Faning predmeti va vazifalari Mikroiqtisodiyot fanini o‘rganish usullari va uslubi



Yüklə 139,62 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.10.2023
ölçüsü139,62 Kb.
#154016
1-MAVZU — копия



1- Mavzu;
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari.
Reja;
1 Faning predmeti va vazifalari
2 Mikroiqtisodiyot fanini o‘rganish usullari va uslubi
3 Deduktiv» yoki «G ipotetik» usuldi
1.1. Fanning predmeti va vazifalari
Iqtisodiy faoliyatning obyekti bo'lib, iqtisodiy ne’matlar hisoblanadi.
Iqtisodiy faoliyat - bu inson tirikchiligini ta’minlash usullari va
vositalari majmuasida. Iqtisodiy faoliyatning asosiy xillari: iste’mol va
ishlab chiqarish.^Mikroiqtisodiyot (yunoncha: «mikro» — «kichik»)
so‘zidan olingan boMib, iqtisodiyotning dastlabki hal qiluvchi bo‘g‘ini
bo‘lgan firma, korxona, m ikrofirm alar, turli xil xalq xo'jaligi
sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo'jalik va tashkilotlarda bozor
qonunlari ta’sirida sodir bo'ladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni,
iqtisodiy qonunlar harakatini, ularni namayon bo‘lish shart-sharoitlarini,
oqibatlarini o'rganib, tahlil qilib, xulosalar yasaydij
Bu jarayonda - iste’m olchilar, ishchilar, yer egalari, sarmoya
qo'yuvchilar, fermerlar, ishlab chiqarish, turli xildagi korxonalar,
xullas, iqtisodiyot sohasida faoliyat ko'rsatishda muhini rol o'ynaydigan
har qanday individ, ya’ni jism oniy shaxs yoki xo'jalik subyektlari
ishtirok etadi. Tovarlarning nisbiy narxi, alohida bozorlar, maqsadga
erishish uchun aniq turdagi resurslarning taqsimlanishi uning diqqat
markazida turadi. Mikroiqtisodiyot xaridorlar nima uchun shu tovarlarni xarid
qilishga rozi bo'lganligini, bunga tovar bahosi, o 'z
daromadlari ta’sirini, korxonada qancha ishchi ishlashi kerakligini,
aniq turdagi tovarlarga narx qanday qo'yilishini, turli xil bozor
sharoitlari va tovar ayirboshlash jarayonidagi resurslar tanlashda
bozordagi oligopoliya sharoitida xatti-xasrakatlari qanday bo'lishi
kerakligini, ularni samaradorlikka erishish yo'llarini o'rgatadi. Ushbu
fan elektrenergiya uchun bahoni nima uchun davlat belgilaydi, qancha
hajmda mahsulot ishlab chiqarish zarurligini, korxonalar faoliyatiga
hukumat siyosati va boshqa davlatdagi sharoitlar qanday ta ’sir etishini
tushuntiradi.
Ishlab chiqarishning eng zarur, foydali yo'nalishlarini aniqlash
uchun iste’molchilar xususiyatlarini bilish zarur bo'ladi, chunki ular
bir vaqtning o‘zida hamma narsaga erisha olmaydilar. Shuning uchun
ular doimo tanlab iste’mol qilishga harakat qiladilar. Demak, asosiy


iqtisodiy muammolardan biri bo‘lgan — tanlov muammosini ham
o‘rganish mikroiqtisodiyot fanining vazifasidir. Bular ham fanning
mohiyatini (predmetini) tashkil etadi. Fanni o'rganishdagi ko'rsatilgan
vazifalar esa uning oldiga qo'ygan maqsadlaridan kelib chiqadi.
Iqtisodiy maqsadlar quyidagilardir:
— iqtisodiy o'sish;
— ish bilan to'liq ta’minlanish;
— iqtisodiy samaradorlik;
— tovarlar narxining bir me’yorda turishi;
— iqtisodiy erkinlik;
— daromadni to'g'ri taqsimlash;
— iqtisodiy ta’minlanish;
— savdo balansi. _
Iqtisodiy o‘sish asosiy iqtisodiy maqsad bo'lib, u aholi jon boshiga
ijtimoiy mahsulot miqdorining o'sishi ularning turmush darajasini
o'sganligini ko'rsatadi. Real miqdordagi yalpi milliy mahsulot yoki sof
milliy mahsulotning o'sishi kishilaming moddiy ta’minlanish darajasini
o'sishga olib keladi va eng kam ishlab chiqarish xarajatlari bo'lganligini
ko'rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, rivojlanib borayotgan iqtisodiyot
kishilarning yangidan-yangi talablarini ko'proq qondira borish,
mamlakat ichida va xalqaro miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini
hal etish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ladi.
I.A.Karimov 1999-yil O'zbekiston Fanlar akademiyasining um umiy yig'ilishida
so'zlagan nutqida: «Agar iqtisodiy o'sish, taraqqiyot
— jamiyatimizning tanasi bo'lsa, m a’naviyat-ma’rifat va siyosat ong
yetukligi uning rahi, aqli va jonidir», deb ko'rsatgan edi («M a’rifat»
gazetasi, 1999-y. 13-iyul).
Iqtisodiy o'sish resurslar cheklanganligi m uam m olarining hal
etilishini yengillashtiradi.
H ar qanday davlatning iqtisodiy o'sishi quyidagi oltita oinilga
bog'liq bo'ladi:
1) tabiiy resurslar miqdori va sifatiga;
2) mehnat resurslarining miqdori va sifatiga;
3) asosiy kapital hajmiga;
4) texnologiyaga;
5) talabni o'sishiga ta ’sir etuvchi omillarga;
6) resurslarni oqilona taqsimlashga.


Shulardan dastlabki to 'rt omil ishlab chiqarishning (taklifning)
o‘sishiga, oxirgi ikkitasi esa talabning o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillardir.
Mikroiqtisodiyot fanining mohiyatini quyidagi masalalarni bilish,
o‘rganish yordamida yoritish mumkin:
— hozirgi davrdagi bozor iqtisodi mexanizmini o‘rganish;
— umumiy muvozanat va iqtisodiy fikrlash;
— bozor xo‘jaligi sharoitida firmalar, korxonalar, uy xo'jaligi va
ularning tutgan o‘rni. turlari, ahamiyati, vazifasi, samaradorligini
ta’minlash;
— talab va ehtiyoj nazariyasi asoslarini bilish;
— bozor taklifi va talabi;
— talab va taklif o‘zgaruvchanligi;
— raqobatlashuv va korxonalar samaradorligini oshirish;
— ishlab chiqarish va uni tashkil etish;
— ishlab chiqarish xarajatlari va foyda;
— resurslardan foydalanish samaradorligi. Ish haqi, baho.
Hozirgi kunda mikroiqtisodiyot fanining boshqa ijtimoiy-siyosiy,
texnologik va iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liqligi yaqqol namoyon
bo‘lmoqda. Masalan, quyidagi fanlar bilan:
— iqtisodiyot nazariyasi;
— makroiqtisodiyot;
— makroiqtisodiy statistika;
— korxona iqtisodiyoti;
— qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti;
— kichik biznes va tadbirkorlik;
— tarmoqlar iqtisodiyoti;
— mehnatni tashkil etish;
— buxgalteriya hisobi;
— iqtisodiy tahlil;
— pul, kredit va bank;
— marketing;
— menejment;
— moliya;
— tabiiy ofatlar va inson mehnati muhofazasi;
— tabiatshunoslik;
— investitsion loyihalaming tahlili;
— loyihalarni moliyalashtirish va uni monitoringi;
— bank ishi;
— matematika va boshqalar.


1.2. Mikroiqtisodiyot fanini o‘rganish usullari va uslubi
Har qanday fanga o‘xshash iqtisodiyot ham o‘zi o‘rganadigan
qonun va qonuniyatlarni aniqlash uchun ma’lum usullardan foydalanadi. Ushbu fan
— iqtisodiy agentlar — alohida shaxslar, uy
xo‘jaligi, korxona, davlat, ijtimoiy tashkilotlaming iqtisodiy harakatini o'rganadi va
quyidagi usullarni qo'llaydi:
- tahlil va sintez usuli;
- monografik usul;
- iqtisodiy-statistika usuli;
- hisoblash-konstruktiv usuli;
- tajribaviy usul;
- abstrakt mushohada usuli;
- matematik modellashtirish usuli;
- induksiya va deduksiya usuli;
- optimallashtirish usuli;
- muvozanatni aniqlash usuli.
Ishlab chiqarishning barcha muammolari ana shu usullar yordamida
o'rganiladi.
Fanni o'rganish uslubi (metodologiyasi) deganda, uni o'rganish
faoliyatining shakllari, usullari va ulam ing bog'liqligi tushuniladi.
Ushbu Fan bo'yicha har bir shaxs, tadbirkor, korxona va firmalar
biror bir m asalani o'rtaga qo'yish, tadqiqot m avzusini va ilmiy
nazariyasini shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijani haqiqiyligi, ya’ni
o'rganilayotgan obyektga muvofiqligi jihatidan tekshirish
metodologiyani qo'llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Iqtisodiy
hodisa va jarayonlami o'rganish uslubi — tadqiqot yoki bilim, anglash
yo'li, voqealikni amaliy yoki nazariy o'zlashtirish usullari yig'indisidir.
Korxonalar iqtisodiyot fanining nazariy va uslubiy asosini iqtisodiy
nazariya, tarixiy materializmning dialetik usullari tashkil etildi.
Bu dunyoda hamma narsa o‘zgaradi. Barqaror hech nima yo‘q.
Hatto tog'lar va qoyalar ham o'sadi va yemiriladi. Hatto borliq ham
o'zgaradi. Buni o'zgarish qonuni deyiladi.
Hamma narsa o'zaro bog'liq va biror narsani o'zgartirish orqali
atrofdagi hamma narsani o'zgartirish mumkin. Hamma narsa doimiy va
to'xtovsiz harakatda. Harakatning o'zgarishi hodisaning o'zgarishiga
sabab bo'ladi. Hamma narsa o'z ritmiga, kelish va ketish vaqtiga ega.
Hamma narsa ko'tariladi va pasayadi. Barchada tug'ilish, o'sish, yetuklik
va pasayish sikli kuzatiladi. Sikllar jam i borliqda ko'rinadi, ular
muntazam, har daqiqada hayotimizga ta’sir o'tkazadi.


Masalan, Siz o'tgan yillardagi hosillar miqdorini o'zgartira olmaysiz, ammo kelajak
hosillarga ta’sir etishingiz mumkin. Siz yilning bir
vaqtida ekasiz, boshqa vaqtida hosil olasiz. Qanday nav urug'lik ekkan
bo'lsangiz, o'sha navdagi hosil olasiz. Siz ekkaningizdan ko'ra ko'proq
hosil olasiz. Qancha ko'p urug'lik eksangiz, shunchalik katta hosil olasiz.
Yomon hosil o'z-o'zidan, yaxshi hosil esa faqat yaxshi urug'lik va
parvarishdan paydo bo'ladi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun ijobiy fikrlash, odamlarning muvaffaqiyatlaridan
quvonish, atrofdagilarning o‘zgaruvchan tabiatini
tushunish va ularni qanday bo‘Isalar, shundayligicha qabul qilish
zarur.
Siz «Biror narsaga erishdik» degan tuyg'uni tuyishingiz bilanoq,
o 'z-o 'zid an bunga qaram a-qarshi holat boshlanadi. Siz biror-bir
narsani aniq bo'lib o'zingizga yoki birovga «Men cho'qqiga, baxtga,
barqarorlikka, gullab-yashnashga, mashhurlikka erishdim» deya tan
olganingiz hamonoq, qarama-qarshi holatga o'ta boshlaysiz.
M uvaffaqiyatga, baxtga erishish uchun ijobiy, yengil, yorqin
xayollarga borish, odamlarning tabiatini tushunish va ularni qanday
bo'lsalar, shundayliklaricha qabul qilish kerak.
Agar biror narsaning mumkinligiga ishona olmasangiz u hech
qachon amalga oshmaydi.
Dunyoni yoki atrofingizdagi odamlarni o‘zgartirishga harakat
qilmang, aw alo o‘zingizni o‘zgartiring. O 'zingizni o'zgartirgan
hamonoq Sizni o'rab turgan olam ham o'zgaradi.
Mamlakat farovonligi har bir fuqaroning farovonligiga bog‘liq.
Lekin unga erishish uchun Siz nimani qurbon qilaolasiz?
Yana kim Sizni omadli tadbirkor yoki hurmatga sazovor firma
boshlig'i qilishi mumkin? Siz o'zingiz uchun sehrli tayoqchasiz!
Albatta katta pulni topish uchun yaxshigina malaka va tayyorgarlik zarur.
Katta mablag' topish uchun nimangizni qurbon qilishga tayyorsiz?
Deyl Karneti: «Men shaxsan qulupnayni qaymoqqa botirib yeyishni
yaxshi ko'raman, ammo baliqlar nimagadir chuvalchangni sevishadi.
Shuning uchun baliq oviga qaymoq va qulupnay emas, chuvalchang
g'amlab baraman», - deydi.1
Demak, real hayotda hammasi boshqacharoq. Bordiyu farovon,
hayot tom on harakat qilguday bo'lsangiz qiyinchiliklarga tayyor
turing.
Yillar davomida bor kuchingiz bilan ishlashingizga tayyormisiz. Katta
mablag‘ topish bu sevgiligingiz bilan istirohat bog‘ida sayr


etish emas. U Sizni butkul o‘zgarishga majbur qiladi. Bu — qonuniyat.
Bugun farovon yashayotganlar bu kunlar uchun o4mishda yaxshigina
haq to‘laganlar.
Siz maqsad tomon intiling, xatolardan qo‘rqmang, ulardan saboq
chiqaring. Maqsadga erishib, muvaffaqiyatli shaxs sifatida e ’tirof
qozonganinggizdan so‘ng qilgan amallaringizning yaxshiyu yomon
tomonlari haqida mushohada yurituvchilar ko‘p topiladi. Balki Siz
haqingizda kitob ham yozishar... Muhimi ayni damdagi harakatingiz.
Siz xususiy tadbirkor bo'lasizmi, sherikchilik bilan shirkat xo'jaligida
ishlaysizmi yoki xususiy xo'jalikda bo'ladim i. xizmat ko'rsatish va
biznes olamidami bundan qat’iy nazar. Faqat mo‘ljalni baland olgan
odamgina oxir-oqibat millioner, milliarder boMishi mumkin. «Xudoyimdan tuya
so‘ragan edim, echkilik bo‘ldim», degan gap bor. Buning
mag‘izini chaqing.
Ammo faqat maqsadning o‘zi kifoya emas. Unga eltuvchi vo'llarni,
ya'ni boylik qonuniyatlarini ham o'zlashtirish kerak.
Ish boshlayotganda uni qanday qilib muvaffaqiyat bilan boshlasam
ekan, deb emas, qanday qilib muvaffaqiyat bilan yakunlasam ekan,
deb o'yla.
Boylik kasbga qarab kelmaydi. Dunyoda m illioner advokatlar
qatorida millionlab omadsiz huquqshunoslar ham ishlab yurishibdi.
Shuningdek, qizil diplom bilan bozorda savdo qilayotgan mutaxassislaru
«Mersedes»da yurgan ikkinchilar ham talay. Muvoffaqiyat
ko'proq Sizning aqlingiz, qobiliyatingiz va mehnatsevarligingizga
bog'liq.
Haqiqiy hayotimiz katta miqdordagi xilma-xil hodisa va jarayonlardan tashkil
topgan. Masalan, har bir kishining bo'yining uzunligi,
sochining rangi, og'irligi, ko'z tuzilishi, uning rangi, turli xil
narsalarga qiziqishi, tovarlam i ist’emol qilishdagi ta ’bi, didi,
daromadining darajasi bor. Lekin bu xususiyatlar har kimda har xil.
Agar supermarket do‘koniga kirgan kishilarning xatti-harakati
o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda bizga ularning xususiyatlarining keragi
bo'lmaydi, aksincha, haqiqatan shu kishilar qaysi tovardan qancha
miqdorda xarid qilishlari mumkinligi qiziqarli. Masalan, boshqa bir
misol, firmaning bozordagi xatti-harakati o‘rganiiadigan boMsa, u
holda bosh menedjeming oila a’zolari yoki uni ishga qanday mashinada
borishi bizni qiziqtirmaydi. Eng muhimi — shu firma (yoki korxona)
qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi, bunda u qancha xarajat
qiladi va natijada qancha daromad oladi degan masaladir.


Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilinadigan bo‘lsa, o'rganilayotgan
hodisalar tasodifiy, vaqtinchalik va hozircha ahamiyati bo'lmagan
xususiyatlardan (om illardan) tozalanadi, ular hisobga olinmaydi.
Masalaning mohiyatini ifodalovchi jarayonlar umumlashtirib, tartibga
solinadi. Bunday o'rganish usulini ilmiy abstraksiya usuli deb ataladi.
Shu usul yordamida yuzaga chiqarilgan qonuniyatlarni amaliyotda
qo'llash, faqat bir kishini yoki firmaning xatti-harakatini emas, balki
aniq bir sharoitdagi har qanday subyektlarning xatti-harakatlarini
ko'rsatadi. Bunday xatti-harakatlarni turlicha vaqtlarda (kun, oy, yil)
kuzatish va turlicha natijalar olish mumkin. Bunda statistik usullardan,
dinamik qatorlarni tahlil qilish usullaridan foydalanilgan bo'ladi.
Bunday usulda olingan axborotlar vaqt omilini ifoda etadi.
«Deduktiv» yoki «G ipotetik» usulda iqtisodchi o 'z vazifasini
nazariyadan boshlab hal etadi, dalillarga murojaat qilgandan keyin
shu nazariyani tekshiradi, amaliyotda sinab ko'riladi yoki undan voz
kechadi. Deduksiya va induksiya bir-biriga zid usullar emas, vaholanki,
kuzatishlarni olib borishdagi bir-birini to'ldiruvchi usuldir. Mikroiqtisodiy tahlil
aniq iqtisodiy bo'g'inlar - xo'jaliklar, ishlab chiqarishlar (sex, uchastka, ish joylari)
bilan ish ko'radi, ularni har
birining harakatini maydalab, sinchkovlik bilan o'rganadi.
Demak, iqtisodchilar tasodifiy kuzatishlar, fikrlash natijasida
kelingan umumiy xulosalar, m a’lum ma’noga ega bo'lgan mushohadalar yoki
intuitsiyalarga asoslanib, avval tekshirib, sinab ko'rilmagan
qoidalar, prinsplarni yaratadilar yoki shakllantiradilar. Bunday fikrlash
mahsuli GIPOTEZA deb yuritiladi. Masalan, ular «Kabinet, idora
sharoitidagi fikrlash»ga asoslanib, iste’molchilar mahsulotlarni bahosi
yuqori bo'lganda emas, bahosi past bo'lganda ko'p miqdorda xarid
qilishlari maqsadga muvofiqdir, deb taxmin qilishlari mumkin.
Masalan, iqtisodiy nazariyalar abstrakt bo'lganligi uchun. haqiqiy
voqelikning hamma tom onini ko'rsatmasa ham amaliy ahamiyatga
egadir.
Prinsip va nazariyalar iqtisodiy tahlil qilishning pirovard mahsulidir.
Tamoyil va nazariyalar esa faktlarni to'plash, ularni bir-biriga bog'lash
hamda yakunlash bo'yicha tartib-qoidalardir.
Nazariya faktlarsiz behuda, faktlar nazariyasiz ma’nosiz bo'lishi
mumkin, lekin faktlar vaqt o'tishi bilan o'zgaradi. Shuning uchun
ularning to'g'riligi, o'z navbatida ilgari qabul qilingan tamoyil va
nazariyalarning iqtisodiy shart-sharoitlarining o'zgarishga qarab
to'g'riligini tekshirish lozim bo'ladi.


Turli xil iqtisodiy jarayonlarni bog'liqligini yuzaga chiqarish uchun
funksional tahlil usuli ishlatiladi. Korxona mahsulotining bahosini
bozorda tushib ketishini, uning daromadiga, xarajatlarini qoplashiga
qanday ta ’sir etishini bilish uchun, masalan, bunday korxona o'z
xarajatdarini qanday qoplaydi, degan savollarga javob topiladi va bunda
sintez usullari keng ishlatiladi. Analiz (tahlil) usulida o'rganiladigan
obyektni bo'laklarga bo'lib, alohida-alohida o'rganilsa, sintez usulida
ular haqidagi axborotlami umumlashtirib, umumiy xulosalar chiqariladi.
Hodisalarni tahlil qilishda pozitiv va normativ tahlil usullari ham
ishlatiladi.
Pozitiv yondoshuv voqealarni real holatini ifoda etadi.
Normativ usulda u yoki bu jarayonga baho beriladi.
Masalan, metroda yurish bahosi keyingi ikki yilda 50 so'mdan 150
so'mga oshgan bo'lsa bu - pozitiv yondoshuv. Agar biz metroda yurish
bahosini 50 so'm dan 150 so'mga ko'payishi, kishilar darom adini
kamaytirib turmush tarzini pasaytirgan bo'lsa, bu normativ yondoshuv
hisoblanadi.
Iqtisodiy modellashtirish usulini ishlatish har qanday fikrlarni,
chizmalarni. jadvallarni va shuningdek, jarayonlarni matematik tarzda
ifodalash imkoniyatini beradi.
Induksiya usulida faktlardan nazariya tomon, xususiy hodisalardan
umumiylikka tamon boriladi.
Alohida iqtisodiy agentlar - uy xo'jaligi, korxona va firmalar,
iste’molchilar va boshqalar faoliyatini o'rganishda optimallashtirish
vositasi ham qo‘llaniladi. Shuning uchun barcha ish olib boriladigan
tushunchalar pirovard xarakterda bo 'lad i (pirovard foydalilik,
pirovard mahsulot, pirovard xarajatlar, pirovard tushum va boshqalar).
Bulardan tashqari xo‘jalik vazifalarini hal etishing yoMlari ko‘p:
- Qimmatbaho va kam’yob bo'lgan mineral xomashyolar o'rniga
kimyoviy — arzon, yengil va sifatli (pishiq, chidam li) bo'lgan
tradision xomashyo, materiallardan foydalanish;
M asalan, tem ir o'rniga plastmassa, chorvodan olingan charm
o'rniga sun’iy charm m ateriallar va shunga o'xshashlar. Mineral
xomashyolar qimmat turadi va mahsulot bahosi oshib ketadi;
- Yangi korxonalar qurish o'rniga ishlab turganlarini kengaytirish,
rekonstruksiya qilish yoki restrukturizatsiya qilish, texnikaviy qayta
quronlantirish. Bunda yangi korxonani qimmatga tushishi va uzoq vaqt
(5-6 yil) qurilishi va bu davr mobaynida ajratilgan pul mablag'laridan
jamiyatga foyda kelmasligi, aniq turdagi mahsulotga bo'lgan talabni


qondirilmay qolishi hamda faoliyat ko'rsatib turgan korxonani rekonstruksiya qilish
foydali ekanligini texnik-iqtisodiy jihatdan hisoblash
ishlari bilan asoslab ko'rsatish lozim;
- Eski texnologiyan yangi zamonaviy unumdor bo'lganlari bilan
almashtirish;
- O'rindagi mahsulotlardan foydalanish.
Demak, aholi va xalq xo'jaligining mahsulotlar va xizmat ishlariga
bo'lgan talabini qondirish yo'llari izlab topiladi va ularning samaradorliligi
optimallashtirish usuli yordamida topiladi. Pirovard natijada
qo'yilgan maqsadga erishish uchun xo'jalik bir qarorga keladi.
Iqtisodiy agentlaming o'zaro munosabatlarini o'rganishda muvozanatni aniqlash
usuli ishlatiladi. O datda, bir-biriga ta ’sir etuvchi
kuchlar o'zaro balanslashgan, balansni o'zgartirishga ta’sir etadigan
tendensiyalar bo'lmasa, tizim muvozanatda, deb qabul qilinadi.
Iqtisodiy matematika usuli, m asalan, rejalashtirishda turli xil
modifikatsiyada qo'llanilishi mumkin. Ularning mohiyati shundaki,
model bir qancha ko'rsatkichlar va koeffitsiyentlar asosida tuziladi.
Boshqa omillarga (x ) bog'liq bo'lgani topiladi, rejalashtiriladigan
o'zgaruvchi miqdor (m) topiladi.
Masalan, ko'rsatkichlarni chiziqli bog'liqligi quyidagi formulada
ifodalanadi.
y = a0 + ape, + а х 2
Bunda:
у - elektroenergiyani iste’mol hajmi, kVt soat;
x, — texnologik dastgohlar quw ati, kVt;
x2 — ishlab chiqarish hajmi (programmasi), dona;
a0, a t, a2 — retrospektiv m a’lumotlar asosida hisoblash usuli bilan
olingan koeffitsiyentlar.
x t va x2 — ni reja davridagi miqdorini bilgan holda reja bo'yicha elektr
energiyaning xarajat miqdorini aniqlash mumkin. Firma yoki korxona
faoliyatini turli xil tomonlarini rejalashtirishning ko'rsatilgan usullari
reja tuzuvchilar, mutaxassis va rahbar xodimlar uchun dasturi amaldir.
Shunday qilib, bu usullar barchasi o'zaro bog'liq, ular birgalikda
iqtisodiyotni o'rganishning yagona dialektik uslubini tashkil etadi.
Iqtisodiy voqealar, hodisalar, jarayonlarni m a’lum davrdagi
natijalarini, holatini baholash, tahlil qilishda, um um an m ikroiqtisodiyot fanini
o'rganishda ko'proq quyidagi tushunchalar bilan ish
ko'riladi:
- foydali xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlar (moddiy ne’matlar va


xizmatlar). Tovarlar — fizik tabiati, xususiyatlari, foydalanishga yaroqli
bo'lgan joylari, vaqti, hajmi kabi tomonlari bilan farqlanadi. Ular
ishlab chiqarish faoliyatini baholashda turlichadir:
- tovar mahsuloti;
- realizatsiya (sotish) mahsuloti;
- sof mahsulot;
- shartli sof mahsulot;
- tayyor mahsulot;
- oraliq mahsulot yoki tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim
fabrikatlar.
Hozirgi zamon iqtisodiyotida pirovard miqdorlar tushunchasi ko'p
ishlatiladi. Masalan:
- pirovard mahsulot;
- pirovard xarajatlar;
- pirovard daromad.
M arjinal prinsip deb pirovard miqdorlar asosida bir iqtisodiy
qarorga kelish, ya’ni boshqacha qilib avtilsa, qo'shimcha birlik mahsulot
ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo'lgan pirovard natijalarni pirovard
xarajatlar bilan taqqoslashga aytiladi. Bunda samara bilan xarajat
taqqoslanmaydi. Bu fikrlarning farqi katta.
Alternativ xarajatlar prinsipi bironta foydali natijaga erishish uchun
xarajatlami hisoblashning boshqa usullaridan voz kechish demakdir.
Nima ishlab chiqarish va qanday ishlab chiqarish, masalan, resurslar
va ishlab chiqarilgan m ahsulotlar turini aniqlashning variantlari
ko‘pligini taqozo etadi.
Alternativ xarajatlar - iqtisodiyotda barcha xarajatlami aniqlash
usuli. Bu yo‘qotilgan imkoniyatlar qiymati, alternativ qiymat bo‘lib,
resurslarning baholanishi qiymati (qaytimi) yuqori ekanligini ko'rsatadi. Shu bilan
bir vaqtda resurslardan unumli foydalanish ham talab
etiladi. Xuddi shunday prinsiplar yoki qoidalarga amal qilib ish
yuritish hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining o'zagi hisoblanadi.
Har qanday tovar yoki xizmat turlarining alternativ qiymati shu
tovar yoki xizmat turini olish uchun undan voz kechish mumkin
bo‘lgan tovarlar va xizmatlami yo‘qotish miqdori bilan topiladi.
Masalan, agar kollejda o‘qishga qaror qilinsa kun bo‘yi korxona yoki
boshqa joyda ishlashning alternativ imkoniyatlari yo'qoladi.
Agar iqtisodiyotda resurslar o‘yin-kulgi, hordiq chiqarish uchun
zarur bo‘lgan ishlarga sarflansa, u holda iqtisodiyot oziq-ovqat mahsulotlarini
iste’mol qilish imkoniyatlaridan voz kechishi zarur bo'ladi,


chunki shunga mo'ljallangan resurslar yo'qoladi, ular faqat hordiq
chiqarish ishlariga sarflangan bo'ladi. Iste’molning biror turi oshirilsa
boshqa turlari kamayadi, talab qondirilmay qoladi. Resurslardan
foydalanish samarasiz bo'lib chiqadi.
Boshqa tovar va xizmatlami kamaytirmasdan, mavjud resurslardan
qandaydir tovarlami ishlab chiqarishni yoki xizmat ishlarini bajarishni
oshirish imkoniyati bo'lsa, resurslami bunday taqsimlash samarasiz
hisoblandi.
Boshqa ne’matlarni kamaytirmagan holda jamiyat uchun zarur
bo‘lgan birinchi ne’matlarni ishlab chiqarishni ta’miniash resurslardan
samarali foydalanish demakdir.
Xuddi shu prinsiplar (qoidalar) hozirgi zamon mikroiqtisodiyot
nazariyasining dastagini tashkil etadi.
Baho — tovarlami pulga ayirboshlash normasidir.
Erkin bozor iqtisodiyotida baho faqat nimani qanday qilib ishlab
chiqarish zarurligini emas, balki kim uchun ishlab chiqarish zarurligini ham aniqlab
beradi. Tovarlar (xizmatlar) bahosi, miqdori,
qiymati aniq turdagi alohida tovarlar uchun bozor operatsiyalarini
ifodalaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari
Iqtisodiyot ixtiyorida turgan mavjud resurslar va bilimlar hisobiga
har qanday ikki xil mahsulotni maksimal hajmda ishlab chiqarish
mumkinligi — bu ishlab chiqarish imkoniyatidir.
Korxona yoki ishlab chiqarishni ma’lum vaqt oralig‘ida va ma’lum
ishlab chiqarish sharoitida eng ko'p mahsulot bera olish imkoniyati —
uning ishlab chiqarish quvvati. Buni quyidagi (1-chizm a) chizma
ko'rsatadi.
Ikki xil ishlab chiqarishni quyidagi kombinatsiyalari berilgan bo'lsa, ulardan qaysi
biri samarali yoki samarasiz, amalga oshirish mumkin
bo'lmagan variant hisoblanadi.
1. 5 birlik don yig‘ish kombayni va 15 birlik chang yutkich;
2. 6 birlik kombayn va 5 birlik chang yutkich;
3. 2 birlik kombayn va 25 birlik chang yutkich;
4. 30 birlik chang yutkich va 6 kombayn;
5. 4 birlik kombayn va 30 birlik chang yutkich.
Bizning misolimizda 1 ,3 = kombinatsiyalar foydali ishlab chiqarish hisoblanadi,
chunki nuqtalar ishlab chiqarish im koniyatlari
chizig‘ida turibdi. Chiziqning ichkarisida turgan m nuqtadagi 5 —


kombinatsiya samarasiz va tashqarida turgan W nuqtadagi 4 — kombinatsiya
mumkin bo'lmagan holat hisoblanadi. Unga erishish uchun
fan-texnika sohasidagi ixtirolarni qo'llash, foydali qazilmalarni yangi
konlarini topib ishga solish zarur. Faraz qilinsa agar jamiyatda 25 birlik
chang yutkich va 4 birlik kombayn ishlab chiqarilayotgan bo'lsa, lekin
kombaynga talab 2 birlikga oshsa uni qondirish uchun chang yutkich
ishlab chiqarishni qanchaga kamaytirish zarur? Albatta chang yutkich
ishlab chiqarishni 10 birlikkacha kamaytirish lozim bo'ladi.
Boshqacha aytganda, 25 birlik chang yutkich o‘miga 10 birlik ishlab
chiqariladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmi 15 birlik miqdorga kamayadi.
Demak, 2 birlik kombayn = 15 birlik chang yutkichga teng keladi.
Don yig ‘ish
1-chizma. Ishlab chiqarish imkoniyatlari ch izig‘i.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari:
a) resurslarning cheklanganligi, kamyobligi;
b) iqtisodiyotning samaradorligi;
d) iqtisodiy tanlov;
e) alternativ xarajatlar to ‘g‘risida m a’lumot beradi.
Bozor — tovarlami ixtiyoriy ayirboshlash yo‘li bilan taqsimlashning
ijtimoiy mexanizmidir.
Ratsional (foydali) harakat - resurslar cheklangan sharoitda eng
kam sarf-xarajat qilib, foydani maksimal darajada oshirish uchun
qilinadigan iqtisodiy harakat.
Ratsional harakat, ya’ni foydaga erishish uchun bo'ladigan harakat
xarajatlarsiz bo'lmaydi. Shuning uchun xarajat bilan foyda, olingan
natijalar taqqoslanadi.
Masalan, foydali harakat qilib ishchi ish haqi oladi, tadbirkorlar —
foyda, iste’m olchilar esa qoniqish hosil qiladi. Olgan foyda yoki
zarariga qarab ulaming yurish-turishlari ham 0 ‘zgaradi.
Ishlab chiqarish omillari - mehnat, yer, mashina, asbob-anjomlar, binolar va
xomashyolami mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlami
bajarishdagi foydalanish xarajatlaridir.
Ko'rinib turibdiki, hodisa va jarayonlarni iqtisodiy tahlil qilish usul
va qoidalari bir-biri bilan bog'lanib ketadi, biri ikkinchisini to'ldiradi.
Bunda to'plangan haqiqiy ma’lumotlar tartibga solinadi, tushuntiriladi
va umumlashtiriladi. Barcha fanlar empirikdir, ya’ni ularning barchasi
faktlarga asoslanadi.
Iqtisodiy tamoyil - bu umumumlashtirish boiib, o‘zida bir qancha
noaniq miqdoriy tushunchalarni birlashtiradi.


Iqtisodiy ma’lumotlar - faktlar odatda xilma-xilligi bilan ajraladi:
ba’zi bir individlar (shaxslar, xo'jaliklar, institutlar) bunday harakat
qilsa, boshqalari unday harakat qiladi. Iqtisodiy prinsiplar shuning
uchun ko'pincha o ‘rtacha miqdor sifatida yoki statistik ehtim ollar
sifatida shakllanadi. Masalan, 0 ‘zbekiston yengil sanoat korxonalarida
o'rtacha mehnat unumdorligi aniq ko'rsatilgan bo‘lsa, iqtisodchilar
uni umumlashtirgan bo‘ladilar yoki jamoa xo'jaliklarida o'rtacha don
hosili har gektardan 45 sentner bo'lgan bo'lsa, iqtisodchilar undan
kam yoki ko'p hosil olgan xo'jaliklarni shu 45 sentner hosil olganlar
guruhiga qo'shgan bo'ladilar. Lekin bunday umumlashtirishni to'g'ri
qo'llab, talqin qilinsa, undan ko'p ma’no chiqadi va foyda bo'ladi.
Asosiy iboralar va tushunchalar
1. Tovar — e ’tiborni tortish, xarid qilish, foydalanish yoki
iste'mol qilish maqsadida bozorga chiqarilgan va ehtiyojni, talabni
qondira oladigan barcha narsalar, jum ladan, jism oniy obyektlar,
xizmatlar, shaxslar, g'oyalar, tashkilotlardir yoki to v a r- m ehnat
faoliyatining m ahsuli bo'lib, sotish uchun m o'ljallangan ish va
xizmatlami ham o'z ichiga oladi.
2. Baho - tovarlami pulga ayirboshlash normasi.
3. Iqtisodiy agentlar — alohida shaxslar, uy-xo‘jaligi, korxona,
davlat, ijtimoiy tashkilotlar.
4. Ratsional harakat — resurlar cheklangan sharoitda foydani
maksimal darajada oshirish uchun qilinadigan harakat.
5. Ishlab chiqarish imkoniyatlari — iqtisodiyot ixtiyorida turgan
mavjud resurslar va bilimlar hisobiga har qanday ikki xil mahsulotni
maksimal hajmda ishlab chiqarish mumkinligi.
6. Ishlab chiqarish omillari - yer, m ehnat, m ashina, asbobanjomlar, binolar va
xomashyolardan foydalanish harakatlari.
7. Iqtisodiyot fani — insoniyatning norm al hayotiy faoliyati
to'g'risidagi fandir (Alfred Marshall).
8. Alternativa — (fransuzcha — ikkitadan bittasi) bir-birini inkor
qiladigan imkoniyatlardan bittasini tanlab olish.
9. «Resurs» so'zi fransuzcha bo'lib, «Yashash vositasi» degan
ma’noni bildiradi.
10. Iqtisodiyot:
a) tarixan belgilangan ishlab chiqarish shakllari sharoitidagi ishlab
chiqarish munosabatlari majmuasidir;
b) mamlakat xalq xo'jaligi;
d) iqtisodiy munosabatlarning funksional yoki tarmoqqa tegishli


tomonlarini o'rganuvchi, tarmoq fanidir.
11. «Ekonomiks» — iqtisodiyot fanining zamonaviy yo'nalishi
bo'lib, shunga muvofiq iqtisodiyot bozor bilan talab va taklif qonuni
orqali boshqariladi, davlat aralashuviga muhtoj bo'lmaydi.
Nazorat savollari
1. M ikroiqtisodiyot fanining mohiyati nim ada, bu fan nim ani o ‘rgatadi?
2. M ikroiqtisodiyot fanining asl maqsadlari nima?
3. Fanni o'rganishda qanday usullardan foydalanish lozim ? U larning m ohiyati va
o'zaro bog'Iiqligini ko'rsating.
4. «Ishlab chiqarish im koniyatlari»ni qanday tushunasiz? C hizm alar yordamida
aniqlang.
5. Iqtisodiyot:
1) T arixan b elg ila n g a n ishlab ch iq arish shakllari sh a ro itid a g i ishlab
chiqarish m unosabatlari majmuasidir;
2) M amlakat xalq xo'jaligi;
3) Iqtisodiy munosabatlarning funksional yoki tarmoqqa tegishli tom on -
larini o'rgan u vch i, tarm oq fanidir.
6. «Ekonom iks» — iqtisodiyot fanining zam onaviy yo'nalishi bo'lib, shunga
Muvofiq iqtisodiyot bozori bilan talab va taklif qonuni orqali boshqariladi, davlat
aralashuviga muhtoj bo’lmaydi.

Yüklə 139,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin