44
duch keladi), bu uni firma tomonidan to‘lanadigan yakka pensiyaga yaqinlashtiradi. M.Aoki
firmada inson kapitali o‘ziga xosligining darajasini to‘plangan chiqish nafaqalari summasining
firmaning umumiy kapitaliga nisbati sifatida hisoblab chiqiladigan indeks yordamida aniqladi.
Agar muayyan firma uchun hisoblab chiqilgan bunday indeks o‘rtachalashtirilgan balans
ma‘lumotlari bo‘yicha hisoblab chiqilgan indeksdan ortiq bo‘lsa, u holda firmada inson kapitali
o‘ziga xosligining darajasi
nisbatan
yuqori, va aksincha.
NEEDSga o‘xshash balans har bir mamlakatda ham hisoblab chiqilavermasligiga
qaramay, istalgan yirik konsalting yoki auditorlik firmasining ma‘lumotlar
bazasi taqqoslash
uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘zida mujassam etgan. Endi tashkilotning ichki tuzilishi va uning
bozor strategiyasi haqida xulosa chiqarish imkonini beruvchi indekslarning yig‘indisini batafsil
ko‘rib chiqamiz. Dastlab balansning umumiy tarkibini va GAAP standartidagi daromadlar
haqidagi hisobotni yodga olamiz (10.4-jadval).
Aktiv va passiv alohida moddalarining tahlili tashkilotda huquqlarning real taqsimlanishi
haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi, u rasmiy, ta‘sis hujjatlari va aktsiyadorlar
reestrida qayd etilgan taqsimlashga hamma vaqt ham mos kelmaydi.
«Xodimlarga ish haqi bo‘yicha qarzdorlik»
I
1
i
q
«Jami joriy operatsion majburiyatlar»
I
1
i
indeks korxona xodimlarining qarorlarni qabul qilish jarayoniga ta‘siri darajasini aks
ettiradi. Banklar, davlat va o‘zaro bog‘liq korxonalar oldidagi qisqa muddatli qarzdorlik bo‘yicha
ham shunga o‘xshash I
1
i
indekslar hisoblab chiqiladi. Agar korxona rahbariyati xodimlar
oldidagi majburiyatlarni bajarishni banklar, davlat (byudjet) va o‘zaro bog‘liq korxonalar
oldidagi majburiyatlarni bajarishdan ko‘ra
ustuvorli deb hisoblasa, u holda bu mehnat jamoasi
tomonidan egalik qilish, tasarruf etish va daromad olish huquqiga norasmiy egalik qilinishidan
dalolat beradi.
«Uzoq muddatli kreditlar: ta‘minlanmagan»
I
2
q
«Jami uzoq muddatli majburiyatlar»
Banklar tomonidan korxona ustidan nazorat darajasini aniqlash uchun I
2
indeksni
hisoblab chiqish ham foydali, chunki bank tomonidan garov bilan ta‘minlanmagan
kreditlar,
faqat berilgan kredit qaytarilishining boshqa, norasmiy kafolatlari ko‘zda tutilgan hollarda,
berilishi mumkin
27
.
DAROMADLAR TO’G’RISIDA HISOBOT
Dostları ilə paylaş: