oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda
optimallashtirish;
ta‟lim jarayonini, oliy ta‟limning o„quv reja va dasturlarini yangi pedagogik
texnologiyalar va o„qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta‟lim
jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida
yanada takomillashtirish;
yangi avlod o„quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta‟lim muassasalarining
ta‟lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta‟lim muassasalarini zamonaviy o„quv, o„quv-
metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta‟minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy
adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam
yangilab borish;
pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish,
xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o„tkazish,
oliy ta‟lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo„yicha
o„qitish, oliy ta‟lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari
o„quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o„qituvchi va mutaxassislarni keng
jalb qilish;
oliy ta‟lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta‟limda ilm-fanni
yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish,
oliy ta‟lim muassasalari professor-o„qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati
samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan
shug„ullanishga keng jalb etish;
Dostları ilə paylaş: