205
Harakat birliklari
– motoneyron va u idora qiladigan muskul tolalari guruhi.
Harakat markazlari
– miya yarim sharlar pо‗stloq qismida joylashgan va harakat
faoliyatini boshqarilishini ta‘minlaydigan markazlar.
Harakat reaksiyalari
– retseptor yuzalarining qitiqlanishi natijasida afferent nerv
tolalari orqali yuboriladigan impulslarga javoban orqa miya va bosh miyadagi maxsus
harakat markazlaridan keladigan efferent impulslar effekti. U alohida olingan
organlarda yoki butun bir organizmda sodir bо‗lishi mumkin.
Harorat adaptatsiyasi
– teri yuzasidagi sovuq va issiq haroratni sezuvchi
retseptorlar sezgirligining pasayishi. Bunday holat odatda ma‘lum bir haroratga ega
bо‗lgan narsaning teri yuzasiga davomli ta‘sir etishi natijasida yuzaga keladi.
Hid bilish
– hid bilish analizatorida joylashgan maxsus retseptorlar orqali tashqi
muhitdagi gaz holdagi kimyoviy moddalarni sezish.
Dostları ilə paylaş: