10
-
mulk huquqi nazariyasi – R.Kouz, A.Alchiyan va G.Demsets, R.Pozner,
S.Peyovich va E.Furubotn – shartnomalar nazariyasiga asos bo‘ldi;
-
transaktsiya xarajatlari nazariyasi – R.Kouz, O.Uilyamson, D.Nort – iqtisodiy
tashkilot nazariyasi (firma nazariyasi)ga asos bo‘lib xizmat qildi – M.Aoki, A.Alchiyan va
G.Demsets, S.Chung, M.Jensen va U.Mikling, O.Uilyamson, Yu.Fama;
-
ijtimoiy tanlov nazariyasi – J.Byukenen, T.Tallok, M.Olson –
byurokratiya
nazariyasi – K.Errou, V.Niskanen, S.Parkinson; jinoyat va jazolar iqtisodiy nazariyasi –
G.Bekker, M.Fridmen, J.Stigler, M.Olson va b.; korruptsiya iqtisodiy nazariyasi – E.Kryuger,
J.Stigler va b.; xufyona va norasmiy iqtisodiyot neoinstitutsional kontseptsiyasining davomi
bo‘ldi – E. de Soto, E.Fayg, K.Xart, T.Shanin, F.Shnayder;
-
D.Nortning institutsional evolyutsiya kontseptsiyasi yangi iqtisodiy tarixda o‘z
ifodasini topdi – B.Gustaffson, D.Nort, R.Tomas va b.
Rossiya iqtisodiyot fanida neoinstitutsional nazariya R.I.Kapelyushnikov, O.S.Suxareva,
A.N.Oleynik, V.M.Polterovich, V.L.Tambovtseva, A.E.Shastitko
va boshqalarning ishlarida
rivojlantirilgan [31, 34, 40, 41, 43, 48, 51, 56].
Xufyona va norasmiy iqtisodiyotning institutsional jihatlari A.Auzan, L.Kosals,
A.Oleynik, V.Radaev, L.Timofeev, Yu.Latov va boshqalarning ishida o‘z aksini topgan [41, 47,
52].
Neoinstitutsional nazariyaning sanab o‘tilgan yo‘nalishlari o‘rtasida ko‘plab farqlar ham,
umumiy jihatlar ham mavjud. Xususan, T.Eggertsson quyidagilarni ajratadi [59]:
Birinchidan, barcha ushbu mualliflar almashuvni tartibga soluvchi qoidalar va
shartnomalarga nisbatan belgilanadigan cheklovlarni yaqqol ko‘rinishda
modellashtirishga
intilishadi, bunda andoza sifatida ko‘proq neoklassik modelda mulk huquqlarining eng na‘munali
yo‘lidan foydalaniladi.
Ikkinchidan, to‘liq axborot va almashuvning nol darajali xarajatlari to‘g‘risidagi
neoklassik taxminlar oydinlashtirildi, shuning uchun ijobiy transaktsiya xarajatlarining oqibatlari
o‘rganilmoqda.
Uchinchidan, baholanadigan ne‘matlarda faqat ikkita o‘lchov – narx va sifat o‘lchovlari
mavjud, degan oddiy taxmin ancha yumshatildi, shu sababdan iqtisodiy
natijalar va iqtisodiy
tashkilot uchun tovarlar va xizmatlar sifat o‘zgarishlarining oqibatlari tadqiq etilmoqda.
Yana bir bor shuni ta‘kidlash lozimki, neoinstitutsional nazariya hozircha to‘liq
shakllanmagan: ta‘riflar va atamashunoslik borasida to‘liq uyg‘unlikka erishilmagan, matematik
modellardan mikroiqtisodiy nazariyadagiga qaraganda juda kam darajada foydalanilmoqda,
empirik testlashga katta e‘tibor qaratiladi (bu ayniqsa o‘tish iqtisodiyotidagi
jarayonlarni tahlil
qilishda, masalan, xufyona sektorni o‘rganishda, turli ma‘muriy to‘siqlarning samaradorligini
tadqiq etishda yaqqol ko‘zga tashlanadi).
Dostları ilə paylaş: