Farg’ona davlat universiteti Tarix fakulteti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabasining Konstitutsiyaviy huquq fanidan tayyorlagan



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix16.12.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#183827
Abdukaxorova O\'g\'iloy



Farg’ona
davlat universiteti Tarix fakulteti Milliy
g’oya

ma’naviyat
asoslari va huquq
ta’limi
yo’nalishi
23.82-guruh talabasining Konstitutsiyaviy
huquq fanidan tayyorlagan
Bajardi:Abdukaxorova
O’g’iloy
Qabul qildi:Madumarova Nilufar
TAQDIMOTI


Reja:
1.Konstitutsiyaviy huquq tushunchasi va normalari
2.Konstitutsiyaviy huquq normalari turlari
3.Konstitutsiyaviy huquq normalari tasnifi
Mavzu: Konstitutsiyaviy huquq
normalari va ularning tasnifi


Konstitutsiyaviy huquq
tushunchasi va normalari
"Konstitutsiyaviy huquq" huquqshunoslik fanida tez-tez uchrab
turadigan va bir necha tushunchalarga nisbatan ishlatiladigan
atamadir.Konstitutsiyaviy huquq huquq tarmogʻi sifatida mavjudligi
uning huquqshunoslar tomonidan oʻrnatilishi zaruratini tugʻdiradi,bu
oʻz navbatida "Konstitutsiyaviy huquq"fanining mavjud boʻlishini
taqozo etadi


Konstitutsiyaviy huquq mamlakatning
konstitutsiyaviy tuzumini
asoslarini,jamiyat va shaxs
munosabatlarining jamiyatning iqtisodiy
negizi ,jamoat birlashmalari, oila
,ommaviy axborot vositalari
asoslarini,davlat asoslarini belgilovchi, 
oʻrnatuvchi normalar yigʼindisidir


Konstitutsiyaviy huquq normalari
Norma-umum tomonidan qabul qilingan va tan olingan, hamma uchun
majburiy deb hisoblangan, qonun hukmiga kirgan tartib-qoida.
Konstitutsiyaviy huquq normalari -shu huquqning predmeti
hisoblanuvchi ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi
Konstitutsiyaviy huquq normalari-Konstitutsiya asosida davlat
organlari va fuqarolar,davlat hokimiyatini amalg oshirish va tashkil
etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar asosida tashkil topgan
jamiyat,davlat tuzilishi,ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni
tartibga soladi va mustahkamlaydi.


Konstitusiyaviy huquq normalari orqali biz:
-Oʻzbekistonning suverenligi, mustaqilligi toʻla
taʼminlanganligi
-inson huquq va erkinliklari xalqaro andozalarga mos ravishda
belgilangan
-shaxs va davlat munosabatlarida shaxs manfaatlarining
ustuvorligi hisobga olinadi.


Konstitutsiya moddalari
"Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan
Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz
vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi"
116-modda
Konstitutsiya moddalari:
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vazifasini bajarib turgan davrda
boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashi,vakillik organining deputati
boʻlishi, tadbirkorlik bilan shugʻullanishi mumkin emas"
107-modda


Konstitutsiyaviy huquqning mazmun-mohiyatini,vazifasini normalarini
toʻgʻri anglash,tasavvur qilish uchun har bir mamlakatning
konstitutsiyalarini bilish zarur.
Chunki Konstitutsiyaviy huquq normalarining aksariyati,mutlaq
koʻpchiligi desa ham boʻladi, konstitutsiyalarda belgilangan va oʻz
oʻrnini topgan.


Konstitutsiyaviy huquq
normalari turlari
Barcha konstitutsiyaviy huquq normalari quyidagi asoslar boʻyicha
turlarga boʻlinadi:

1.Mazmuniga qarab:yaʼni ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
doirasiga qarab

2.Yuridik kuchiga qarab:bu huquqiy norma qaysi
manbalarda,hujjatlarda mustahkamlanganligiga bogʻliq



3.Hududiy amal qilinishiga qarab:asosan,konstitutsiyaviy
huquq normalari mamlakatimizning butun hududida amalda
boʻlsa-da,ayrim holatlarda butun maʼlum hududgagina tegishli
normalar qabul qilinishi mumkin.

4.Koʻrsatmasi,oʻrnatilishiga qarab:ayrim normalar vakolat
bersa,ayrim normalar majburiyat yuklaydi,ayrim normalar esa
taqiqlaydi



5.Imperativ va dispozitiv xarakterdagi normalar:imperativ
xarakterdagi norma aniq koʻrsatma bajarilishi shartligi
boʻlsa,dispozitivda subyektga imkoniyat beriladi,u asosida maʼlum
harakatni qilishi yoki qilmasligi mumkin.

6.Maqsadi va amalga oshirish koʻra: konstitutsiyaviy huquqiy
normalarning ayrimlari jarayonlarni tartibga solishni maqsad qilib
qoʻygan.



Konstitutsiyaviy huquq normalari konstitutsiyaviy huquq
fanining barcha tarkibiy qismlarining asosidir.Ularning
vujudga kelishi uchun asos vazifasini bajaradi.



Chet el konstitutsiyasi moddalarida man etuvchi va vakolat
beruvchi normalar.


Konstitutsiyaviy huquq tizimi uchta asosiy elementlardan iborat:
1.Konstitutsiyaviy huquq tamoyillari

2.Konstitutsiyaviy huquq institutlari

3.Konstitutsiyaviy huquq normalari



Konstitutsiyaviy huquq normalari tasnifi
Konstitutsiyaviy huquq normalari tasnifi
Konstitutsiyaviy huquq normalari konstitutsiyaning huquq
sohasining mazmunini aks ettiruvchi asosiy normalardir.


Konstitutsiyaviy huquq normalari jamiyatdagi eng muhim
masala - inson va davlat munosabatlarini tartibga soladi. Buning
eng muhim masala deb hisoblanishi jamiyatning rivoji yoki ak-
sincha inqirozi, inson va davlat munosabatlarining to‘g ‘ri o‘rnatil-
ganligiga bog‘liqdir. 
Konstitutsiyaviy huquq o‘z normalari orqali inson, uning huquq
va erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko'taradi, shaxs va davlat
munosabatlarida shaxs manfaatlarining ustuvorligini belgilaydi,
ijtimoiy adolat prinsipini bosh prinsip darajasiga ko'taradi.
Har qanday huquq tarmog'ini tasniflash uchun uni tashkil eta-
digan normalarning xususiyatlarini bilish, aniqlash zarur. Konsti-
tutsiyaviy huquq normalarini aniqlar ekanmiz, birinchidan, ularga
ham boshqa huquq normalariga xos umumiy belgilar,
xususiyatlar xos ekanligi va ikkinchidan, faqat shu tarmoq huquqiy
normalariga xos xususiyatlar ham mavjudligini hisobga olish zarur.


Konstitutsiyaviy huquq normalari shu huquqning predmeti
hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlar (huquqiy munosabatlar)ni tar-
tibga soladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar boshqa tarmoq
huquqiy munosabatlaridan mazmuni, manbasi, o'ziga xos turi, ta’sis
xarakteri, amalga oshirishning alohida mexanizmi, subyektlarning
o'ziga xos xususiyati, tuzilishining o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.


Umumlashtirib aytadigan bo'lsak, Konstitutsiyaviy huquq
ma’lum ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy
normalar yig'indisidan iborat. Bu ijtimoiy munosabatlar
jamiyat, inson,davlat o'rtasida vujudga keladi. 
Konstitutsiyaviy huquq bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy
munosabatlar ijtimoiy munosabatlar tizimida asosiy, 
rahbariy, bosh munosabatlardan iborat bo'ladi va boshqa
ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun asos,
tayanch vazifasini o'taydi.


Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab
va muhim, ayni
chog‘da
sharafli solnomasiga
nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, 
O‘zbekiston
Konstitutsiyasi xalqimizning
mustaqillik sari uzoq
yo‘ldagi
izlanishlari
natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.
Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-
modda muhokama qilinib, unga yana bir qator
o‘zgartishlar
kiritilgach, 1992 yil 8 dekabr kuni Bosh
Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan
e’tiboran
, 8 dekabr

umumxalq bayrami deb
e’lon
qilindi.
O
ʻ
zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr


Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 30 yilligi
Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan nishon
taʼsis etildi.Nishon bilan mamlakat mustaqilligini
mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, 
ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini
oshirish, davlat sarhadlari daxlsizligini ta’minlash, 
tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va
totuvlikni asrash kabi vazifalarni amalga oshirib
kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, 
harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi
organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar
mukofotlanishi mumkin.


Yangilangan O
ʻ
zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi
O‘zbekistonning 65 foizga yangilangan va
ancha “to‘lishgan” bosh qomusi 1 maydan
e’tiboran kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
yangi tahriri
-muqaddima;
-6 boʻlim;
-27 bob;
-155 moddadan iborat.


E
ʼ
tiboringiz uchun rahmat!!!

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin