60
zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga qodir bo‘lmagan taqdirda ham, uni bankrotga
aylantirish ancha mushkul;
-
davlat faoliyati samaradorligining aniq mezonlari mavjud emasligi:
firma uchun
foyda singari samaradorlikning aniq mezonlari mavjud emasligi tufayli davlat tuzilmalari ularni
mustaqil ishlab chiqilgan standartlar bilan almashtiradi va ushbu holatda davlatning faoliyati
ularning o‘zlari tomonidan beriladigan mezonlar (byudjet tushumlarining o‘sishi, davlat
nazoratining ekspansiyasi va h.k.) bo‘yicha baholanadi;
-
oldinga qo’yilgan natijalardan farq qiluvchi natijalarga erishish ehtimoli:
axborot
xarajatlari hamda monitoring va nazorat xarajatlarining o‘sishi amalga
oshirilgan vazifalarning
oldinga qo‘yilgan vazifalardan muntazam farq qilishi uchun zamin yaratadi (yuqorida keltirilgan,
unda davlatning kuch ishlatishdan xususiy foydalanishni cheklashga urinishi uning
eskalatsiyasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan model bunga yaqqol misol bo‘ladi);
-
resurslarning noteng taqsimlanishi:
transaktsiya xarajatlari noldan farq qilganda
resurslarga bo‘lgan mulkchilik huquqlarini taqsimlashda davlat uchun adolatlilikning bir necha
standartlari mavjud; Pareto bo‘yicha optimum bilan bir qatorda quyidagilar ana shunday
standartlar hisoblanadi: Kaldora qoidasi (agar resurslarni taqsimlash natijasidan yutayotgan
tomon yutqazayotgan tomonga yo‘qotishlarni qoplashga qodir bo‘lsa,
resurslarni taqsimlashga
o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yiladi), Rolz qoidasi (eng kam ta‘minlanganlarning ahvolini
yaxshilovchi - resurslarning adolatli taqsimlanishi) va ko‘plab boshqa standartlar.
Shuning uchun ikkita ideal holat (bir tomondan, shartnomaning bajarilishi qisman
kafolatlangan mulkchilik huquqlarini xarajatlarsiz faoliyat ko‘rsatuvchi bozor almashuvi asosida
taqsimlash va, ikkinchi tomondan, huquqlar bilan almashish ustidan nazoratni shartnoma
tomonlarining manfaatlari yo‘lida harakat qiluvchi davlatga o‘tkazish) o‘rtasida emas,
balki
ikkita takomillashmagan muqobil vaiantlar o‘rtasida tanlashga to‘g‘ri keladi. Bozor va davlat
o‘rtasidagi tanlov faqat nomukammalliklarning turli darajalari va xillari o‘rtasidagi tanlov
hisoblanadi. Shunday qilib, mulkchilik huquqlarini almashish va himoya qilishning
bozor
mexanizmi noldan farq qiluvchi transaktsiya xarajatlarini va kuch ishlatish eskalatsiyasini
nazarda tutadi,
davlat tomonidan
kuch ishlatishdan foydalanish uchun monopol huquqning
qo‘lga kiritilishi ham, bu safar davlat apparatining ichida, transaktsiya xarajatlarining o‘sishiga
olib keladi, bu hol huquqlarning taqsimlanishida muntazam buzib ko‘rsatishlarni keltirib
chiqaradi.
Shu munosabat bilan O.Uilyamson mulkchilik huquqlarini taqsimlashning u yoki bu varianti
samaradorligini, uni faraziya bilan emas, balki
real
amalga oshiriladigan muqobil variantlar bilan
taqqoslagan holda baholashni taklif etadi. Agar taqsimlashning qaysidir varianti uchun uni
ta‘riflash va katta miqdordagi sof yutuq bilan joriy etish mumkin bo‘lgan muqobil variantni
taklif etish mumkin bo‘lmasa, uni optimal deb hisoblash lozim.
Shu nuqtai nazardan, ilgari
samarasiz hisoblangan mulkchilik huquqlarini taqsimlash misollari real muqobil variantlarni
hisobga olgan holda, optimal bo‘lib chiqmoqda.
Xulosa
Davlat tashkilotning bir turi hisoblanadi. Davlatning o‘lchamlari katta bo‘lsa-da, iqtisodiyotga
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini tahlil qilish mikroiqtisodiyot emas, balki makroiqtisodiyot
predmetiga kiradi. Davlatni alohida tashkilot sifatida emas, balki institut sifatida ko‘rib chiqish
lozim. Fuqarolar tomonidan o‘z huquqlari bir qismining davlatga topshirilishi holati bunday
yondashuvning asosini tashkil qiladi. Davlat o‘z faoliyatini aynan
shu asosda amalga oshiradi,
ya‘ni davlatning mohiyati fuqarolar va davlat apparati o‘rtasida yuzaga keladigan hukumronlik
munosabatlari bilan belgilanadi. Shuning uchun institutsional nuqtai nazardan davlatning asosiy
funktsiyasi - mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilishdan iborat. Davlatning optimal
o‘lchamlari ularda davlat kafil sifatida boshqa kafillar (bitim tomonlari, arbitr, ijtimoiy guruh)ga
qaraganda samaraliroq faoliyat ko‘rsatadigan bitimlar doirasi bilan belgilanadi. Davlatning
optimal o‘lchamlari absolyut emas, balki tarixan shartlangan.
Dostları ilə paylaş: