Fizika fanidan texnika xavfsizlik daftari


O’quvchilar uchun namoyish qilinadigan tajribalarni ko’rsatishda, laboratoriya



Yüklə 267,28 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü267,28 Kb.
#192393
1   2   3   4   5   6
labarant xujjat

O’quvchilar uchun namoyish qilinadigan tajribalarni ko’rsatishda, laboratoriya
ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalari


Umumiy qoidalar

1.Maktab rahbarlari va fan o’qituvchilari ayrim asbob qurilmalari, materiallari, shuningdek fanni


o’qitilishida qo’llaniladigan energiya manbaalari bilan noto’g’ri yoki ehtiyotsiz muomala qilingan
o’quvchilar sog’ligiga zarar yetishi mumkinligini doim esda tutish kerak.
Tartibsizlik, diqqatsizlik, asboblar bilan yaxshi ishlashni bilmasa, texnika xavfsizligini
bilmaslik baxtsiz xodisalarga sabab bo’’lishi mumkin.Shunday hodisa bo’lmasligi uchun har
bir namoyish qilinadigan tajribalar, laboratoriya mashg’ulotlari xavfsizlik nuqtai nazaridan
o’qituvchi tomonidan sinchiklab o’ylab ko’rilgan bo’lishi kerak, tajribalarni o’tkazishda esa,
o`qituvchi texnika xavfsizligi qoidalariga to’la rioya qilishi, o’rnak ko’rsatmog’i kerak.
2.Oquvchilar exsperiment bajarishlari oldindan o’qituvchi bo’lishi mumkin bo’lgan baxtsiz
hodisalarning oldini olish uchun tajribani o’tkazish tartibi hamda ko’rsatma berishi kerak.
Texnika xavfsizligi qoidalariga to’la rioya qilish javobgarligi o’quvchilar bilan mashg’ulot olib
borayotgan o’qituvchi zimmasida bo’ladi.
3. Amaliyot ishlariga har tomonlama shifokor ko’rigidan o’tgan va texnika xavfsizligi qoidalarini
yaxshi o’zlashtirib olgan o’quvchilargina qo’yiladi. Fan xonasi (laboratoriya)da amaliy
mashg’ulotlar faqat fan o’qituvchisining va laborantning yoki to’garak rahbarining borligida,
ularning rahbarligida va texnika xavfsizlik qoidalariga to’liq mos kelgan holda o’quvchilarning
harakatini, ishlarini bajarishini doim kuzatgan holda o’tkaziladi.
4. Tajribalarni o’tkazish va namoyish etish uchun maxsus tagliklar kerak bo’ladi. Ular o’rniga
tasodifiy narsalardan (darslik, daftar va boshqalar) foydalanish mumkin emas.
5. Tajriba o’tkazish vaqtida tajribalar ko’rsatiladigan stol ustida hech qachon boshqa narsalar
bo’lmasligi kerak.
6 .Laboratoriya ishlari yoki tajribalar o’tkazishda singan yoki dars ketgan shisha idishlardan
foydalanish mumkin emas. Shisha idishlarga havo damlash yoki so’rib olish, shuningdek qizitish
bilan ularda bosimno orttirish bilan bog’liq bo’lgan tajribalarning hammasida albatta, himoya
g’ilofi yoki organic shishali ekranlar va himoya ko’zoynagi yoki niqobdan foydalanish kerak.
7. Markazdan qochma mashinada, universal electron dvigatelda, aylanuvchi doirada aylanish uchun
qo’llaniladigan asboblarning mahkamlanish joylarini yaxshi mustahkamligini doimo tekshirib
ko’rish kerak.Tajribalarni namoyish qilish vaqtida ushbu asboblar uchun ruxsat etilgan aylana
tezligidan katta tezlikda aylantirmaslik kerak. Baxtsiz hodasalsrni oldini olish uchun tajribalarni
korsatiladigan barcha asboblarni shunday joylashtirish kerakki, tajriba vaqtida o’quvchilar
tomoniga otilib chiqqan detallar ularga tegmasligi kerak. Buning uchun organic shishali mudofaa
ekranidan foydalanish kerak.
8. Po’lat plotnoda yoki ipga osilgan yukning tebranishini namoyish etishda yuk chiqib ketmasligi
uchun uni ishonchli qilib o’rnatish kerak. Shu sababga ko’ra o’tkir rezonans hosil qilishga
intilmaslik lozim,jismlarning erkin tushishini namoyish qilishda polga qumli qopcha qo’yish
9. Kuyib qolishdan saqlanish uchun suv isitiladigan idishlarni tiqin bilan juda zich qilib berkitish
kerak emas, shisha kolbalarni maxsus tagliklarga o’rnatish kerak, issiqlik balansini hosil qilish
uchun isitilayotgan suvni 60-70 0 c dan yuqori isitish kerak emas.Ishlayotgan elektr asboblarini
hech qarovsiz qoldirish mumkin emas.
10.Tez o’t oluvchi suyuqliklar tajriba vaqtida ularni alangalantirib yuborishi mumkin bo’lgan
isitgichlardan uzoqroqda turishi kerak.
11. Yoqilg`i sifatida benzindan foydalanish butunlay man etiladi. Spirtovkani yonib turgan
spirtovkadan yondirib olish mumkin emas. Spirtovka idishda portlash yuz bermasligi uchun
undagi spirtning idish hajmini 3/2 qismidan ko’pi yonib ketmasligi kerak.

12.Tokilib yonayotgan kerosinni suv bilan o’chirish mumkin emas,uni o’chirishda o’t ochirgichdan,


qumdan asbestli matodan foydalanish kerak. Fan o’qituvchilari va maktab rahbarlari yonuvchi
gaz zaharli va portlovchi ekanligini esda tutishlari kerak. Undan noto’g’ri va ehtyotsizlik bilan
foydalanish zaharlanishga, o’t chiqishiga va portlashga olib kelishi mumkin. Alanga gorelka
ichiga kirib ketmasligiga diqqat qilib turish kerak. Agar gazning hidi sezilsa, darhol gaz
gorelkasini berkitish, gazni berishni to’xtatish, olov yoqmaslik, yoritish sistemasini va turli
elektr asboblarni yoqmaslik va o’chirmaslik, xonani shamollatish zarur.
13. Akkumulyator bilan ishlash maxsus xavf tug’diradi. Xususan ishqor yoki kislota o’quvchilar
badanining ochiq joyiga tegishi natijasida kuyishi mumkin. Akkumulyatorlarni og’ishtirish
bo’lmaydi, ularni ko’chirishda juda ehtiyot bolish kerak.
Akkumulyatorlar havosi so’rib olinadigan shkaflarda yoki havosi yaxshi almashinadigan
maxsus xonalarda saqlanishi kerak. Kislotali akkumulyatorlar ishqorlardan boshqa ayrim
holatlarda saqlanadi.
14. Simob qo’llaniladigan laboratoriya ishlarini o’tkazish taqiqlanadi. O’quvchilarni va
o’qituvchilarni Rentgen, gamma, va boshqa ionlashtiruvchi nurlanishlardan saqlash maqsadida
rentgen trubkasi, yulduzli, tegirmonchali, naylar, katod nurlarining og’ishini namoyish qiluvchi
naylar bilan qilinadigan tajribalarni o’tkazish taqiqlanadi.
15. Kuchli yorug’lik manbaalari: elektr yoyi, proyektsion apparat lampalari, stroboskop, lazer va
boshqalar o’quvchilarga yorug’lik ta’sir etmasligi kerak.
16.Fan xonasida (laboratoriyada) tibbiy dorixonaga va elektr toki zararlanganda shaxsiy muxofaza
vositalari to’plami albatta bolishi kerak, ta’kidlangan so’zlar yozilgan fan, laboratoriya muduri
tuzgan va kasaba uyushma qo’mitasining roziligi bilan maktab direktori tasdiqlagan yo’riqnoma
ko’zga ko’rinarli joyga osib qo’yilishi kerak.

Yüklə 267,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin