Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 398,07 Kb.
səhifə31/90
tarix31.07.2023
ölçüsü398,07 Kb.
#138099
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90
Genetika akadem ik litsey o ‘quvchilari uchun darslik-www.hozir.org

Biologik modellashtirish
usulini qo‘llashda N. I. Vavilov qonuni
nazariy asos hisoblanadi. Irsiy kasalliklarning nasldan naslga o‘tishi
qonuniyatlari avval hayvonlarda o‘rganilib, keyin tibbiyotga tatbiq
etiladi.
19-§. Irsiy o ‘zgaruvchanlikning gomologik qatori
Bu qonun buyuk rus olimi mashhur genetik N. I. Vavilov
tomonidan 1920-yilda kashf qilingan. Har xil o‘simliklar turlari va
avlodlarida belgilar o ‘zgaruvchanligini o ‘rganish jarayonida
N. I. Vavilov o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori mavjudligini
aniqlab, o ‘z qonunini shunday ifodaladi:
irsiy jihatdan yaqin
b o ‘lgan hamma turlar va avlodlar irsiy o ‘zgaruvchanlikning o ‘xshash
qatorlari mavjudligi bilan xarakterlanadi.
M a’lum turdagi o‘zgaruvchanlikni aniqlab, unga yaqin turlar-
da va avlodlarda shunday o ‘zgaruvchanlik shakli mavjudligini
oldindan bashorat qilish mumkin.
Qonun o‘simliklarda aniqlangan bo ‘lsa ham N. I. Vavilov uni
hayvonlarda ham qo‘llash mumkinligini takidlagan edi.
Gomologik qatorlar qonunning nazariy asosi turlarining tabiiy
tanlash natijasida divergensiya yo‘li bilan kelib chiqqanligi to ‘g‘risi-
da dunyoqarashdir. Umumiy ajdodlar m a’lum genotipga ega
bo ‘lgani uchun ularning avlodlarida ham asosan shunday genotip­
ga ega ekanligini tushunish qiyin emas. Bir xil genlarning o ‘zgaruv-
chanligi yaqin turlar va avlodlarda ham bir xil bo‘lishi mumkinli-
gini tasavvur qilish mumkin.



72
Genetika


N.I. Vavilov qonuni seleksiyaning solishtirma genetikaning na-
zariy asosi bo‘lib turlar xilma-xilligini tushunishga yordam beradi.
Bu qonun odamlarda va hayvonlarda uchraydigan irsiy kasal-
liklarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Odamlarda uchraydigan
irsiy kasalliklarning oldini olish, davolash muammolarini hayvon­
larda o ‘tkaziladigan tadqiqotlarsiz yechish mumkin emas. Odam­
larda mutatsiyalar natijasida kelib chiqadigan irsiy kasalliklarni
(masalan, gemofiliya, albinizm, epilepsiya, ko‘z kasalliklari, diabet
va boshqalar) sutemizuvchilarning ko‘p turlarida uchratish
mumkin. Shuning uchun bu mutatsiyalar odam irsiy kasalliklarini
o‘rganishda model sifatida foydalaniladi. Quyidagi rasmlarda
albinizm va semirish kasalligining hayvonlarda ham uchrashi
ko‘rsatilgan

Yüklə 398,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin