Globallashuv sharoitida ilm-fan va ma’rifat yuksakligi mafkuraviy immunitetning muhim sharti



Yüklə 13,84 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü13,84 Kb.
#200578
maruf



GLOBALLASHUV SHAROITIDA ILM-FAN VA MA’RIFAT YUKSAKLIGI MAFKURAVIY IMMUNITETNING MUHIM SHARTI
SaMDAQU talabasi :
Erkinov Ma’ruf Otabek O’g’li
Ilmiy rahbar: Dotsent Safarov A.I
Bugungi kunga kelib globallashuv jarayonida dunyoda g’oyaviy, mafkuraviy kurash ya’ni g’oyaviy jihatdan bo’lib olishga bo’lgan urinish kuchayib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev globallashuv sharoitida ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan: “Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya,”ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib boryotganini hisobga oladigan bo’lsak, bu so’zlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo’ladi”1, deb alohida ta’kidlaydi.
Aynan globallashuv omili bilan yonma-yon kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy- mafkuraviy jarayonlar shiddatini tahlil qilar ekanmiz, shu narsaga amin bo’lamizki, ma’naviy tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlarimiz sur’atini susaytirmaslik, ma’naviy hushyorlikni doimiy ravishda oshirib borish va yoshlarimizni ma’naviy tahdidlarning har qanday ko’rinishlariga qarshi mustahkam iroda, sobit e’tiqod bilan kurasha oladigan insonlar qilib tarbiyalash hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Holbuki, bugun ta’lim-tarbiyaviy
jarayonning asosiy ob’ektiga aylangan yosh avlod ertaga millat va davlat taqdiri uchun mas’uliyatni o’z bo’yniga olishi lozimligini anglab yetar ekanmiz, inson omili va ta’lim-tarbiyaga e’tibor bundanda jiddiyroq va ahamiyatliroq masala ekanligiga also shubha qolmaydi. Qolaversa, turli zararli va yot g’oyalar iskanjasiga tushib qolish ehtimoli jiddiy xavf bo’lib turgan hozirgi tahlikali zamonda tayanch va najot faqat ta’limda, tarbiyada va ma’rifatda ekanligini anglamoq yagona va oqilona tanlovdir. Zero, aynan ushbu omilni o’zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklashning kuchli vositasi deb bilmoq kerakdir.
Shubhasiz, tarixiy xotirani tiklash, milliy o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarga oqilona munosabatni shakllantirish vazifasini yoshlarimizda vatanparvarlik, milliy g’urur tuyg’ulari bilan uyg’unlikda ko’rar ekanmiz, ma’naviy tarbiyaning hech bir bug’inida g’oyaviy bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmaydi. Yoshlarni ijtimoiy faollikka, bunyodkorlik va ijodkorlikka yo’llovchi g’oyalar bilan ularning qalbini va ongini oziqlantirish orqali ma’naviy tarbiya muhitining xavfsizligini ta’minlash va ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashmoq mumkin.

Ma’lumki, bugungi kunda dunyo bo’ylab yovuz maqsadlarni ko’zlagan g’oyalar tajovuzi ma’naviy tahdidlar xavfini yanada kuchaytirmoqda. Bunday xavfning jamiyat va inson hayoti uchun qanchalik xatarli ekanligi haqida ogohlantirar ekan, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov o’zining ,,Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch “ asarida masalining qay darajada jiddiy ekanligiga e’tibor qaratgan edi:


,,Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta ma’naviy yo’qotishlar yuz beryotgani, millatning asriy qadriyatlari milliy tafakkuri va turmush tarzi izidan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganligini kuzatish mumkin”2
Ta’kidlash kerakki, ma’naviy tahdidlar turli ko’rinishdagi zararli, buzg’unchi g’oyalarning jamiyat hayotiga suqilib kirib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tajovuz qilayotganligi bilan xavfli tus olmoqda. Xo’sh, ana shunday xavfni bartaraf qilmoq uchun nima qimoq kerak. Kurashning qanday usulini, yo’llari va vositalarini tanlamoq kerak ? Bugungi kunda voyaga yetmagan o’smir yoshlarning turli internet klublarida o’tirishlar va pornografik saytlariga kirishlari, mobil telefonlardan noto’g’ri foydalanib behayo film va suratlarga mahliyo bo’layotgani, bularning barchasi yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotiga ulkan zarar keltiradi.Jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlardan e’tiborli bo’lish, yoshlarni to’g’ri yo’lga boshlash va ular ongini turli nosog’lom axborotlardan himoyalash mexanizmlarini ishlab chiqmoq lozim. Internet tarmog’idagi zo’ravonlik, hayosizlik va shavqatsizlikni targ’ib qilayotgan har qanday hatti-harakatlarni cheklash, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi ,yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarni sodir etishga sabab bo’luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish qilinishiga cheklovlar qo’ymoq lozim.Bu kabi ijtimoiy xavfi yuqori bo’lgan muammolardan qutilish uchun O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish bo’yicha milliy loyiha yaratish zarur.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ota-ona nazoratini amalga oshirish uchun ko’plab texnologiyalar,filtrlovchi dasturiy ta’minot yaratilgan. Filtrlovchi dasturiy ta’minotning uch xil ko’rinishi bor: “Qora ro’yxat ,, (ro’yxatga kiritilgan manbalarga ya’ni saytlarga chiqish blokirovka qilinadi), “Oq ro’yxat,, (faqat ro’yxatga olingan manbalarga kirish mumkin) ,”Neytral markirovka,, (yomon saytlarning reytingini yaratish, unga ko’ra foydalanuvchi qaysi saytlarga kirish-kirmasligini o’zi hal qiladi). Bizning yurtimizda ham mana shunday texnologiyalarni va dasturlarni yaratish lozim. Yoshlarimiz ongiga, bir qarashda arzimas bo’lib tuyiladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan darajada jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o’ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berishi lozim. Toki yoshlarimiz milliyligini saqlab qolgan holda, dunyoni chuqur anglaydigan, davr shiddati bilan qadam tashlaydigan insonlar bo’lib yetishsin.Ana shundagina axloq-odob rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar yoshlarimizga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi. Yosh avlodni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida so’z yuritganimizda nafaqat xalqimiz ulug’laydigan xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan noma’qul illatlarni ham ochiq aytishimiz zarur bo’ladi. “ G’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq lozim”. Buning uchun yoshlarimizni bilimli va o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan yoshlar qilib tarbiyalamoq lozim. Bilimli kishi jaholat, nodonlik va yovuzlikga qo’l urmaydi. Inson ongida uning o’zi va o’zgalarga manfaat keltiradigan tushunchalardan tarkib topishi kerak . Shuning uchun inson ongi yovuz va johil g’oyalardan , jaholat botqog’idan himoya qilinishi kerak. Jamiyatimizda bu ish milliy g’oya asosida amalga oshirilmoqda . Demak, milliy g’oya asosida inson ongida ezgulik, adolat , haqiqat, nodonlik va befarqlik kabi illatlardan himoya qilish mumkin . Milliy g’oyaga ega inson yovuz g’oyalarni farqlay oladi, bu g’oyalardan har doim uzoqda bo’lgisi keladi. Xalqimiz ma’naviy va axloqiy qadriyatlarida vatanparvarlik,insonparvarlik, milliy iftixor, bag’rikenglik kabi xususiyatlar ustuvordir. Ularni izchil targ’ib qilib borish bilan ma’naviy tahdidlarga zarba berish mumkin. Ma’rifat -kishilarning ong bilimini, ma’daniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim tarbiya hamdir. Demak, jaholat bilan ma’rifat bir-biriga qarama qarshi, bir-birini siqib chiqaradigan tushunchalardir. Ma’rifat insonni doim to’g’ri yo’lga boshlaydi. Ma’rifat kimgadir ko’z-ko’z qilinadigan, ortida qandaydir ta’ma yashirin bo’lgan narsa emas. Jaholat kabi kuchlarga ma’rifat qarshi chiqa oladi. Chunki ma’rifat to’g’ri yo’lga boshlovchi kuchdir.Ma’rifat – insonni ma’naviy kamolotga yetkazuvchi uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonidir. Sovet davrida xalqimizni ma’naviyat va ma’rifatga chorlagan ko’pgina vatandoshlarimiz o’ldirilgan . Ular yomon ishlari uchun emas, balki jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashganlari uchun otib o’ldirilgan. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda ham har jihatdan yetuk bo’lgan barkamol shaxsni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda va bu yo’lda yoshlarni turli ma’naviy xurujlardan saqlash, ularda mafkuraviy imunitetni kuchaytirish jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kabi vazifalar ustuvorlik qilmoqda. Jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish lozim. Darhaqiqat, dunyoni jaholat egallasa, nafaqat, aql, balki aqlni peshlaydigan ma’rifat, ma’naviyat, hurfikrlik, inson ozodligi barcha -barchasi barham topadi. Bir donishmand aytganidek: “ Dushmaningdan qo’rqma – nari borsa , ular seni o’ldirishi mumkin. Do’stlaringdan ham qo’rqma – nari borsa xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo’rq – ular seni o’ldirmaydi , sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida qotilliklar sodir bo’laveradi”. Bu bebaho gaplardan ko’rinib turibdiki, har bittamiz vatanimiz rivojiga, kelajagi uchun befarq bo’lmasligimiz, mafkuraviy kuchlarga biz o’z bilimimiz, milliy mafkuramiz bilan har doim, har soniya qarshi kurashmog’imiz lozim.
Yüklə 13,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin