25
chuvalchanglarda asab tizimining istalgan qismi olib tashlansa, hayvon o‗lmaydi,
lekin bo‗g‗imoyoqlilarda birorta gangliy yo‗qotilsa ham u nobud bo‗ladi.
Umurtqasizlar orasida mollyuskalar alohida o‗rin egallaydi. Ularning asab tizimi
juda xilma-xil. Eng sodda va kam harakatchan shakllarining asab tizimi yassi
chuvalchanglarnikiga o‗xshash. Qorinoyoqlilarda qizilo‗ngach
atrofida to‗plangan va
bir-biri bilan komissurlar bilan birikadigan 4 juft bosh tugunlari mavjuddir. Bundan
tashqari tananing o‗qi bo‗ylab joylashgan gangliylar ham bor.
Aksariyat qismi yirtqich hisoblangan va harakatchan hayot tarzini kechiradigan
boshoyoqlilarning asab tizimi ancha murakkabroq tuzilgan. Masalan, osminogning
qizilo‗ngachi atrofida joylashgan bosh gangliylari bosh miyani hosil qilib qo‗shiladi.
Bu bosh miyada turli a‘zolarning vazifalarini nazorat qiladigan ixtisoslashgan
bo‗limlar bor (8-rasm). Mollyuskalarning ushbu guruhida eng
,
Dostları ilə paylaş: