78
talamus usti soha va metatalamus – talamus orti soha.
Talamus
– yirik hosila bo‗lib, unga barcha afferent yo‗llardan va bosh
miyaning turli tuzilmalaridan (miyacha, katta yarim sharlar po‗stlog‗i, targ‗il tana)
impulslar keladi. Talamusning yadrolarida ushbu impulslarning
qayta taqsimlanishi
va yaqindan o‗zaro hamkorligi, po‗stloqosti darajasida integrasiyasi sodir bo‗ladi. Bu,
signallarni katta yarim sharlar po‗stlog‗i darajasida yakuniy tahlili va sintezlanishi
uchun ahamiyatga ega. Evolyusion rivojlanish jarayonida talamusning dorsal qismi
boshqa sohalar bilan taqqoslaganda ancha rivojlanishga uchraydi. Yuksak
hayvonlarning talamusi ko‗p sonli yadrolardan tarkib topgan bo‗lib, ularning bir
qismini kelib chiqishi qadimiy va rivojlanishning
turli darajalarida turgan
hayvonlarda deyarli bir xildir. Talamusning ayrim yadrolari evolyusiya davrida
progressiv ko‗paygan, tuban hayvonlarda o‗z analoglariga ega emas va shundan kelib
chiqqan holda, periferik reseptorli hosilalar va bosh miya tuzilmalarini
murakkablashuvi natijasida rivojlangan talamik strukturalar hisoblanadi.
Talamusning funksional ahamiyati juda katta. Unda afferent yo‗llar qayta
ulanadi: orqa yadroda ko‗ruv trakti (po‗stloqosti ko‗ruv markazi, talamusning
assosiativ yadrosi) tolalarining bir qismi tugaydi; oldingi yadrolarida – talamusni hid
bilish sohasi bilan bog‗lovchi tutam; va oxirida qolgan
yadrolarda markaziy asab
tizimining pastdagi bo‗limlaridan chiquvchi barcha qolgan afferent sezuvchi yo‗llari
tugaydi. Shunday qilib, talamus deyarli barcha turdagi sezuvchanlikning po‗stloqosti
markazi hisoblanadi. Bu yerdan, sezuvchi yo‗llarning bir qismi po‗stloqosti
yadrolarga boradi (buning oqibatida talamus ekstrapiramida tizimning sezuvchan
markazi hisoblanadi), bir qismi esa – bevosita po‗stloqqa boradi.
Epitalamus.
Embriogenez jarayonida oldingi miya orqa tomonining
to‗plamidan (epitalamusdan) epifiz (shishsimon bez) rivojlangan. Tuban
umurtqalilarda,
masalan minogada, ikkita analogik struktura rivojlanishi mumkin.
Miyaning o‗ng tomonida joylashgan bittasining nomi pineal, chap tomondagi
ikkinchisiniki – parapineal bez deyiladi. Pineal bez barcha umurtqalilarda mavjud
(timsohlar va ayrim sut emizuvchilardan tashqari). Voyaga yetgan struktura
79
ko‗rinishidagi parapineal bez ayrim guruh umurtqalilarda (minoga,
kaltakesak,
baqalarda) mavjud.
Pineal va parapineal bezlar yorug‗likni qabul qiluvchi a‘zo yoki ―uchinchi
ko‗z‖ sifatida funksiya qilgan joyda ular ko‗rayotgan obrazlarni emas, balki faqat
turli darajadagi yorug‗likni farqlash qobiliyatiga ega. Bunday a‘zo sifatida, ular xulq-
atvorning ayrim shakllarini aniqlashi mumkin, masalan, kun va tunnning almashishi
bilan bog‗liq bo‗lgan chuqur suv qatlamida yashaydigan baliqlarning vertikal
migrasiyasini.
Suvda va quruqlikda yashovchilarda pineal bez sekretor funksiyani bajaradi. U,
melatonin gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon, melanoforalarda (pigmetli
hujayralarda) pigmentlar egallab
turgan maydonni kamaytirib, ushbu hayvonning
terisini oqartiradi. Melatonin qushlar va sut emizuvchilarda ham topilgan bo‗lib, u
tormozlovchi samara, xususan gipofiz gormonlari sekresiyasini pasaytiradi, deb
hisoblanadi. Bundan tashqari, asab impulslariga gormonlar ishlab chiqarish bilan
javob beradigan neyroendokrin qayta o‗zgartiruvchi rolini o‗ynaydi.
Metatalamus.
Talamusning orqasida ikkita uncha katta bo‗lmagan do‗ngliklar
- tizzasimon tanalar mavjud.
Hajmi kichkina, lekin ancha aniq ifodalangan medial
tizzasimon tana talamus yostiqchasining tagida (undan aniq ko‗rinadigan pushta bilan
ajralgan holda) pastki do‗ngchaning qo‗lchasini oldida yotadi. Unda, eshituv
sitrmog‗ining tolalari tugaydi, buning oqibatida, u, o‗rta
miya tomining pastki
do‗ngchalari bilan birgalikda eshituv markazi hisoblanadi. Lateral tizzasimon tana
kattaroq. Yassi do‗ngcha ko‗rinishida bo‗lib, yostiqchaning pastki lateral tomonida
joylashadi. Unda, ko‗ruv traktining lateral qismini ko‗proq qismi tugaydi. Shu tufayli,
lateral tizzasimon tana yostiqcha va o‗rta miya tomonining yuqorigi do‗ngchalari
bilan birgalikda po‗stloqosti ko‗ruv markazi hisoblanadi. Ikkala tizzasimon tananing
yadrolari markaziy yo‗llar orqali mos ravishdagi analizatorlarning po‗stloq oxirlari
bilan bog‗langan
Dostları ilə paylaş: