“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
76
Xom ashyoni maydalash va alkaloidlarning ekstraktsiyasi
. Nishtarsimon afsonakning urug‘lari
diskli tegirmonda 1-2 mm gacha maydalanadi. Maydalangan xom ashyo diffuzorga solinib
ammiakning suvli eritmasi bilan yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish bir xil namlangan massa hosil
bo‘lguncha davom ettiriladi. Alkaloidlar ekstraktsiyasi xona haroratida dixloretan bilan olib boriladi.
Sulfatlash.
Qo‘shilgan dixloretanli ajratmalar sulfatorga quyiladi. Unga 10 % sulfat kislotali
ajratma solinadi. Massa 30 daqiqa.
Aralashtiriladi, so‘ngra bir soat tindiriladi. Yuqori qavati etarli
darajada nordon bo‘lmasa, sulfatorga 50 % li sulfat kislota eritmasidan qo‘shiladi va yana
aralashtiriladi.
Alkaloid asoslari yig’indisini olish
. Dixloretanni uchirish uchun havo purkaladi, so‘ngra 40-42
0
S
gacha qizdirilib, aralashtirib turgan holda 42% natriy ishqoridan sekin qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan
ishqorli
eritma reaktorga olinib, 50-60
0
C gacha qizdiriladi, tindiriladi, izopropil spirti qo‘shiladi.
Yarim soat aralashtiriladi, tindiriladi va izopropil spirtli ekstrakt yig‘gichga olinadi.
Suvli ekstrakt
yana reaktorga solinib, 8-10 marta yuqoridagidek ekstraktsiya qilinadi. Izopropil spirtli ekstraktlar
qo‘shilib, suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi va filtrlanadi. To‘yingan ekstrakt 60-70
0
C 1/10 nisbat
qolguncha vakuum sirkulyatsion qurilmada bug‘latiladi. So‘ngra massa rotatsion vakuum-bug‘latkich
qurilmasida 1:10 hajmgacha bug‘latiladi va vakuum-quritgichda quritiladi. Texnik asoslar yig‘indisi
olinadi.
Sitizin nitratning olinishi
. Alkaloid asoslari yig‘indisi 95% etil spirtida eritiladi, qobig‘li
qurilmaga solinadi 20-25
0
C gacha sovitiladi. So‘ngra aralashtirib turgan holda 55 % nitrat kislota
nordon reaktsiya bo‘lguncha qo‘shiladi. Bunda sitizin nitrat cho‘kmaga tushadi.
Qurilmadagi maxsulot 15-20
0
C haroratgacha sovutiladi, cho‘kmaga
tushgan sitizin nitrat
sentrifugada cho‘ktirib olinadi, spirt bilan yuviladi va havo haroratida bir sutka quritiladi.
Sitizin asosini olish
. Sitizin nitrat suvda isitilib eritiladi. Isitilgan eritmaga natriy gidrosulfat va
faollashtirilgan ko‘mir solinadi, suziladi, 18-20
0
C gacha sovutilgan filtratga 42 %
natriy ishqori
quyiladi. So‘ngra qoldiq eritmada alkaloidlar qolmaguncha 7 marta xloroform bilan ekstraktsiya olib
boriladi. Xloroformli ekstrakt suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi va aralashtirib alyuminiy oksidi,
faollashtirilgan ko‘mir va suvsiz kaliy karbonat qo‘shiladi. So‘ngra eritma filtrlanadi va kristall hosil
bo‘lguncha bug‘latiladi. Bug‘latilgan maxsulot vakuum-quritgich shkafida qizdirilmasdan quritiladi.
Texnik sitizin asosi olindi.
Sitizin fabrikatini olish.
Texnik sitizin farforli zo‘ldirli tegirmonga solinadi atseton quyiladi. 1-
1,5 soat tegirmon ishlagandan so‘ng quyuq massa hosil bo‘ladi, so‘ngra suziladi, atseton bilan yuviladi
va havoda quritiladi. Qurilmaga aseton va sitizin solib qizdiriladi. Eritmaga faollashtirilgan ko‘mir,
kaliy karbonat qo‘shib 15-20 minut qaynatiladi, filtrlanadi. Rangsizlantirilgan filtrat 3-5
0
C gacha
sovutiladi. Cho‘kmaga tushgan sitizin asosi filtrlanadi
va yana atseton bilan yuviladi, hosil bo‘lgan
sitizin fabrikati 18 soat davomida havoda quritiladi. Nishtarsimon afsonak urug‘iga nisbatan
sitizinning chiqish unumi 32,6 %.
Dostları ilə paylaş: