Fiskal siyosat


Byudjet ortikchaligini chegirib olish va byudjet kamomadini moliyalashtirish usullari



Yüklə 44,33 Kb.
səhifə7/8
tarix13.12.2023
ölçüsü44,33 Kb.
#176474
1   2   3   4   5   6   7   8
Fiskal siyosat

7. Byudjet ortikchaligini chegirib olish va byudjet kamomadini moliyalashtirish usullari.
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1. Pul-kredit emissiyasi;
2. Davlat zayomlarini chikarish;
3. Davlat byudjetiga solik tushumlarini ko`paytirish.
Davlat byudjeti kamomadi pul chikarish orkali koplanganda muomalada pul massasini ko`paytirish inflyatsiyaga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo`ladi. YA`ni, solik to`lovchilar tomonidan davlatga to`laydigan soliklar to`lovini atayin kechiktirish xollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet takchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chikaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to`lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chikaruvchilar o`z maxsulotlari narxlarini oldindan oshirib ko`yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi.
Agar davlat byudjeti takchilligi davlat zayomlarini chikarish orkali moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o`z navbatida foiz stavkasini ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Okibatda investitsiya xarajatlari,sof eksport xajmi va kisman iste`mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida sikib chikarish samarasi ro`y beradi va u fiskal siyosatning ragbatlantiruvchi samarasini zaiflashtirib ko`yadi.
Byudjet takchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul xisoblansada inflyatsiya xavfini ma`lum muddatga kechiktiradi xolos. CHunki muddati etgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida, baxolar darajasining ko`tarishiga sabab bo`ladi. Solik tushumlarini ko`paytirish byudjet takchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo`li bo`lib, u uzok muddat talab etadigan solik isloxati o`tkazilishini talab etadi. Bu isloxotlar solik bazasini kengaytirish, solik stavkalarini kamaytirish, solik yukini ishlab chikaruvchilardan ko`prok mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga o`tkazish orkali soliklar tushumini ko`paytirishni ko`zda tutadi.
Byudjet ortikchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablaglarini olib ko`yish va davlat karzlarini to`lash kiradi.
Davlat karzlarini to`lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, baxolar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. SHu tufayli byudjetdagi ortikcha mablaglarni muzlatib ko`yish byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion usulidir.

Yüklə 44,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin