Gigienik omillar


Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar



Yüklə 61,18 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü61,18 Kb.
#179851
1   2   3   4   5
Gigienik omillar

Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar 
Xar xil jismoniy mashqlarning samarasi turli xil yoki turli xildagi jismoniy mashqlar bir xil tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil taosir xususiyatiga ega emasligining
isbotidir.
Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarali taosirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quydagicha guruxlanadi:
1. O‘qituvchi va o‘quvchilarning shaxsiy tavsifi omili. Taolim jarayoni ikki tomonlama – o‘quvchilar o‘qiydi, o‘qituvchi o‘qitadi. Shuning uchun
jismoniy mashqlarning taosiri keng darajada kim o‘qitayotganligiga va kimlarni
o‘qiyotganligiga, axloqiy sifatlariga va iqtidori (intellekti)ga, jismoniy 
rivojlanganligiga va tayyorgarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, qiziqishi, xarakat faolligi xamda boshqalarga boliq.
2. Ilmiy omillar – jismoniy tarbiyaning qonuniyatla-rini tomonidan anglashini
me’yorini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyat-lari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan bo‘lsa, pedagogik vazifalarni xal qilish uchun ulardan shunchalik samarali foydalanish mumkin.
3. Metodik omillar – jismoniy mashqlardan foydalanishda amal qilinadigan 
juda keng qamrovdagi talablar guruxini umumlashtiradi. Jismoniy mashqni o‘qitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani xal qilish uchun qo‘lla-
nayotgan usuliyat (jismoniy qabiliyatni ochsin, o‘zlashtirishni osonlashtirsin)
masalan, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda quyidagilar xisobga olinadi, 
birinchidan jismoniy mashqdan kutilayotgan samara, ya’ni bu mashq bilan qanday 
vazifalar (bilim berish, tarbiyalash, yoki solomlashtirish)ni xal qilish; ikkinchidan, jismoniy mashqni tuzilishi, statik yoki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik
xarakatmi yoki boshqasimi; uchinchidan, mumkin bo‘lgan takrorlash usuliyatlari
(bo‘laklarga ajratib yoki mashqni to‘la bajarish bilan o‘rgatish maqsadga muvofiqmi, takrorlashlar oraliida aktiv dam olishni qo‘llash kerakmi yoki passiv dam olishni taominlay oladimi va xokazolar). Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikasi qo‘yilgan pedagogik vazifalarni xal qilish uchun jismoniy
tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi. Jismoniy mashqlarning samarasi optimal yuklamani belgilay olish orqaligina bo‘lishi mumkin. Faoliyatda yuklamaning davomiyligi xamda uning intensivligi, takrorlash chasto-tasi (interval va dam), takrorlashlar oraliidagi dam olishning 
xarakteriga boliq. Yuklamani boshqarishda yuqorida ko‘rsatilayotgan xollarning
o‘zaro munosabati xisobiga olinishi shart. Masalan, mashqning bajarilish
davomiyligining ortishi uning intensivligining pasayishiga olib kelishi qonuniyati bilan belgilangan. Jismoniy mashqning natijasi uning ijro usuliga boliq. Masalan, arqonga uch usul bilan tirmashib chiqish erkin usul bilan tirmashib chiqishdan samaraliroqdir, chunki uch usul qo‘llanganda balandroqqa chiqish imkoni bo‘ladi. Jismoniy mashq bajargandan so‘ng organizmda maxsus funksional o‘zgarish
vujudga keladi va u maolum vaqtgacha organizmda iz qoldiradi, saqlanib turadi. Vujudga kelgan o‘zgarish fonida keyingi mashqning taosir samarasi yanada boshqacharoq bo‘lishi mumkin. Dastlabki va so‘ngi mashqda mashg’ulot 
samaradorligi ortishi yoki pasayishi mumkin. Masalan, diqqat uchun mashqlar
navbatidagi qiyin koordinatsiya talab qiluvchi xarakatlarni bajarishni
osonlashtirsa, dumbaloq oshish mashqlaridan so‘ng muvozanat saqlash 
mashqlarini o‘zlashtirish qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Ta’sirning o’z yoki kuchlilik darajasi o‘zining chuqurligi va davomiyligi, o‘quvchi xolati uning jismoniy,aqliy tayyorgarligi va xokazolarga boliq.Mashqlar ta’sirining kompleksini
ishlab chiqish xarakat faoliyatining asosiy taosiri samarasini xisobga olishga
imkoniyat yaratadi. Jismoniy tarbiya jarayoni mashqlar taosiri tizimini xar bir yosh guruxi uchun ishlab chiqishni taqazo etadi.
  Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib, u tarixan
gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruxlarga ajratilib, tarbiya 
jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi.
Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy xarakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday xarakat faoliyatlari gimnastika, o‘yinlar, sport,
turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati to‘plandi va to‘ldirildi.
Jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixan qator darsliklarda (A.D. Novikov, B.A. Ashmarin va boshqalar, 1966, 1979) Ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘ri keladi deb ko‘rsatiladi. Jismoniy mashqning vujudga kelishida obyektiv sabab qilib ibtidoiy odamning qorin to‘ydirish maqsadida ov qilishi, suboektiv sabab sifatida 
ongning shakillanishi deb qaraldi. Ibtidoiy qurollarni ishlatishni bilmagan 
ibtidoiy odam o‘z o‘ljasini (ovini) xoldan toldirguncha quvlagan. Bu bilan ovchi organizmi katta jismoniy tayyorgarlikka muxtojlik sezgan. Jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lmaganlarining o‘zlari oviga yem bo‘lgan. Shunga ko‘ra vaqt o‘tishi bilan ibtidoiy odamlar ovga gala-gala bo‘lib chiqadigan bo‘ldilar.
Ibtidoiy qurollar: tosh, qirrali tosh boylangan nayza, xas-cho‘p bilan nomigagina berkitilib quyilgan choxlardan va boshqalardan ovchilar foydalana boshlashgan, ijtimoiy ong shakllana boshlangan. Ovda ishtirok etolmay qolgan qabilani
qariyalari yoshlarga toshni nishinga otish, uni zarbini kuchaytirishni mashq qildira boshlagan va bu bilan tarbiyaga asos solingan tarbiya jarayonining elementlari 
shakillana boshlagan. Keyinchalik uloqtirish, quvib yetish yoki qochish uchun
yugurish, sakrashlar mashq qilina boshlangan. Bu esa jismoniy mashqlarni xamda jismoniy tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakillanish davri deb qaralgan. Shu kunga kelib bu mashqlar xozirgi zamonning yengil atletika, 
gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari tarzida jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda. Jismoniy mashqlar xillarining ko‘payishiga insonning mexnat faoliyati xam taosir ko‘rsatdi. Ma’lumki, mexnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlikdek insonning jismi (xarakat) sifatlarining maolum darajadagi tayyorgarligi,
uning rivojlanganligini talab qiladi. Tarbiya amaliyotida, asosan, inson mexnat 
faoliyatida qo‘llaydigan xarakatlarini ko‘proq mashq qiladi.
Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlar, bayramlardagi o‘yinlar, 
raqslar, xarbiy faoliyatdagi, sanoatdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy
xarakatlar vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Jismoniy mashqlar tabiatini tabiiy qonunlar I.M. Sechenov va I.P. Pavlovning
ilmiy dunyoqarashlarida ochib berilgan. Ixtiyoriy xarakat Sechenovning 
fikricha, ong va aql bilan boshqariladi xamda biror maqsadga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Pavlov esa xarakatlarni fiziologik mexanizmini ochib, xarakatlar 
bosh miya pustloq qismining to‘plash xususiyati bilan boliqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli xamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida
vujudga kelishligini ilmiy isbotladi.
Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli. Barcha xodisa va jarayonlarga o‘xshash jismoniy mashqlar o‘zining mazmuni va shakliga ega. Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo‘ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlarning to‘plami
jismoniy mashqlarning mazmunini vujudga keltiradi, ularning taosiridan xarakat faoliyati uchun qobiliyat rivojlanadi. Shuningdek mashq mazmuniga uning bo‘laklarini to‘plami, masalan, uzunlikka sakrashda tanaga tezlik berish, depsinish
xavoda uchish, yerga tushish zvenolari xamda mashqni bajarishda xal qilinadigan
vazifalar,shuningdek mashqni bajarishdan organizmda sodir bo‘ladiganfunksional o‘zgarishlar xaqidagi nazariy bilim va amaliy xarakat malakalari kiradi. 
Bu elementlarning barchasi jismoniy mashqning umumiy mazmunini vujudga
keltiradi. Jismoniy mashqning shakli ularning ichki va tashqi strukturasini
muvofiqligida ko‘rinadi. Mashqning ichki strukturasiga shu faoliyatni bajarishda
ishtirok etadigan skelet muskullari, ularning qisqarishi, cho‘zilishi, buralishi
va x.k., biomexanik, bioximik bolanishlari – energiya sarflanishi, yurak-tomir, nafas olish, nerv boshqaruvi va boshqa organalardagi jarayonlar, ularning o‘zaro boliqligining, o‘z ichiga oladi. Biologik, mexanik, psixologik va boshqa
jarayonlarning mashq bajarishda birini biri bilan aloqasi, o‘zaro kelishilganligi 
yugurish mashqlarida boshqacha bo‘lsa, shtanga ko‘tarishda boshqacha, ya’ni 
ichki struktura turlicha bo‘ladi. Mashqning tashqi shakli, tashqi strukturasi 
esa o‘sha mashqning tashqi ko‘rinishi, xarakatni bajarish paytiga ketgan vaqt
yoki kuch sarflash meoyori va xarakat intensivligini ko‘rinishi bilan
xarakterlanadi.
Jismoniy mashqlar shakli va mazmuni o‘zaro boliq bo‘lib, bir-birini taqazo etadi. Mazmunning o‘zgarishi shaklni o‘zgarishiga olib keladi. Mazmun shaklga nisbatan asosiy rolni o‘ynaydi. Masalan, xar-xil masofada tezlik sifatining namoyon bo‘lishi yugurish texnikasining xam turlicha bo‘lishiga sababchi bo‘ladi 
(qadamning kattaligi, chastotasi, tananing xolati va x.k.). Shakl mazmunga 
ta’sir ko‘rsatadi. Aniq ma’lum bir xarakat uchun namoyon bo‘layotgan jismoniy
sifatlar shu jismoniy mashqni bajarishdagi malakaga taosir qiladi. Shuning uchun suzuvchi kuchi bilan gimnastikachi kuchi, shtangachi kuchi biri-biridan farqlanadi. Jismoniy mashqni shakli va mazmunining ratsional muvofiqligiga erishish jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining asosiy muammolaridandir. Bu muammo qisman xarakat malakasi va ko‘nikmasiga, shuningdek jismoniy
sifatlariga xam ta’luqlidir.
Umumta’lim maktabining isloh qilinishi pedagoglar, ota-onalar va jamoatchilikdan o’sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tarbiyasiga g’oyat jiddiy e’tibor berishni talab etadi. Bunda, eng avvalo, maktabda, shuningdek, pioner va o’quvchilar yashab turgan joylarda ommaviy fizkultura ishlaripi keng miqyosda yo’lga qo’-yish nazarda tutiladi. Bu ishlardan ko’zda tutilgan asosiy maksad o’quvchilarni g’oyaviy-siyosii jihatdav tarbiyalashga, ularni hayotga va mexpatga ma’naviy-psi-xologik jihatdan tayyorlashga yordam berishdan, yoshlarni Vatashshpg sotsializm qurilishi sohasida qo’lga kirit-gan yutuqlarini himoya qilishga tayyorlashdan iborat-dir. «Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh kilish-ning asosiy yo’nalishlari»da shunday deb ta’kidlangan: «Gigiena masalalariga ko’proq e’tibor berilsyn. Har bir maktab o’quvchisi gigiena va meditsina sohasidagi zarur bilimlarni egallab olishi, yoshligidanoq o’z or-ganizmini bilishi va uni tartibli saqlashni o’rganishi kerak» («Umumiy ta’lim va hunar maktabinn isloh qi-lishning asosiy yo’nalishlarn», «Sovet Uzbekistoni» gazetasi, 1984 yil, 15 apr.el).
G i g i e n a — bu salomatlik to’g’risidagi, uni saqlash, mustahkamlash hamda tevarak-atrofdagi omillarning unga ko’rsatadigan zararli ta’sirini bartaraf etish vositalari va metodlari to’g’risidagi fandir.
Gigiena, iqlimni] mikr.otsqlimni, havoning, suvning va tuproqning xolatini, ovqatlanish sharoitlarini, kiyim-kechak, turarjoy, mehnat va dam olishga qo’yila-digan shartlarni, fizkultura hamda sport mashg’ulot-lari o’tkaziladpgan shart-sharontlarni va boshqa bir qator masalalarni o’rganadi. Odamning mexnat, dam olish va sportdagi faoliyatining biror sohasi yo’qki, ular gigienik jihatdan tartibga solib turilmaydigan bo’lsin. Odam salomatlig’iga ta’sir ko’rsatadigan omillarni normalashtirib, ya’ni ularning dozasini belgi-lab turish gigiena fanining asosiy maqsadi hisobla-nadi. Gigienik normalar cheklab qo’yiladigan (masa-lan, xavoda, suvda, tuproqda zararli moddalarning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan nikdorini belgilash shakli-da) yoki optimal holatga keltirish (masalan, jismoniy nagruzkalar, ovqat ratsionining optimal dozalarini belgilash) xarakterida bo’lishi mumkin. Tavsiya ztilgan gigienik normalar qonuniy yo’l bilan mustaxkamlana-di xamda sanitariya inspektsiyasi organlari tomonidan nazorat qilib turiladi. Gigienada turli fap sohalari — sotsiologiya, demografiya, klimatalogiya, fiznolo-giya, mikrobiologiya, fizika, ximiya sohalarida qo’llaniladigan metodlar va metodikalardan foydalannladi. Jismoniy tarbiya gigienasi — gigiena fanining bo’limlaridap biridir. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlaridan odam salomatliginn saklash va mustahkamlash maqsadida samaraliroq foydalanish uchun o’sha mashg’ulotlar vositalarini, metodlarini xam-da shart-sharoitlarini ilmiy jihatdan asoslangan hol-da normaga solib turish jismoniy tarbiya gigienasiping mazmunini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya gigienasn mashg’ulotlarning samaraliroq metodlarshsh va eng qu-lay shart-sharoitlarini asoslab bernsh uchun jnsmoniy mashqlar odamlar sog’lig’iga kanday ta’snr ko’rsatishi-nn va ular sog’lig’ini mustaxkamlashga kay darajada xizmat qilishini o’rganadi.
Jismoniy tarbiya gigienasining ahamiyati fan-texnika revolyutsiyasi davriga kelib ancha ortdi. Agar XIX asrning0 oxiri va XX asrning boshlarida odamlar sog’-lig’ini va xayotini saqlashda sapitariya-gigkepaning ommaviy tarzda tarkaladigan yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbnrlari (vodoprovodlar qurish, kanalizatsiya o’rnatish, shaharlarni toza tutish va boshqalar) asosiy rol o’ynagan bo’lsa, xozirgi vaqt-da aholining kasallanishi va o’limi strukturasida • yurak-tomir kasalliklari, modda almashinuv, asab sis-temasi kasalliklari etakchi o’rin tutadi. Bunday kasal-liklarning paydo bo’lishida kasallik xavfining aso-siy omili sifatida gipodinamiya katta rol o’y-naydn. Shuning uchun xam gipodinamiyaning oldini olish maqsadida jismoniy mashqlarning qo’llanilishn gigie-nada etakchi ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy tarbiya gigienasining vazifalari quyi-dagilar xisoblanadi: odamnnng jismoniy xolatiga xos bo’lgan mezonlar bo’yicha uning salomatligiga oid mo-del parametrlarini normalashtirib turish (jismo-niy rivojlanish, jismoniy tayyorlanganlik darajasi, chiniqqanlik), jismoniy nagruzkalarni normaga solib turish (struktura, hajm, iktenspvlik), faqat gipodi-namiyaning oldini olish bilaigina cheklanmay, shu bi-lan birga, sihat-salomatlikning model darajasiga erishish va uni saqlab turish uchun ukga optimal dara-jada mashq ta’siri ko’rsatnlishini ta’min etadigan chiniqtiruvchi tadbirlar; mashq va musobaqa nagruzka-larini, dam olish, ovqatlanish, katta sportda tiklanish tadbirlarini muayyan tartibga solib turish; fizkul-tura va sport mashg’ulotlari shart-sharoitlarini (kq-lp.m va mikroiqlim, sport inshootlari va jkhozlari, kiyim-kechaklar va boshqalar) salomatlkkka qulay ta’-sir ko’rsatishiga yordam beradigan tarzda normaga solib turish.
Salomatlpkni saqlash va mustahkamlashda atrof-muhitni ozoda saqlash, ratsional tarzda ovqatlanish,aktiz ravishda optimal xarakatlar kilish hamda asab-xayajonlanish xaddan oshib ketadigan stress holatlar-iing oldini olksh snngari tadbirlar bilan bir qator-da, jismoniy tarbiya ham eng muxim va istiqbolli omil-lardan biriga aylanib bormoqda. Bu borada QPSSMarkaziy Komitetining partiya XXVII s’ezdiga Snyosiydokladkda bunday deypladi: «Aholining sog’lig’ini mus-tahkamlashda, shaxsni uyg’un kamol toptirnshda, yoshlarni mehnatga va Vatan ximoyasiga tayyorlashda fizkul-tura xamda sportshshg, ularni kundalik hayotga joriyetshining axamiyatn o’sib bormoqda. Ishni shunday yo’lgaqo’yish kerakki, xar bir kishi yoshligidan o’zining jis-moniy barkamol bo’lishi to’g’risida g’amxo’rlik qilsin,gigiena va meditsina yordami sohasidagn bilimlarniegallab olsin.sog’lom turmush kechirsii» (KPSS XXVIIs’ezdi materiallari, T., «Uzbekiston» nashriyoti, 1986,174-bet). Shu bilan birga, yuksak darajadagi yutuqlar-ga ernshgan sport (katta sport) salomatlik uchun muay-yan darajada xavf tug’diradigan (haddan tashqari zo’riqish va jaroxatlar) anchagina intensiv va keng hajmli
nagruzkalar bilan bog’liq bo’lib, ular puxta vrachlik-pedagogik nazorati o’rnatilishini xamda mashqlarninggigienik jixatdan to’g’ri tashkil etilishini ta’min-lashni talab qiladi. Mana shu qoidadan kelib chiqqanxolda sog’lomlashtirish maqsadida o’tkaziladigan jis-
moniy mashqlar xamda yuqori ko’rsatkichlarga erishish-ni maksad qilgan katta sport mashg’ulotlariga ko’yila-digan gigienik talablarni alohida-alohida qarab chiqish lozim.
Salomatlik — jismoniy tarbiya samaradorligining mezoni
Salomatlik tushunchasi. Odamlar salomatligini saqlash va mustahkamlash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri hi-soblanadi. Salomatlik deganda, odam orgaiizmi-ning shuiday bir holati tushuniladiki, bunda uning barcha funktsiyalari tashqi muhit bilan muvofiqlashti-rilgan bo’ladi xamda unda qandaydir kasalliklar bi-lan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar ko’zga tashlanmaydi.
Sog’liqning qanday ahvolda ekanligini sub’ektiv yo’l (ya’ni so’rab-surishtirish) bilan xamda ob’ektiv tadkiqotlar o’tkazish asosida aniqlanadi. Lekin bun-da olingan natijalar xar doim xam bir-biriga muvo-fiq kelavermaydi. Chunonchi, kasallikning ob’ektiv belgilari mavjud bo’lmagan bir vaktda kishi o’zini yomon his qilishi snngari xollarni kuzatish iumkin. Yoki, aksincha, odam o’zini juda yaxshi his qilgaip xolda uning organizmida ob’ektiv kasallik alomatlari mav-jud bo’lishi mumkin. Salomatlik bilan kasallik ho-lati o’rtasiga qo’yiladigan chegara ko’p hollarda qiyin va shartli ravishda belgilangan bo’ladi.
Fizkultura va sport bilan shug’ullanuvchi kishilar-ning salomatligi kanday ahvolda ekapligini ularni mashg’ulotlarga, musobakalarga ko’yishdan rldin o’tka-ziladigan dispanser ko’rigi jarayonida aniqlanadi. Fizkultura va sport mashg’ulotlariga faqat mutlaqo sog’lom bo’lgan kishilar qo’nklibgina qolmay, shu bilan birga, salomatligida ba’zi bir o’zgarishlar, zaiflik-lar bo’lgan kishilarga ham ruxsat beriladn. Bunday hollar tegishli meditsnna instruktsiyalari orqali muvo-fiklashtirib turiladi.
Jismoniy tarbiya gigieiasi uchun salomatlik dara-jasi (me’yori) degan tushuncha muhim axamiyat kasb eta-di. Organizmning kasallik omillarining ta’siriga nisbatan barqarorligi, tashqi muhit nokulay tarzda o’zgargan paytlarda salomatlikni hamda ish qobilnyati-
ni saqlay bilish — salomatlik darajasini ko’rsatuvchi belgilar hisoblanadn, ya’pi salomatlik darajasi odam-ning adaptatsion (moslashish) imkoniyatlari qanday ekanligi bilai belgilanadi.
Odamning salomatlik darajasgt qanchalik yuqori bo’lsa, uning turli yuqumli kasalliklarga, past va yu^o-ri haroratga, jismoniy ishlarga bo’ltan chidamliligi ham shunchalik barqaror bo’ladi.
Salomatlik mezonlari
Umumiy chidamlilik salomatlikni mustax,-kamlash uchun odamdagi jismoniy (harakatli) fazilat-lar ichida ko’proq ahamiyat kasb etadi. Aerobik ji-hatdan erishilgan unumdorlik, ya’ni uzoq muddat mobaynida ish bajara olish qobiliyati uning fiziologik neg’izi hisoblapadi, Bunday ish bajarila-yotgan vaqtda gavdadagi muskul massasining yarmidan ko’prog’i o’zining kritik darajasiga (kislorodni mak-simal iste’moli—KMI darajasi)ga qaraganda 50% dan ortiqroq intensnvlik bilan ishtirok etadi. Aero-bik unumdorlik eng muhim vegetativ sistemalar — yurak-tomir, nafas olish, qon, neyroendokrin sistema-larinipg funktsional holati qanday ekanligi bilan belgilanadi.
Basharti, funktsional holat yaxshi bo’lsa, bu orgaiizmnipg turli kasalliklarga, ayniqsa ateroskleroz, gippertoniya kasalliklariga, semirishga, diabetga, yurakping ishemik kasalligiga chidamliligidan dalolat beradi. Chidamlilnk darajasi yukori bo’lgan vaqtda organizm asosiy sistemalarnnipg normal faoliyat ko’rsatish muddatlari uzaddi, bu esa ancha vaqtgacha salomat-
likni saqlab qolish imkonini beradi. Olib borilgan maxsus tadqiqotlar orqali salomatlnk bilan chidamlilik o’rtasida ijobsh! aloqa (korrelyatsiya) mavjud ekanligi isbot qilingan. Shunivg uchun ham umumiy chidamlilnk ko’rsatkichlari (Kuper testi, 3000—10000 m. Ga yugurish testlari va boshqalar) hamda aerobik quvvat (knslorodning maksimal darajada iste’mol qilinishi, Rg’US]7o) salomatlikniig normativ me’orlari sifatida xizmat qiladi.
Normal uyquda, kunduzi mudroq bosmay, yaxshi ak-tivlik ko’rsatishda, oiladagi, kollektivdagi o’zaro munosabatlarda, tabiiy odob-axloq reaktsiyasida namoyon bo’ladigan nerv-asab sistemasining barqarorligi xam salomatlik darajasini ko’rsatuvchi mezon hisoblanadi.
Tevarak-atrofdagi xaroratping o’zgarishlariga odam-NNE1G moslasha olishi uning gazdadagi haroratni doi-miy ravishda bir xil va barqaror saqlay bilish.qobi-liyatiga bog’liq bo’ladi. Odam qanchalik kjori chinikish darajasiga ega bo’lsa, u tashki muxitdagi xarorat omil-larining iztirobli ta’siriga shunchalik ko’prok bardosh bera oladi. Shuning uchun xam chiniqqanlik darajasi salomatlikning mezoni xisoblanadi. Odamni turli bakteriyalar, viruslar xamda infektsion allergik ka-salliklar (revmatizm, bronxial astma) sababli paydo bo’ladigan infektsiyalardan himoya qiluvchi immunik me-xanizmlar funktsiyasi xam organizmning chiniqqanlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Infektsion hamda infektsi-on-allergik kasalliklarga chidamlilik ham salomatlik darajasiki belgilovchi mezonlardan biri xisobla-yadi.
v Hozirgi vaktda bolalar oa o’smirlar orasida ko’pin-cha umurtqa pog’onasi va oyok-tovon bo’g’imlari kiyshiq o’sadigan xollar tez-tez uchrab turadi. Bunga gipodina-miya va u tufayli yuz beradigan muskullar zaifligi (muskul korsetining etishmasligi), bir xnl shaklda uzok vakt o’tirpb kolish (stolda o’tirib ishlash, televi-zion ko’rsatuvlarni tomosha kilish), oyoq bo’g’imlariga etarli darajada nagruzka tushmasligi, doimiy ravish-poyabzal kiyib yurish bilan bog’liq bo’lgan zo’rikishlar sabab bo’ladi. Tayanch-xarakat apparatidagi bunday buzilkshlar katta yoshda yuz beradigan destruktiv kasalliklar — osteoxondroz va artroz kasalliklarining ri-vojlanishiga yordam beradi. Katta sportda umurtqa pog’onasi va oyoq bo’g’imlarining deformatsiyalanish holla-ri nagruzkalar xaddak tashqari ko’payib ketishi okibatida yuz berishi mumkik. Skeletda deformatsiya belgilarning bo’lmasligi yoki ularning yaqqol ko’zga tashla-nib turganligi salomatlik darajasini ko’rsatuvchi mezon sifatida xizmat qilishi mumknn.
Binobarin, jismoniy mashqlar, chinikish mashg’ulot-lari salomatlikni saqlash va mustahkamlashda gigie-nik omillar sifatida g’oyat muxim rol o’ynaydi. Hozir-gp vaqtda ko’p tarqalgan kasalliklar (ateroskleroz, p;pertonik kasalliklar, semirish, diabet, yurak va miyaning ishemik kasalliklari, nevrozlar, tayanch-xarakat apparatining deformaqiyasi hamda kasallanishi) ning oldini olishda muhim, goxida esa xal kiluvchi axamiyat-ga ega bo’ladi.
Salomatlik darajasini belgilash Odamning salomatligi unda kasallikning yaqqol ko’zga tashlanib turgan ko’rinishlari mavjud emasligi bilapgina emas, balki uning chiniqkanlik darajasi bilan xam,turli kasallik faktorlari ta’siriga bar-qarorligi kasallik chastotasi bilan ham, odamning asosiy funktsiyasi xamda uping funktsional rezervlari ko’rsatkichi (chiniqkanligi) bilan xam belgilanadi.
Salomatlik uchun jismoniy ishga qobiliyat va chi-niqqanlikning optimal darajasi zarur bo’ladi. Juda yuqori darajadagi jismonky ish qobiliyatiga katta sport orqali erishiladi. Bu esa odamda barcha funktsio-nal sistemalarining zo’rikishini taqozo etadi hamda uiing immuiiteti pasayishiga va kasalliklarga bardo-shi susayib ketishiga ham olib kelishi mumkin. Orga-nizmning funktsional rezervlaridan ortiq darajadagi zo’rikishlarni engib o’tish vaktida haddan tashtsari toli-qish xollari ro’y berib, odamning holdan toyib koli-shi singari xolatlar ham kuzatilishi mumkin. Amaliy jihatdan sog’lom bo’lgan (ya’ni kasallikning klinik belgilari yaqqol ko’rnnib turmagan) kishilarda ular-ning salomatlik darajasini anik belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu esa sog’lomlashtirish tadbirlari komp-leksini, shu jumladan, jismoniy tarbiya faktorlari-ni yana xam maqsadga muvofiqroq ravishda planlashti-rish imkonini beradi.
Quyida taqdim etilayotgai salomatlikning miqdoriy jihatdan baxolash sxemasi (birinchi jadvalga qarang) uch darajadan iboratdir. Salomatlikning birinchi da-rajasida odam maxsus tavsiyalarga zarurat sezmaydi, u o’z salomatligini avval qanday bo’lsa, shunday holda saqlab yurishining o’zi kifoyadir. Ikkinchi daraja esa mutaxassisdan maslaxat — konsultatsiya olishni taqo-zo etadi. Salomatlikniig uchinchi darajasida ancha chu-qur meditsina tadqiqotlari o’tkazish hamda tegishli tavsiyalar olish zarur bo’ladi.
Havo eng muhim faktor bo’lib, usiz inson organizmi o’z hayotiy funktsiyalarni uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida qatnashadi. Shu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi mumkin bo’lgan elektrik kuchlar va har-xil radiatsiyalar harakati maydoni bo’lib xizmat qiladi.
Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yo’qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sog’lomlashtirish choralarini qo’llash orqali har-xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera sharoitlarining sanitariya holatini yaxshilash va organizmning zararli faktorlarga qarshiligini oshirish, masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator hollarda havoning o’zidan shifobaxsh, chiniqtiruvchi faktor sifatida foydalaniladi.
Havofning organizmga bevosta ta’siridan tashqari kiyimlar, qurilish materiallari, tuproq va boshqalarning gigienik xossalarini o’zgartirib bilvosita ta’sir etishi mumkin.
Havoning gigienik xarakteristikasi quyidagi o’rsatkichlar yig’indisidan iborat: a) havoning fizikaviy xossalari – temperaturasi, namligi, harakati, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, elektrik holati, ionlantiruvchi radiatsiya, b) ximiyaviy tarkibi – havoning doimiy tarkibi va yot gazlar; v) mexanik aralashmalar – chang, tutun, qurum aralashmasi; g)mikroflora (mikroorganizmlar) – bakterial ifloslanish borligi.
Quyosh erdagi issiqlikning manbai bo’lib xizmat qiladi. Uning isitishi avvalo, erga etib kelib issiqliq energiyasiga aylanuvchi yorug’lik nurlari hisobiga bo’ladi. Atmosfera deyarli faqat issiq nurlangan tuproqdan isiydi. Shuning uchun er bilan tutashib turgan pastki havo qatlamining temperaturasi yuqori qatlamlar temperaturasidan issiqroq bo’ladi. Erdan uzoqlashishi bilan u taxminan har yuz metrda 0,5 gradus pasayadi.
Havo temperaturasining issiqlik almashinuviga ta’siri uning muhim gigienik ahamiyati hisoblanadi. Yuqori temperatura tanadan issiqlik ajralishini chegaralasa, past temperatura uni kuchaytiradi. Markaziy nerv sistemasi orqali nazorat qilinib turuvchi termoregulyator mexanizmlarining etukligi tufayli odam har-xil temperatura sharoitlariga ko’nikishi va optimal temperaturalardan sag’al oshgan isiqlikka ham hiyla vaqt chidashi mumkin.
Sport praktikasida ortiqcha isib ketish issiq ob-havoda, ochiq havodagi va nomofiq qurilgan sport zallardagi mashg’ulotlarda sodir bo’lishi mumkin. Bundan holatda profilaktik chora-tadbirlar qo’llash lozim.
Fiziologik jihatdan organizm tashqi muhitning yuqori temperaturasiga moda almashinishini pasaytirish yo’li bilan, shuningdek tarkibida yog’ ko’paygan ter ajralishini kuchaytirish orqali ham moslashadi, bu esa terning teri yuzasida ancha teng taqsimlanishiga va bug’lanishiga sabab bo’ladi.
Havo namligi deganda har qanday gaz singari simob ustunining mm balandligi bilan o’lchanadigan havodagi suv bug’larining zichligi tushiniladi. Agar suv bug’larining zichligi chegaradan oshib ketsa, fazo suv bug’lari bilan to’yinadi; bundan ham oshib ketishi namlikning tuman, shudring yoki qirov holida ajralishiga olib keladi. Har bir havo temperaturasiga muayyan darajada suv bug’lari bilan to’yinganlik to’g’ri keladi. Temperatura qancha yuqori bo’lsa havoda suv bug’lari shuncha ko’p saqlanadi.
Atmosferadagi havo deyarli hamma vaqt harakatda bo’ladi. Buning sababi er sharidagi qizitishning bir xil bo’lmasligidandir. Havo harakati o’znining yo’nalishi va tezligi bilan harakterlanadi. Yo’nalishi shamol dunyoning qaysi tomonidan esayotganiga qarab aniqlanadi va rumbalar bilan belgilanadi. Dunyo 4 tomonning boshlang’ich harflari: Shimol, Janub, G’arb, Sharq bilan belgilanadi.
Iqlim deganda muayyan joy uchun harakterli bo’lgan va qup yillik kuzatishlar natijasida niqlangan o’rtacha holati tushiniladi. Ob-havo deganda esa mazkur sharoitda vaqtinchalik meteriologik sharoit tushiniladi. Bunda o’proq havo temperaturasi namligi, harakat tezligi, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasining kuchlanishi, bulutlar va yog’ingarchilik miqdori nazarda tutiladi. Lekin metereologik faktorlar tegishli o’rtacha kattalik, u klimni mediko-biologik nuqtai nazardan etarli darajada harakterlab bermaydi va unga to’la-to’kis gigienik baho berish uchun temperatura va boshqa kattaliklar tebranish ampletudasi va bular sodir bo’ladigan muddatning eng kichik ahamiyatini ham bilish zarur.
Akklimatizatsiya – odam organizmining yangi iqlim sharoitiga ko’nikish qobiliyati – akklimatizatsiya deyiladi. Akklimatizatsiya muammosi har-xil sharoitlari bilan farq qiladigan Yangi qator rayonlarning o’zlashtirilishi tufayli aktual ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Bu mamlakatning har-xil oblastlarida, chet-ellarda musobaqa o’tkazuvchi sportsmenlar uchun ham zarur.
Mikroiqlim – bu termin chegaralangan maxsus joy territoriyasining iqlimini xarakterlaydi. Masalan: turar-joyning ba’zi bir aholi yashaydigan joylarida kurort, turistik lagerlardagi iqlim vahakazo. O’ziga xos rel’efi, erning qatlami, ko’kalamzorlashtirilganligi, suv havzasining mavjudligi, territoriyasining qurilish sistemasi va boshqalar tufayli qushni punktlarning mikroiqlim xususiyati har-xil bo’lishi smumkin. Joyning mikroiqlim xususiyatlarini hisobga olish, turar-joy qurilishlari, sport inshootlari, maktab, kasalxonalar qurish uchun sanitariya taraflari jihatidan qulay joy tanlashga imkon beradi.
Xavoning kimyoviy tarkibi va ularning xususiyatlari.
Xavoning eng xayot uchun kerak bo’lgan tarkibiy qismi oksigen-u xavoda 20,93 % ga teng, xajmi bo’yicha, uning 14 % ga tushib ketishi oqibatida organizmda oksigan etishmovchiligi seziladi, 6-9 % ga tushub ketishi xayot uchun xavfli. Inson organizmida 65 % gacha oksigen mavjud. Oksigansiz organizmda moddalar almashinish va tiklanish jarayoni bo’lmaydi boshqacha aytsak xayot toxtaydi. Odam qonida oksigan oksigemoglabin sifatida qondagi gemoglabin bilan bog’langan xolatda bo’ladi.
Atmosferada oksigandan tashqari, ozroq ozon miqdori mavjud. Ozon o’ta oksidlovchi va mikroblarni qirib yuboruvchi gazdir. Odatda ozon momaqaldiroqdan so’ng paydo bo’ladi, uning borligi xavo tozaligidan dalolat beradi.
Xavo tarkibida azot gazi xam mavjud. Uning asosiy vazifalari oksigenni suyultirishdir. Azot miqdori xavoda 78,04 % xajmga teng. U asosan o’simlik dunyosi uchun zarurdir.
Atmosfera xavosida ma’lum darajada SO2–karbonat angidridi gazi xam mavjud, uning miqdori 0,03 % agar bu gaz o’sha miqdordan ortib ketsa, bu xavoni ifloslanganidan dalolat beradi. Masalan 0,07-0,1 % gacha oshsa xavo bulg’angan xisoblanadi.
Agar inson yashaydigan xonaning xavosida karbonat angidrid miqdori 0,1 % dan ortsa u xolda 1000 litr xavoda uning miqdori 1 litrga teng bo’lar ekan, bunday xavo nafas olish uchun yaroqsiz, u xolda xona, ayniqsa, sport zallari darxol shamollatilishi kerak.
Inson uyquda ekanida, bir minutda 9 litr, tez yurganda 16 litr, yugurganda 63 litr xavo olar ekan.
Shaxarlarda ko’p uchraydigan va eng ko’b kurash olib borishga to’g’ri keladigan zararli gazlar jumlasiga is gazi, oltingugurt angidrid, karbonat angidrid, okisli azod, metan, changlar va boshqalar kiradi.
Is gazi–SO, to’liq yonmagan yoqilg’i maxsuloti bo’lib barcha yonuvchi moddalar tarkibida bo’ladi. Atmosfera xavosiga sanoat korxonalar va elektr stantsiyalarining zararli gazsimon chiqindilari, avtomashinalar dudburonlaridan chiqadigan gazlar va boshqalar xavoni ifloslantiruvchi manba bo’ladi.
So–is gazi, ko’zga ko’rinmas, u o’pka al’veolalari orqali qonga singib, gemoglabin bilan qo’shilib korbooksigemoglabin paydo qiladi. Bu gaz bir litr xavoda 0,125 mgG’l bo’lsa va shu xavodan nafas olinsa, 6 soat vaqt o’tgach, kasallik alomatlari boshlanadi. Bunda, miya og’riydi, boshi aylanadi, yurak tez uradi, ko’ngil aynib kishi xushdan ketadi. Bunday xolatda kasalni tez toza xavoga olib chiqib, iloji boricha kasolxonaga eltish zarur.
Oltingugurt gazi (So2) bu modda asosan korxona va uy joylarida ko’mir ishlatilganda (yonganida) paydo bo’ladigan zaxarli gazdir. Gazning miqdori 0,002-0,003 mgG’l ga etganda uni xidini bilish mumkin. Bu gazning xavodagi kontsentratsiyasi 0,02 mgG’l etsa shikastlovchi ta’sir ko’rsatadi. Bu gaz o’simlik dunyosiga o’ta zararli ta’sir ko’rsatadi.

Ochiq suv xavzalaridagi basseynlarga qo’yiladigan gigienik talablar.


Suzish va suvga sakrash bo’yicha o’quv-mashq mashg’u-lotlari uchun basseynlar qurishga joy tanlayotganda xuddi er yuzasidagi ochiq sport inshootlariga qo’yila-dig’an talablar (xavoni va tuproqni ifloslantiradi-gan manbalardan, shovqindan nari bo’lishn, ko’kalam-zor joylarga yaqinligi, kirib kelinadigan yo’llarning qulay bo’lishi) hisobga olinishi kerak; bundan tash-
kari, suvning va sohillarning gigienik xolati, suv. oqimining tezligi hisobga olinadi.
Basseynlarni o’z-o’zini tozalab turishga qodir bo’l-gan oqar suvlarga (daryolarga) joylashtirgan ma’qul. Basharti, ko’llar va hovuzlarning suvlari maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari tashlanmagan, oqova suv-Lar bilan iflos qilinmagan bo’lsa, ularda uy hayvon-lari cho’miltirilmagan, kir yuvilmagan bo’lsa, u holda bunday joylarda ham basseynlar kurish mumkin. Bas-seynlar suvning ifloslanishi mumkin bo’lgan (oqova suvlarning chiqish joylari, suvdan foydalaniladi-gan sohillar va boshqalar) joylardan kamida 200— 250 m yuqorida joylashgan bo’lishi kerak. Shamol va suv to’lkinlari orqali basseynga xar xil narsalar tu-shib ifloslanmasligi uchun shunday qnlinadi. Ayrim hollarda suvning ifloslanishi manbaidan kamida 2 km uzoqlikda basseyn qurilishiga ruxsat berishlari, mumkin. Barcha hollarda ham basseynlar qurilishi lo-yixalashtirilayotgan vaqtda suvning sifati aniqlan-mog’i lozim. U II kategoriyadagi suv havzalari uchun bslgilangan sanitariya talablariga muvofiq kelmog’i-kerak (er yuzasidagi suvlarni oqava suvlar bilan if-loslanishdan saklash qoidalari №372—61).
Suvning ustida ko’zga ko’rinib turgan xazon, xashak singari narsalardan basseynni tozalab turish kerak. Suvning tiniqligi shu darajada bo’lishi, kerakki, unga tashlangan diametri 20 sm li oq rangdagi doiracha 4 m chuqurlikdan ham ko’rinib tursin.G’- Shuningdek, suvning sifati ham unda ximiyaviy chnqindilar va bakterial ifloslanish darajasiga qarab vaqt-vaqti bilan tek-shirib, baholanib turishi kerak. Suv havzasining tu-bi — basseshshing osti ham toza bo’lmog’i, iloji bo’lsa, kum sepilgan bo’lishi lozim, suv osti g’adir-budur, o’y-dim-cho’nqir bo’lmasligi, bir tomonga nishab qnlib qu-rilgan bo’lishi zarur. Sport suzishn bo’yicha mashg’ulot-lar uchun mo’ljallapgan basseynlarning chuqurligi ka-mida 1,7 m bo’lishi kerak. Suvga sakrash mashqlari o’t-kaziladigan havzalarda, masalan, 5 m balandlikdan suvga sakraladigan joylarda basseynning chuqurligi 3,8 m, 10 m balandlikdan suvga sakraladigan joylarda basseynning chuqurligi 4,5 m bo’lishi zarur. Suvning qirg’og’i, soxil toza bo’lmog’i hamda shamol va changni to’sish maqsadida manzarali daraxt ko’chatlari ekib, obodonlashtirilgan bo’lishi kerak.
Basseyn suv xavzasnnnng kuyosh tushadigan tomoniga joylashtirnladi. Uning uzun o’qi daryo oqimi bo’ylab yo’naltirilgan bo’lnshi kerak. Sakrash uchun tayyorlangan joylar basseynning yok tomonidan — suv okimidan yuqori tomonda bo’lishi kerak; start beriladigan tum-bochkalzr zsa uning qarama-qarshn tomonida bo’lishn ke-rak. Start tumbochkalarshshng ostida, suzuvchi borib qaytib keladigan shchpt ostida straxovka to’rlari joylashtirilgan va ularga og’ir narsalar bog’lab, mustahkamlangak bo’lishi
Sun’iy basseynlarga qo’yiladigan gigienik talablar
Sun’iy ochiq basseynlar qurish uchun ajratiladigan uchastkalarga nisbatan ko’yiladigan sanitariya-gigiena talablari, zsosan, boshka ochiq sport inshootlariga ko’-yiladigan talablar bilan bir xildir (havoning if-loslanish manbalaridan va shovkindan uzok bo’lishi, lerimetri bo’ylab hamda uchastka territoriyasida man-zarali ko’chatlar ekilgan bo’lishi kerak). Er osti suvla-rining darajasi basseynning zng cho’nqir nuktasidan 0,7 m pastroqdan o’tishi lozim. Basseyts vannasi hamda sport mapdonchalari qurilishning eng so’nggi, chekka chi-zig’idan kamnda 15 m uzoklikda (ko’chalardan ham, kvar-tal territoriyasidan xam taxshshan shuncha masofada) va turar joy zonasi chegarasidan kamida 50 m masofada joylashgan bo’lishi kerak. Uzunlig’i 25 m va 12,5 m bo’l-gan OSVOD-1 va OSVOD-2 markali tipovoy ykg’ma-ko’chma vannalardan xam foydalanish mumkin.
OSVOD-1 vannasi metalldan yasalgan bo’lib, uning devorlari va ost kismi ichki tomondan suv o’tkazmaydi-gan plyonka bilan koplangan bo’ladi. OSVOD-2 vapnasi — oyna va plastikadan tayyorlangan basseynlar — suvni almashtiradigan va tozalaydpgan maxsus sistema bilan jihozlangan. Vannalar qurnlishi uchun betoi-ning temir-beton, buto-beton, armotsement singari xar xil turlaridan foydalaniladi. Vanialarning ichki tomonidan suv o’tkazmaslik uchun gidroizolyatsiya ishlarn bajariladi. Buning uchun vannaning ichki tomonidan suvab (tsement suvoq), bo’yoq (epoksid bo’yoq bilan bo’yab), elim suvoq qshshb (gidro izolyatsion materiallarni ustma-ust, ko’p qavat qilib yopishtirib) chiqiladi.
Usti yopiq sun’iy basseynlar butun yil davomida trenirovkalar o’tkazish imkonini beradigan suzish uchun
mo’ljallangan epg murakkab sport inshootlari xisob-lanzdi. Basseyndagi suv doimiy ravishda fnltrlar, zararsizlantirish va ilitish sistemalari orkali o’tka-zilib, tsirkulyatsiya qilib turiladi. Bu suvni gigiennk talablar darajasida saklab turish, uni tejamkorlik bilan ishlatish xamda suvni ilitish uchun ketadigan energiyani ancha iktisod qilish imkonini beradi. Suvni zararsnzlantirishning eng ko’p tarqalgan va arzon usu-li uni xlorlash hisoblanadi. Xlorlash normasi 0,2— 0,4 mgG’l bo’lgan xlor koldiqlari xisobiga suv doimiy ravishda bakterial ifloslanishdan tozalanib turadi, uni zararsizlantirilyashini ta’minlash imkoninya be-radi. Xlorning yuk^orida keltirilgan dozasi ko’zning shillik pardasiga (qovoqlarga) qichishtiruvchi ta’sir ko’rsatadi (maxsus himoya ko’zoinaklari yordamida bu-ning oldini olish mumkin) hamda flora, ya’ni o’simlik dupyosiga bakteritsidln (bakteriyalarni o’ldiruvchi) ta’sir ko’rsatadi, yuqori nafas olnsh yo’llaridagi shil-liq pardalarga vegetativ (yashovchan) ta’sir ko’rsatadi. Bu esa respiratorli infektsiyalarning oldini olishga yordam beradi.
Suvni zararsizlantirishning ultrabinafsha nur bilan nurlantirish, ozonlashtirish, lazer bilan ishlash, ximiyaviy vositalarnn (mis kuporosi, kumush ^yaritmyas.i va boshkalar) iitlatish siNgartt1 usullaridan xam foydalaniladi. Suvning holatkni, unikg bakteriya-lar bilan ifloslanishnni, suv tarkibidagi xlor miq-dorini nazorat qilish uchun suvdap xar kuni bir necha marta proba olib tekshiriladi.
Vannalarning razmeri kichik —- 25 m va katta — 50 m bo’ladi, Ularning eni ham xar xil: 10; 12?5; 15; 21; 25 m bo’ladi. Bitta yo’lning enn kamida 2,25 m bo’lishi lo-zim. Vanka ichki tomondan kafel plitkalar bilan sil-li^lab chpqiladi. Suvning sirtiga yaqin lyuyda basseyn devorchalari bo’ylab suvning ifloslangan yuzasini ka-nalizatsiyaga chiqarib yuborish uchun tarnovchalar quri-ladi.
BasseGshshshg vankasi yopiq xonaning ichidagi verti-kal tayakch-ustunlarga shunday osib o’rnatnladiki, bun-da pol bilan vannaning sst kksmi o’rtasida ochnk joy (bo’shliq) koldirnladi. Bu vanna ostining holatyani nazorat kilib turish va agar zarurat bo’lsa uni remont qilish nmkonini beradi. Vannaning devorlariga suzish-ning borishini kuzatib turish uchun derazalar o’rnatiladi. Vannaning atrofiga isitib turiladigan (eni 1,5—2 m bo’lgan va Q 28—31° temperatura bilan isiti-ladigan) yo’lkalar quriladi. Tribunalar bilan yo’l-kalar bir-biridan barer —to’siq bilan ajratib qo’-yiladi.
Suzish mashqlari o’tkazilayotgan vaktda basseynlar-dagi suvning haroraty Q 26Q 27^Tuproq ekogigienasining jismoniy tarbiya va sportdagi axamiyati.
XX asrning o’rtalari XXI asrning boshlarida atro-muxitning eng asosiy obektlaridan biri bo’lmish tuproqning insonning antropogen faoliyati ta’sirida nixoyatda ifloslanayotgani, tuproq bilan bevosita bog’liq jonli va jonsiz tabiatning axvoli ekologik nuqtaiy nazardan borgan sari noqulay xolatni keltirib chiqarayotgani achinarli xolatdir. Tirik jonlarning xayoti tuproq bilan chambarchas bog’langanligi tarixiy faktdir.
Insoniyat tomonidan erlarni o’zlashtirish jarayonlari, o’rmonchilik, ma’daniy o’simliklar o’stirish, qishloq xo’jaligini rivojlantirish tuproq er ustida katta-katta inshoatlar qurish, sanoat korxonalarini barpo qilish, suv omborlarini yaratish, o’rmonchilikni tashkil qilish, erlar melioratsiyasini yaxshilash doimiy jarayon bo’lib kelgan.
Texnika taraqqiyoti er rel’efini o’zgartirmoqda, ba’zi bir joylarda konlarda o’ta chuqurlashib, ba’zi bir joylarda chiqindilar xisobiga baland tepaliklar paydo bo’lmoqda, o’tloq erlar chiqindilar bilan to’lmoqda.
Keyingi 10-15 yillar ichida qattiq chiqindilarning tarkibiy qismi juda xam o’zgarib ketti. Jumladan Vashington keltirgan dalillarga qaraganda, AQSh mamlakatidagi axoli turar joylaridagi yig’ilgan qattiq chiqindilarning tarkibi tekshirilganda quyidagicha foizda aniqlandi. Ya’ni qog’oz 31.1, oyna siniqlari 9.7, plastmassalar 3.4, yog’och maxsulotlari 3.7, oziq-ovqat qoldiqlari 17.6, metal maxsulotlari 9.9, latta, paxta va boshqalar 1.4, boshqa chiqindilar (tuproq, qum, mayda tosh, suprindi) 20.4 foizni tashkil qiladi. AQSh da yig’ilgan chiqindilar 64.3 mln. tonna, shulardan 49.1 mln. tonnasi qog’oz bo’lsa, axoli tomonidan tashlanadigan qog’ozlar miqdori 26.0 mln tn, savdo shoxobchalaridan yig’iladigan qog’oz axlatlar 23.1 mln. tonnaga etadi.
Tuproq sharoitida polimielit, gepatit, entroviruslar ko’proq uchraydi va kasal tarqatadi. Gigenik va epidemiologik nuqtai nazardan eng xatarlisi mikroorganizmlarning tuproqda ko’proq yashashi va inson organizmiga zara berishidir. Misol tariqasida shuni aytmoq zarurki, uchburuq kasalini keltirib chiqaruvchi fleksner mikrobi tuproqda 25 kundan 100 kungacha saqlanib qolishi mumkin, qorin tifi, paratif mikroblari 100 kundan 400 kungacha saqlanib qoladi. Botulizm kasalini chaqiruvchi sporali mikrob tuproqda, 15 yil yashashi mumkin, kuydirgi kasallini keltirib chiqaruvchi mikrob xam 15-18 yil tuproqda qolib, o’zini patogenli mikrob ekanligini bildirishi mumkin.

Yüklə 61,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin