Fanning predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 25,95 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü25,95 Kb.
#37826
  1   2   3
1-ma'ruza


  2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar stratyegiyasini «faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturidan kelib chiqib fanning predmeti, maqsad va vazifalari.

 

«Menejment» so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, Oksford (rus-ingliz) lug’atida menejmentning juda keng va har tomonlama mazmuni keltirilgan: odamlar bilan muloqotning usul va yo’llari; boshqarish hokimligi va san’ati; o’ziga xos ma’muriy malaka va bilimlar, tashkilotlar ishini yo’naltiruvchi va nazorat qiluvchi odamlar, hamda boshqaruv personali va h.k.



 

Adabiyotlarda «menejment» va «boshqaruv» iboralari o’xshash va bir – birini o’rnini to’ldiruvchi tushunchalardir. Lekin, «boshqaruv» bizning ongimizda ma’muriy tizim bilan bog’liq ravishda yuqoridan pastga qarab shakllangan, buyuruqlarga asoslangan, byurokratik boshqaruv tizimi sifatida namoyon bo’ladi.

 

Menejment bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchiga yo’naltirilgan, uning ehtiyojlarini qondirish orqali tashkilotning foyda olishi va samarasiga bevosita ta’sir etadigan iqtisodiy tizimni boshqarishni nazarda tutadi. Shuning uchun menejment biznes, tadbirkorlik, raqobat kabi tushunchalar bilan bog’langan. Menejment – bu bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq korxona va tashkilotlarni boshqarishdir. Boshqarish ko’proq keng ma’noda qo’llaniladi. Masalan, davlatni boshqarish, mehnatni boshqarish, siyosatni boshqarish, turli inson faoliyatini boshqarish va h.k.



 

Bazi mutaxassislar boshqaruv nazariyasiga tanqidiy yondashib, uni shakl va usullarning zamonaviy tashkilotlariga tadbiq etib bo’lmaydi deb ta’kidlashadi. Bu noto’g’ri albatta.

 

Rejali iqtisodiyot davrida shakllangan boshqaruv nazariyasi va amaliyoti, davlat mulkchiligi davriga mos tamoyil va usullarga ega edi. Lekin uning ko’p jihatlari bozor iqtisodiyoti davriga ham mos keladi va uni tegishli korxona, firma, muassasaga uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda qo’llanilishi kerak.




Yüklə 25,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin