Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə2/7
tarix19.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#132351
1   2   3   4   5   6   7
Abdalimov O‘roqboy

Mavzuning dolzarbligi:
Boshqa geografik okruglar va o’rinlar qatori Quyi Zarafshon okrugiham geografik jihatdan alohida o’ringa egadir. Uning ham o’ziga xos xususiyatlari, suvlari, o’simliklari va hayvonot dunyosi mavjud. Bu okrug Zarafshon daryosining quyi qismidagi Buxoro va Qorako`l deltalarini o`z ichiga olib, sharqda O`rta Zarafshon okrugidan kengligi 2-4 km keladigan Xazar yo`lagi orqali ajralib turadi. Quyi Zarafshon okrugini shimoldan va g`arbdan Qizilqum okrugi, janubi-g`arbdan Sanduqli qumligi, janubdan Eshakchi qumligi, sharqdan Qiziltepa, Azkamar, Quyimozor, Qaynog`och, Qushtepa va Qumsulton balandliklari o`rab turadi. Quyi Zarafshon paleozoy burmali negizining bukilgan qismida joylashib, uning ustini mezozoy va kaynozoy cho`kindi jinslar g`ilofi qoplab olgan.
Binobarin, okrugda eng qadimiy jins bu paleozoy yotqiziqlari bo`lib, ular 1200-1300 m chuqurlikda joylashib, ustini so`nggi davr jinslari qoplab olgan. Paleozoy yotqiziqlari oxaktoshlardan, slanetslardan iborat bo`lib, uning ustini yura, bo`r davrining mergellari, gillari va qumtoshlari qoplagan. Yura va bo`r davr jinslarining qalinligi 500-1000 metrga etib, ustini paleogen va neogen davr jinslari qoplagan. Yura va bo`r davri jinslari faqat okrugning sharqidagi balandliklarning ba`zi joylarida ochilib qolgan, xolos. Quyi Zarafshon okrugi shu nom bilan ataluvchi daryoning quyi qismida joylashib, o‘z ichiga Buxoro va Qorako‘l vohalarini oladi.
Okrug sharqda kengligi 8 — 10 km bo‘lgan Xazar yo‘lagi orqali O‘rta Zarafshon okrugidan ajralib turadi. Okrug shimol va g‘arbdan Qizilqum okrugi, janubi g‘arbdan Sandiqli qumligi orqali Turkmaniston Respublikasi, sharqdan Qashqadaryo okrugi bilan chegaralanadi. Bu yerda chegara Azkamar, Quyimozor, Jarqoq balandliklari orqali o‘tadi. Quyi Zarafshon okrugining suv manbayi Amudaryo va Zarafshon hisoblanadi. Okrug hududida Zarafshon daryosining suvlari Shofirkon, Vobkent, Romitan, Shohrud va boshqa magistral kanallar orqali sug‘orishga sarflanib, tabiiy o‘zandan faqat sizot suvlari oqadi, xolos. Ilgari Zarafshon suvi Quyi Zarafshon okrugidan oqib o‘tib, Amudaryoga 20 km yetmasdan qumlarga shimilib ketar edi. Quyi Zarafshon okrugi hududiga kelguncha Zarafshon daryosining suvi O‘rta Zarafshon okrugida ishlatilishi tufayli Buxoro va Qorako‘l vohasiga suvi to‘la yetib kelmaydi. Shu sababli yerlarni sug‘orishni yaxshilash, aholini suv bilan ta’minlash maqsadida uzunligi 268 km bo‘lgan Amu-Buxoro magistral kanali qurildi. Amu-Buxoro kanalidan keladigan suvdan sug‘orishda foydalanishdan tashqari To‘dako‘l va Quyimozor suv omborlari ham to‘ldirilib turibdi. Buxoro va Qorako‘l vohasida vujudga kelgan zovur suvlarini sug‘oriladigan hududdan chetga chiqarib tashlash oqibatida Sho‘rko‘l, Qorako‘l, Parsanko‘l, Moxonko‘l, Qoraqir kabi ko‘llar vujudga keldi. Quyi Zarafshon okrugida yerosti suvlari relyefga bog‘liq holda hudud bo‘yicha bir xil joylashgan emas. Okrug sharqidagi balandroq bo‘lgan yerlarning grunt suvlari nisbatan chuchuk va yaxshi siljiydi.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin