Xulosa.
Men ushbu ―Excel dasturini o`rgatishni avtomatlashtirilgan tizimini yaratish‖
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimni bajarish davomida ko‘plab izlanishlar olib
bordim. Excel dasturi haqida m‘lumotlar to`pladim. Uning qanday yaratilganligini,
tarixi, uning menyulari haqida ko`plab ma‘lumotlar Excel dasturini o`rgatishni
avtomatlashtirilgan tizimni yaratishda qulayliklar tug`dirdi. Excel dasturi hozirgi
kunda deyarli hamma joylarda asosiy ish quroli sifatida foydalanib kelinmoqda.
Shu to‘plagan ma‘lumotlarim asosida C++ Builder 6 dasturlash tili asosida Excel
dasturini o`rgatishni avtomatlashtirish tizimini yaratdim. Bu yaratilgan dastur
makab, kollej. akademik litseylardan tashqari har bir korxona hodimlari va Excelni
o`rganishni hohlovchilar uchun ham asosiy qo`llanma hisoblanadi.
Avtomatlashtirilgan tizimni yaratish davomida dasturlash texnologiyalari
usullari bilan chuqurroq tanishib chiqdim va o‘zim uchun yetarli malaka va
ko‘nikma hosil qildim. Excel dasturini va C++ Builder 6 yordamida shunday
tizimni yaratishga harakat qildim.
Ma‘lumotlarni kiritishni qulay va oson usuli ustida ish olib bordim hamda
C++ Builder 6 dasturidagi ma‘lumotlarni MS Excel ga eksport qilish interfeysini
yaratdim.
‖Informatika‖ fanlar ichida eng yoshi hisoblanadi. Uni yanada rivojlantirish,
kompyuter dasturlari bilan tanishish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni elektron-
hisoblash mashinalari bilan tanishtirish, ularni o‘rgatishni yangi bosqichlarini
ishlab chiqish mamlakatimizning dolzarb va asosiy mavzusiga aylangan. Maktab,
kollej, litsey, institut, universitetlarni talabga javob beradigan kompyuterlar bilan
ta‘minlash, ularga eng zamonaviy kompyuterlarni va ular bilan ishlashni o‘rgatish,
O‘zbekistonni har jabhada jahonga ko‘rsatish asosiy vazifadir. Bu O‘zbekistonda
axborot texnologiyalarining qanday rivojlanayotganligi bir kichik va oddiy
misoldir. Jahonning ko‘p davlatlari O‘zbekistonimizga boshqacha ko‘z bilan
qarashmoqda. Yosh avlodga ko‘rsatilayotgan va berilayotgan imkoniyatlar boshqa
65
davlatlarni havasini keltirmoqda. Har bir davlat rivojlanish yo‘lida ma‘lum
qiyinchiliklarga uchraydi. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Yangi
iqtisodiy munosabatlarga o‘tish davrida o‘zining texnologik imkoniyatlarini
rivojlantirish faqat zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali amalga
oshirilishini talab etiladi. O‘zbekiston ko‘p davlatlar kabi axborot texnologiyalarini
ishlab chiqishda muammolarga duch kelmoqda. Bu borada, Yevropa, Yaponiya va
AQSH
davlatlari
yetakchilik
qiladi.
Mamlakatimizning
axborot
texnologiyalaridagi eng katta muammosi, bu kompyuterlarni ishlab chiqarish
salohiyatidir. Bizda ham bosqichma-bosqich shu muammolarni yechishga astoydil
harakat qilinmoqda. Bizning olimlar bu muammolarni yechishga harakat
qilmoqdalar, lekin baribir bu jabhalarda kemtik borga o‘xshaydi. Baribir
O‘zbekistonimiz bu muammolarni asta-sekinlik bilan hal qiladi. Har bir davlatda
ham muammolar mavjud faqat o‘z milliyligini, aqlini ishlatgan davlatlar
muammolarni hal qiladi. O‘zbekistonda mustaqil bo‘lgandan so‘ng, asta sekin
rivojlanish yo‘liga o‘tdi.
Umumiy xulosa qilganda men bitiruv malakaviy ishimni yaratishda ta‘lim
olish mobaynida o‘rgangan nazariy bilimlarimni amaliyotda qo‘llashga erishdim
va bu ishlarni amalga oshirish davomida maktab, kollejlarda va Excel dasturini
o`rganuvchilar uchun Excelda ish jarayonlarini hamda dasturlash tillari
imkoniyatlarini bilish talab etilar ekan degan xulosaga kelindi.
|