88
sohaga elektr toki ta‘sir ettirilganda bosim, tegish yoki issiq seziladi. Somatosensor
sohalar olib tashlanganida sezgilarni shakllaydigan ta‘sirotlar kuchidagi farq deyarli
bilinmaydi. Somatosensor sohalarning asosiy vazifasi
talamusning spesifik
yadrolaridan keladigan ma‘lumotlarni baholash va birlashtirishdan iborat. Bu yerda
shakllanayotgan sezgilar kuchini solishtirish badanning ta‘sirlanayotgan
qismlarini
fazodagi munosabatini aniqlash, sezgilarning o‗xshashligi
va farqlarini baholashdan
iborat.
Birinchi va ikkinchi somatosensor sohalardan harakatlantiruvchi efferent tolalar
chiqqanligi sababli, ularni
sensomotor sohalar
ham deb ataladi.
Ko‗ruv analizatorining o‗zagi miyaning ensa qismida joylashgan. Har ikki yarim
shardagi ko‗ruv analizatorining markazida ikkala ko‗z to‗r pardasi, ya‘ni chap
markazga ikkala ko‗z to‗r pardasining chap yarmi proeksiyalanadi. Birlamchi ko‗ruv
markazi bo‗lgan 17-maydon yonidagi 18- va 19-maydonlar ham ko‗ruv sezgisiga
daxldor. Odam yozilgan so‗zni 18- va 19-maydonlar shikastlanganida anglamaydi.
Bu sohalar ko‗z soqqasi harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi.
Eshituv analizatorining markaziy o‗zagi ustki chakka pushtasining o‗rtasida
joylashgan (41- va 42-maydonlar). Bu sohalarga elektr toki ta‘sir
etilganda odam
tovushni sezadi. Eshituv markazining bir tomoni shikastlansa odam bo‗tunlay kar
bo‗lmaydi, ammo yaxshi eshitmaydigan bo‗lib qoladi. Tovush kelgan tomonni
aniqlash va tovushlarni vaqtga bog‗lash qiyinlashadi.
Chap yarim shardagi eshituv markazning ma‘lum
qismi nutqni tushunishga
yordam beradi. Bu yer shikastlansa, odam gapira olmaydi va tushunmaydi. Miya
po‗stlog‗ida hid va ta‘m bilish analizatorlarining markazlari joylashgan.
Dostları ilə paylaş: