe After Effects dasturida film yaratish jarayonini boshqaruvi, Adobe Premiere dasturidagidek, proekt (project) tushunchasiga asoslangan. Microsoft Word dasturining analogiyasiga ko‘ra After Effects proekt mazmunan Wordda yaratilgan xujjatga mos. Lekin, Wordda matnli xujjat yaratasiz, After Effects proektida esa - videofilm. SHuning uchun prekt bu montaj bo‘yicha xarakatlarni o‘ziga hos dasturga yozish va filmning ba’zi bir elementlariga spetseffektlarni qo‘shishdir.
Project (Proekt) darchasi - asosiy darcha. Ushbu darcha o‘z ichiga proektda foydalaniladigan barcha (dastlabki va natijaviy) kliplarni kamrab olgan. Darcha nomida proektning nomi, ya’ni proekt saqlangan faylning nomi keltirilgan (2.2.2- rasmda proekt nomi sichqoncha ko‘rsatkichi orqali ko‘rsatilgan). Yangi proekt yaratish ishlarining boshida Project (Proekt) darchasi bo‘sh va keyinchalik film yaratishda kerak bo‘lgan dastlabki materiallarni to‘ldirishga tayyor bo‘ladi.
Compostion (Kompozitsiya) After effects ning juda qulay imkoniyatlaridan biri. U o‘zida kompozitsiya tarkibidagi fayllarni mujassamlashtiradi va ushbu guruh utida ishlash, saqlab qo‘yish imkoniyatini beradi.
Composition (Kompozitsiya) darchani ochish uchun - Project (Proekt) darchasidagi kompozitsiya nomiga ikki martta sichqonsaning chap tugmachasini bosing, bunda Composition (Kompozitsiya) darchasi bilan birga Timeline (Montaj) darchasi xam ochiladi;
Layer (Sloy) darchani ochish uchun - Timeline (Montaj) darchasidagi kompozitsiyaning kerakli qatlami nomiga ikki martta sichqonsaning chap tugmachasini bosing;
Footage (Klip) darchani ochish uchun - Project (Proekt) darchasida tayyor bo‘lgan material (video- va audiofayl, rangli zastavka va h.k) klip nomiga ikki martta sichqonsaning chap tugmachasini bosing, Adobe Premiere foydalanuvchilarga Adobe Premiere ilovasidagi Composition (Kompozitsiya) darchasiga Monitor (Monitor) darchasi mantiqiy to‘g‘ri keladi, Footage (Klip) darchasiga esa - Clip (Klip) darchasi. After Effects dasturi uchun Layer (Sloy) darchasi unikal deb xisoblanadi, chunki faqat unda tahrirlash jarayoni qatlam bo‘yicha bajariladi.
Bir tomonda Composition (Kompozitsiya) va Layer (Sloy) darchalarning ikkinchi tomonda Footage (Klip) darchaning qo‘llanilishi xar xil. After Effects ilovasida Composition (Kompozitsiya) va Layer (Sloy) darchalari kompozitsiyani tahrirlash jarayonini boshqarish va xozircha mavjud bo‘lmagan filmning kadrlarini (yoki qatlamlarini) aks etish uchun mo‘ljallangan, Footage (Klip) darchasi esa tayyor bo‘lgan media fayllarni (fayllarga o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi) namoish etadi. SHuning uchun ushbu darchalarning tuzilishi bir biridan farq qiladi .Adobe After Effects - Untitled Projectaep


Yüklə 113,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin