64
qoplash usullari davlatning muhim tavsifi hisoblanadi. Quyida davlat byudjetining taxminiy
tarkibini keltiramiz:
DAROMADLAR
XARAJATLAR
Soliq daromadlari,
shu jumladan:
foyda solig‘i
darmoad solig‘i
qo‘shilgan qiymat solig‘i
maxsus soliqlar
aktsizlar
eksport-import bojlari
resurs to‘lovlari
letsenziyalar
Soliqdan tashqari daromadlar,
shu jumladan:
tashqi
iqtisodiy
faoliyatdan
daromadlar
davlat mulkida bo‘lgan aktivlar
davlat
zahiralarini
amalga
oshirish
Byudjet kreditlarini qaytarish
Maqsadli byudjet fondlari
Iqtisodiyotga byudjet kreditlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat
Ijtimoiy-madaniy tadbirlar
Fan
Mudofaa
Huquqni muhofaza qilish faoliyati
Adliya
Davlat boshqaruvi
Davlat zahiralarini to‘ldirish
Favqulodda
holatlar
bo‘yicha
xarajatlar
Xizmat ko‘rsatish
hamda tashqi va
ichki qarzni to‘lash
Mahalliy byudjetlarni moliyalash
Jami
Jami
Taqchillik
Davlatni u yoki bu xilga kiritishning birinchi mezoni – bu daromadlar turli moddalarining
nisbati. Soliqdan tashqari tushumlarning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi shunchalik faol bo‘ladi – bunday holatda uning roli shartnomalar bajarilishining oddiy
kafili doirasidan tashqariga chiqadi. Byudjet soliqdan tashqari daromadlari ulushining
dinamikasi barqaror tendentsiyaning mavjudligi haqida gapirish imkonini bermaydi.
Buning
ustiga turli xildagi soliq tushumlari nisbatining tahlili ularning musodara xususiyati haqida (renta
to‘lovlari va maxsus soliqlar ustinlik qilishida), yoki soliq tizimining ishlab chiqarish faoliyatini
rag‘batlantirish maqsadlariga bo‘ysunishi («bozor» soliqlari: foyda solig‘i, QQS, aktsizlar,
daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i ustunlik qilgan holatda) haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Ta‘kidlash lozimki, byudjetda «bozor» soliqlarining ulushi barqaror
qisqarish tendentsiyasiga
ega. Shuningdek, soliqlarning yig‘ilishi, ya‘ni amaldagi soliq
tushumlari va soliq solish
bazasining real miqdorlaridan kelib chiqib hisoblab yozilgan soliqlar o‘rtasidagi nisbat
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ham muhim axborotni o‘zida mujassamlantiradi. Soliqlarning yig‘ilishi
qanchalik yuqori bo‘lsa, davlat shartnomaviy modelga shunchalik yaqin bo‘ladi.
Ikkinchi mezon – davlat xarajatlarining tarkibi va birinchi
navbatda real moliyalangan
hamda davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunda qayd etilgan xarajatlar nisbati. Ekspluatatorlik
davlatida uning majbur qilish salohiyatini saqlab qolish va kuchaytirish bilan bog‘liq xarajatlar
(«kuch ishlatuvchi» vazirliklarni saqlab turish xarajatlari) hamda bevosita davlat apparatini
saqlab turish uchun yo‘naltirilgan xarajatlarni moliyalashning ustuvorligi o‘rin tutadi. Mudofaa,
huquqni muhofaza qilish faoliyati va davlat apparati xarajatlarni katta tayyorgarlik bilan amalga
oshiradi.