Felning zamon shaxs -son kategoriyalari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#108084
  1   2   3
FELNING ZAMON SHAXS -SON KATEGORIYALARI



FELNING ZAMON SHAXS -SON 
KATEGORIYALARI

Zamon tushunchasi, uning fe’l formalarida shakllanishi. 

Zamon turlarining o’zaro munosabati.

O’tgan zamon fe’l formalari, ularning ma’no va grammatik 
xususiyatlariga ko’ra bo’linishi.

Hozirgi zamon fe’l formalari, ularning ichki ma’no turlari. 

Kelasi zamon fe’l formalari, ularning ma’no va grammatik 
xususiyatlari. 

Fe’l zamonlarining shakllanishida funktsional
formalarning, to’liqsiz fe’llarning roli. 

Fe’l zamonlarining mayl bilan munosabati. 
Reja: 
www.arxiv.uz 


• Ma’lumki, harakat (yo holat) ning voqe bo’lish 
(yoki bo’lmaslik) tushunchasi mantiqan zamon 
bilan bog’liq bo’ladi, ya’ni ma’lum bir harakat 
ma’lum bir zamon (payt, vaqt)da bajarilish yoki 
bajarilmaslik xususiyatiga ega. 
www.arxiv.uz 


• Fe’llardagi zamon tushunchasi nisbiy bo’lib, u nutq 
so’zlanib turgan paytga nisbatan qiyoslangan holda 
aniqlanadi. Shunga ko’ra, fe’llarda dastlab uch 
zamon, tushunchasi belgilanadi (o’tgan zamon, 
hozirgi zamon, kelasi zamon). Zamon ma’nosi esa 
fe’l tarkibida qo’llangan grammatik ko’rsatkichlar 
orqali reallashadi. 
www.arxiv.uz 


• Masalan:
• 1.
 Ro’paramizda uncha katta bґlmagan qishloq ko’rinadi. 
(X.Tojiboev.).
• 2. 
Kech kuzda... Oltiariqdan Marg’ilonga ko’chganmiz 
(E.Vohidov.).
• 3. 
Hozirgi yoshlarning she’rlarida poeziyamizning eng 
ilg’or an’analari davom etmoqda (V.V.).
• 4. 
Vaqt uchqur qushday uchib o’tyapti (E.V.).
• 5. 
Yoshlar uchun ko’nglimda tugib yurgan ba’zi fikrlarni 
aytmoqchiman (E.V.). 
www.arxiv.uz 


• Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida 
o’tgan zamon; uchinchi va to’rtinchisida hozirgi 
zamon; beshinchisida esa kelasi zamon fe’l 
formalari qo’llangan. Bu fe’llar tarkibidagi 
–di, -
gan
qo’shimchalari o’tgan zamon; 
–moqda, -yap
qo’shimchalari hozirgi zamon; 
-moqchi
affiksi esa 
kelasi zamon ko’rsatkichi sanaladi. 
www.arxiv.uz 


• Bu misollardagi ajratib ko’rsatilgan (aniqlik yoki ijro mayliga) 
birlashadi. 
• O’tgan zamon, ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytdan 
oldin bajarilgan (bo’lishli shaklda) yoki bajarilmagan (bo’lishsiz 
shaklda)ini ifodalaydi. 
• O’tgan zamon fe’l formalari nutqda o’zaro xususiy modal 
ma’nolariga ko’ra farqlanadi. Bu esa ularni ichki ma’no turlariga 
ajratishni taqozo etadi. O’zbek tilshunosligida o’tgan zamon 
fe’llarining asosan, quyidagi turlari ajratiladi: 
• 1) yaqin o’tgan zamon;
• 2) uzoq o’tgan zamon;
• 3) o’tgan zamon hikoya;
• 4) o’tgan zamon davom;
• 5) o’tgan zamon maqsad fe’llari. 
www.arxiv.uz 


• Yaqin o’tgan zamon fe’li -di affiksli sof fe’lni 
tuslash orqali shakllanadi va u ish-harakatning nutq 
so’zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo 
so’zlovchining ko’z oldida (yoki uning faol 
ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganligini 
ifodalaydi. 
www.arxiv.uz 


• Uzoq o’tgan zamon fe’li nutq so’zlanib turgan 
paytdan ancha ilgari bajarilgan yoki bajarilmagan, 
ammo bu xaqda nutq so’zlanib turgan paytda xabar 
qilingan ish-harakatni ifodalaydi. O’tgan 
zamonning bu turi nutqda aniq eslash (yoki 
eslatish), eshitilganlik, kutilmaganda eslash kabi 
qo’shimcha ma’nolarga ham ega bo’la oladi. 
www.arxiv.uz 


• Uzoq o’tgan zamon fe’li, birinchidan, -gan affiksli 
o’tgan zamon sifatdoshini tuslash orqali; 
ikkinchidan, o’tgan zamon sifatdoshiga edi
(-di)

ekan
(-kan)
, emish
(-mish)
to’liqsiz fe’llarini tuslash 
orqali ifodalanadi. 
www.arxiv.uz 


• Masalan
Mirhaydarni kimdir majlisga olib ketgan 
ekan. (Oybek.) 
• O’tgan zamon hikoya fe’li
-b(-ib)
affiksli o’tgan 
zamon ravishdoshini tuslash bilan shallanib, u 
kutilmaganda, qisqa vaqt ichida bajarilgan (yoki 
bajarilmagan) ish harakatni hikoya qilish
tasvirlash ma’nosini ifodalaydi. 
www.arxiv.uz 


• I. shaxs. 
Kel-ib-man, o’qi-b-man 
• II. shaxs. 
Kel-ib-san, o’qi-b-san
• III shaxs.
Kel-ib-di, o’qi-b-di
• I. shaxs. 
Kel-ib-miz, o’qi-b-miz 
• II. shaxs. 
Kel-ib-siz, o’qi-b-siz
• III shaxs.
Kel-ib-di(lar) o’qi-b-di(lar) 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin