Formation of psychology and pedagogy as interdisciplinary sciences


Qavatdagi seliklarni majburiy qulatib kombinatsiyalashtirib qazib olish tizimi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.07.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#137191
1   2   3
Rajabov Shahboz Xolmamat o‘g‘li

Qavatdagi seliklarni majburiy qulatib kombinatsiyalashtirib qazib olish tizimi 
1.2-yuk tashiladigan shtreklar 3-burg‘ulash kamerasi 
 


“FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS
INTERDISCIPLINARY SCIENCES” 
[18] 
Ikkinchi sxemaga asosan seliklarni qazib olish ikki bosqichda davom etadi.
Bu tizim “Malmberget” rudnigida qabul qilingan. Avval kameralardan rudalar chiqarib 
olinadi keyin kameralararo selik qulatiladi. Qolgan seliklar kameralardan qulatilgan rudalar 
to„liq chiqarib olgunga qadar shiftni ushlab turish uchun qoldiriladi. Shiftdagi va 
kameralararo selikni qulatish ikki boskichda amalga oshiriladi. Qazib olishning bunday 
tartibi rudani asosiy qismini sifatsizlanishsiz qazib olishga imkon beradi, lekin birinchi 
bosqichga qaraganda rudaning va yondosh jinslarning turg„unligi kattaroq bo„lishi talab 
etiladi. 
Rudnikda ikkilamchi maydalash gorizontini qo„llanilmaydi shuning uchun yuqori 
quvvatli pnevmatik boshqariladigan zatvorli lyuklardan chiqarib olinadi yoki diametri 3 m 
bo„lgan tirqish orqali asosiy yuk tashuvchi shtrekning tagiga tushiriladi. U joydan 
vagonetikalarga cho„michli yuklovchi mashinalar bilan maxsus qayta yuklovchi konveyerda 
yuklaydi. Foydali qazilamalarning asosan qalin va o„ta qalin ruda tanasini qazib olishda
magazinlab qazish tizimi kam qo„llaniladi. Shuning uchun bu tizim ruda tanasi tikka yaqin
joylashib qalinligi 0,5-5 m bo„lgan sharoitda keng ko„lamda qo„llaniladi. Umumiy holatini 
olib qaraydigan bo„lsak magazinlab qazib olish tizimida o„ziga hos afzallik holatlari ham 
mavjud. 
Foydali qazilmalarni burg„ilash sterjenlar yordamida tog„ri blok kazirator ya‟niy 
yuqori tomoni yumshatiladi, keyinchalik massiv holati bo„yicha shtreklar o„tilib to„g„ridan 
to„g„ri shpurlar o„tilib yuqori tomoni portlatilib qazilmani qazib olinadi. 
Magazinlab qazish tizimi ruda va aralashma jinslar mustahkam, turg„un bo„lgan 
holatlarda qo„laniladi. Qo„porilgan ruda zichlashib qolmasligi, oksidlanmasligi va o„z-
o„zidan yonmasligi kerak. Ruda tanasining og„ish burchagi 55-60° dan kam bo„lmasligi 
shart. Bu tizim tikka yaqin burchak bilan joylashgan, qalinligi 0,5 m dan 5 m gacha bo„lgan, 
tomirli ruda konlarini qazib olishda keng qo„llaniladi. Rudaning qiymati faqat variantlarni 
tanlashga ta‟sir etadi: Qimmatbaho rudalarni qazib olishda ularni yo„qotilish miqdorini 
kamaytirish uchun qavatlar va bloklar aro saqlovchi butunliklar tirgak mustahkamlagichlar 
bilan almashtiriladi. MDH davlatlarida asosan tomirli konlarni qazib olishda, magazinlab 
qazib olish tizimidan foydalanish 50% ni tashkil etadi. Bu tizim, tomirli konlarni qazib 
olishda AQSH, Kanada, Xitoy xalq respublikasi, Germaniya, Bolgariya va boshqa 
mamlakatlarda ham keng tarqalgan qazib olish tizimlaridan biridir. 
Texnika xavfsizligini ta‟minlash uchun asosiy chora tadbirlar o„z vaqtida shift va yon 
devorlardagi jinslarning ko„chgan bo„laklardan tozalash va magazinlangan rudada bo„shliq 
hosil bo„lish ehtimolli haqida ogohlantirishdir. Shiftda ko„chib turgan jinslarni xavfsiz 
ko„chirib tushurish uchun shiftdan ruda uyimi yuzasigacha bo„lgan masofa 2,5 m yuqori 
bo„lmasligi kerak. Shift jinslarning turg„unligini taminlash uchun kavjoy shiftiga 
gumbazsimon shakl berish kerak. Rudani magazindan chiqrish vaqtida ishchilarning 
xavsizligi ta‟minlangan bo„lishi shart. Burg„ulovchilarning kavjoyda harakatlanishi va 
ishlash jarayonida bevosita qo„porilgan ruda ustiga solingan yog„och to„shama ustida 
harakatlanish kerak. Bu jarayon ishchilarning ruda orasidagi bo„shliqlarning o„pirilish 


“FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS
INTERDISCIPLINARY SCIENCES” 
[19] 
xavfidan saqlaydi. Rudani blokdan chiqarish jarayonida uning yuzasini nazorat qilish 
rudani osilib qolgan joyni aniqlashga imkon beradi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin