Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 72,89 Kb.
səhifə5/8
tarix27.12.2023
ölçüsü72,89 Kb.
#198695
1   2   3   4   5   6   7   8
Axborotni izlash

Axborotni sifatli ishlab chiqishni ta’minlash uchun diqqat va fikrni bir yerga to’plash zarur. Ishlab chiqish jarayonida turli asab qo’zg’atuvchilar (shovqin, gaplashishlar, xususiy fikrlar va b.)ni bartaraf etish zarur, chunki bular e’tiborni chalg’itadi va tezda toliqishga olib keladi. axborot ustida muvaffaqiyatli ishlashning muhim omili bo’lib mehnatning mustaqilligi hisoblanadi.
Adabiyotlarni o’rganishda qat’iyat va muntazamlik ancha muhim shartlardan hisoblanadi. Ayniqsa bu narsa murakkab va qiyin yangi matnni o’qishda zarurdir. Materialni to’liq tushunishga erishish uchun o’qish va qayta o’qishga to’g’ri keladi.
Axborotni ishlab chiqish samaradorligi aqliy ishlay olish qobiliyatiga bog’liq. Uning oshishi uchun to’g’ri ish tartibi muhim shart hisoblanadi. 12 soatlik aqliy mehnatdan so’ng 57 minut tanaffus qilish, jismoniy mashqularni bajarish, chuqur, kuchli nafas olish va boshqalarni bajarish tavsiya etiladi. Bu markaziy nerv sistemasini rag’batlantiradi va ishlash qobiliyatini oshiradi. ilmiy axborotni ishlab chiqishda ko’chirma, annotasiya, konspektlar qo’llaniladi.
Ko’chirma - axborot ayrim qismlarining qisqa (yoki to’liq) mazmuni. Ularning qimmati juda yuqori, chunki ular kichik hajmda ko’pgina axborot to’plashga imkon beradi va keyingi ijodiy ish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Annotasiya - birinchi manba axborotsining qisqacha mazmuni. Ular yordamida matnni xotirada tezda tiklash mumkin bo’ladi. Konspekt - u yoki bu birinchi manbaadagi axborotning mazmunini to’liq bayoni. U mazmunga ko’ra to’liq hamda hajmga ko’ra iloji boricha qisqa bo’lishi kerak. Konspektni o’z so’zlari bilan tuzish kerak, bu o’qilganni anglash va tahlil etishni talab qiladi va shu bilan ijodiy ishga katta foyda keltiradi.

















Ilmiy axborotni o’rganish va unga ishlov berish


Ishlanayotgan axborotni eslab qolishning turli usullari mavjud:
Mexanik
Mazmuniy
Ixtiyoriy
G’ayriixtiyoriy
Mexanik usul o’qilganni ko’plab takrorlash va qayta o’qishga asoslangan. Mazkur holda eslab qolinayotgan axborot ayrim unsurlari o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlik bo’lmaydi. Shuning uchun u kam samarali va asosan sana, formula, sitata, chet so’zlar va h.k.larni eslab qolish uchun qo’llanadi.
Ma’noviy usul ishlanayotgan axborot ayrim unsurlari o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni eslab qolishga asoslangan. O’qishda ayrim unsurlarnigina emas, balki yaxlit matnni, uning mazmuni va ahamiyatini tushunish zarur. Eslab qolishning bu usuli mantiqiy - ma’noviy hisoblanadi, buning natijasida u mexanik usuldan ko’p marta samaraliroqdir.
Ixtiyoriy usulda eslab qolish turli assosiasiya qonunlari bilan bog’liq bo’lgan mnemonik yo’llarga asoslanadi.
Gayri-ixtiyoriy usul o’qish jarayonida hissiyotga ko’ra yuzaga kelgan emosiya bilan bog’liq matnning u yoki bu parchasini tasodifan eslab qolishga asoslangan.
Shuni ta’kidlash joizki, ishlanayotgan axborotni eslab qolishning universal usuli yo’q. Amalda, ko’pincha, usullar majmuvdan axborotning u yoki bu qismi tavsifiga bog’liq holda foydalaniladi. Ishlanayotgan axborotni tahlil tadqiqotning muhim vazifalaridan biri.
Tahlil jarayonida ham axborot manbaini, ham ulardagi axborotni tasniflash va sistemalashtirish zarur. Manbalarni ikki xil sistemalashtirish mumkin: xronologik tartibda va mavzu bo’yicha. Birinchi holda barcha axborot mavzu bo’yicha ilmiy bosqichga ko’ra sistemalashtiriladi, bular uchun sifat sakrashlari xosdir. Keyin har bir bosqichda tegishli manbalar (bosqichlar) e’tibor bilan tanqidiy tahlil qilinadi. Buning uchun yuqori darajada erudisiya va bilimga ega bo’lish zarurdir.
Ikkinchi holda (mavzuli taxlil) da axborotning butun hajmi ishlab chiqilayotgan mavzu masalalari bo’yicha sistemalashtiriladi. Bunda katta e’tibor ilmiy axborot so’nggi nashrga qaratiladi, ularda mazkur masala tadqiqoti yakuni keltirilgan bo’lishi mumkin. Keyinchalik tanlov asosida alohida qiziqish tug’dirgan boshqa manbalar taxlil etiladi.

Yüklə 72,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin