Farg’ona Politexnika Instituti Iqtisodiyot yo’nalishi 62-19 Guruh talabasi Mahmudova Saboxonning kurs ishi himoyasi uchun tayyorlagan
TAQDIMOTI
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida kichik biznesning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi ro’lini o’zgartirish
REJA:
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING NAZARIY ASOSLARI
KICHIK VA O’RTA BIZNESNI XORIJIY DAVLATLARDAGI RIVOJI
O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANISHI
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING NAZARIY ASOSLARI
Hozirgi paytda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo’shma korxonalar tuzish, korxonalarni ochiq tipdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish va ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekistonda va mustaqil hamdo’stlik davlatlarida biznes haqidagi maqolalar, adabiyotlar 60-yillarning o’rtalarida paydo bo’lgan.

Nemis iqtisodchisi V.Zombart (XIX asr oxiri - XX asr boshlarida) ko’rsatishi bo’yicha tadbirkor - bu zabt etuvchi, tavakkalchilikka tayyor turish qobiliyatiga ega bo’lgan, ma’naviy erkin, g’oyalarga boy,shijoatli va o’z so’zini o’tkazadigan, tashkilotchi, birgalikda bajariladigan ishga ko’pgina kishilarni birlashtiradigan shaxsdir. Tadbirokorlik nazariyasiga muhim xissa qo’shgan avtriya iqtisodchisi I.Shumpeterdir. U o’zining 1912 yilda yozgan «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» kitobida tadbirkorni ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangicha kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydigan kishi deb ataydi.