Gallus 340 rulonli fleksografik bosma uskunasi



Yüklə 13,89 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü13,89 Kb.
#185090
USKUNA 6


GALLUS 340 RULONLI FLEKSOGRAFIK BOSMA USKUNASI
Gallus 340 ‐ bo‘yoq apparatini tezkor almashtirish tizimi («QC» ‐ quick change inking system) bilan jihozlangan ilk tor rulonli fleksografik bosma uskunalaridan biri hisoblanadi (1-rasm).
Gallus 340 uskunasi modulli texnologiya bo‘yicha to‘zilgan bo‘lib, buyurtmachilarning ehtiyojlariga bog‘liq holda zaruriy konfiguratsiyani tanlashga imkon beradi. Modulli tuzilish o‘rnatib ishga tushirilgan tizimni osonlik bilan zamonaviylashtirishga imkon beradi: qo‘shimcha seksiyalar ishlab chiqarish ehtiyojlarining oshib borishi barobarida qo‘shib borilishi mumkin .

1-rasm. Gallus 340 fleksografik bosma uskunasining umumiy ko‘rinishi

Gallus 340 uskunasi qo‘shimcha o‘yish, perforatsiyalash, o‘rash, varaqlarga qirqish, buklash, folga pripressovka qilish, laminatsiyalash va tayyor mahsulotni konveyerga joylash modullariga ega bo‘lgan 12 tagacha bosma seksiyasi bilan jihozlanishi mumkin (2-rasm).


Bu uskuna narxning yuqori bo‘lmagan darajasini sifatning oliy darajasi va Mark Andy firmasinig yetakchi texnologiyalari bilan uyg‘unlashtiruvchi eng universal modellardan biri hisoblanadi.
Gallus 340 seriyasidagi uskunalar polimer plyonkalardan boshlab to engilroq kartonlargacha bo‘lgan keng spektrdagi materiallarda yuqori liniaturali to‘liq rangli bosmani amalga oshirishga imkon beradi. Uskuna folgada a’lo darajada bosishga imkon beradi, rulonning eni 430 mm bo‘lgan Gallus 340 modeli esa sigareta qutilarida bosish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Qo‘shimcha bosish, o‘yish, qaynoq qisish va laminatsiya qilish eni rulonning maksimal eni bilan mos tushadi, bu unumdorlikning maksimal bo‘lishini va chiqindilarning minimal bo‘lishini ta’minlaydi.

2-rasm. Uskuna seksiyalariga hizmat ko‘rsatish

Barcha elementlarni tayyorlashning to‘liq kompyuterlashtirilgan jarayoni ularning yuqori aniqlikda bir-biriga moslashishiga erishishga imkon beradi.



3-rasm. Gallus 340 fleksografik bosma uskunasining umumiy shakli

1-jadval


Gallus 340 fleksografik bosma uskunalarining texnik tavsifnomalari

Matoning maksimal eni, mm

260,340,440

Bosishning maksimal eni, mm

254, 330, 432

Bosma seksiyalarining maksimal soni

12

Takrorlanishning maksimal qadami, mm

178

Takrorlanishning minimal qadami, mm

610

Yoyishda rulonning maksimal diametri, mm

1016

O‘rashda rulonning maksimal diametri, mm

1016

Bosishning maksimal tezligi, m/daqiqa

154 (L, XL), 230 (Servo)

Bosiluvchi monoplyonkalarning maksimal qalinligi, mkm

20-25

Yüklə 13,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin