Genealogiya va egizaklar usullarining biz bilmagan jihatlari



Yüklə 49,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix22.12.2023
ölçüsü49,47 Kb.
#190203
1   2   3   4
Djumaniyozova Yulduzxan Kerimboyevna


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
118 
4. Ayollarga va erkaklarda bir xil chastotada uchraydi.
5. Irsiylanishga penetrantlik va ekspressivlik ta’sir qilishi mumkin.
6. Kasal ota yoki onadan sog‘lom bola tug‘ulishi mumkin.
7. Sog‘ geterozigotalardan 25% kasal bolalar tug‘ulishi mumkin.
III. X — xromosomaga birikkan dominant irsiylanish (X —D). Misollar: Qandsiz diabet, 
D vitamini bilan davolanmaydigan raxit, 2 — kurak tishi yo‘qligi, tish emali qo‘ng‘ir bo‘lishi 
va boshqalar.
VI. Sitoplazmatik irsiylanish — mitoxondriya, xloroplastlar va plazmida genlariga 
bog‘liq. Misollar: odamlarda ko‘rish nervi atrofiyasi, mitoxondrial sitopatiya va boshqalar. 
Faqat onadan farzandlarga o‘tadi (o‘g‘illariga ham, qizlariga ham). Egizaklar usuli. Eng 
qadimgi irsiy tekshirish usullaridan biri bo‘lib, hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Egizaklar monozigotali (bir tuxumli) yoki dizigotali (ikki tuxumli) bo‘lishi mumkin.
Monozigotali egizaklar bir xil genotipga ega bo‘ladilar, dizigotalilar genotipida esa 
o‘rta hisobda 50% genlar o‘xshash bo‘ladi, ularning o‘xshashligi aka-ukalar, opa-singillarga 
o‘xshaydi. Egizaklar usulidan: 1. Belgining rivojlanshida irsiyat va muhitning rolini 
aniqlashda; 2. Belgining irsiy yoki irsiylanmasligini o‘rganishda; 3. Belgining penetrantligini 
aniqlashda; 4. Dori preparatlarining samaradorligini aniqlashda foydalaniladi. Egizaklar 
usulini qo‘llashdan oldin ularning mono yoki dizigotaligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi 
tekshirishlardan o‘tkaziladi: 1. Morfologik va fiziologik belgilarni solishtirish. Buning uchun 
konkordantlik va diskordantlik tushunchalari keng qo‘llaniladi. Agar belgi egizaklarning har 
ikkalasida uchrasa konkordantlik, egizaklarning faqat bittasida uchrasa diskordantlik 
deyiladi. Konkordantlik qancha yuqori bo‘lsa, belgining rivojlanishida irsiyatning ahamiyati 
shuncha yuqori bo‘ladi. Konkordantlik va diskordantlik ko‘rsatkichlari qanchalik bir-biriga 
yaqin bo‘lsa, bu belgining rivojlanishida muhitning ahamiyati shunchalik katta bo‘ladi 
(masalan, yuqumli kasalliklar).
2. Immunogenetika usuli — eritrotsitlar antigenlarini (IA, IB, M, N, Rh), qon zardobi 
oqsillarini, HLA antigenlarini aniqlashga asoslangan.
3. Dermatoglifika tekshirishlari.
4. Feniltiokarbamidga sezuvchanligini aniqlash.
5. Teri transplantatsiyasi — eng ishonchli usul.
Egizaklar usuli yordamida hatto yuqumli kasalliklarda (ko‘kyo‘tal, sil) tashqi muhit 
omillari (infeksiya) ta’siri aniq bo‘lganda ham kasalliklar patogenezida ozgina bo‘lsa ham 
irsiyatning roli borligini anglash qiyin emas. Chuqur solishtirish natijalarini puxta o‘rganish 
shu narsani ko‘rsatadiki faqat kasallikning o‘zi o‘xshash bo‘libgina qolmasdan ularning klinik 
ko‘rinishlarida va kechishida ham o‘xshashlik kuzatiladi. Shuning uchun ham egizaklar 
usulida multifaktorial kasalliklarga irsiy moyillikni o‘rganishda keng foydalanish mumkin. 
Pedagoglar va pediatr shifokorlar egizaklar usuli yordamida muhit va irsiyatning intellekt
ruhiy qobiliyatlarni rivojlanishidagi rolini aniqlash mumkinligini unutmasliklari kerak.
Bolaning tabiiy tug‘ma qobiliyatlari faqat muhitning ma’lum sharoitlari mavjud 
bo‘lgandagina yuzaga chiqishi mumkin. Shuningdek, eng qulay muhit sharoitlari bo‘lganida 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 49,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin