Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

 
2. Qadimgi Xorazm davlati 
O‘rta Osiyodagi yana bir yirik davlat uyushmasi – Qadimgi Xorazm 
davlati hisoblanadi. “Katta Xorazm” va “Qadimgi Xorazm” masalasi 
bo‘yicha O‘zbekistonlik va xorijlik ko‘plab olimlar turli-tuman 
tadqiqotlar 
olib 
borgan 
bo‘lsalarda, 
bu 
masalalar 
hamon 
tadqiqotchilarning bahs-munozaralariga sabab bo‘lib kelmoqda. Avesto 
va yunon-rim tarixchilari ma’lumotlari bu munozaralarning asosini 
tashkil etadi. Undan tashqari, o‘tgan asrning 50-60-yillaridan boshlab 
bugunga qadar olib borilgan arxeolgik tadqiqotlar natijalari ham Xorazm 
davlatchiligi tarixi bo‘yicha boy materiallar berdi. Avvalo, so‘nggi 
yillardagi ibtidoiy davr yodgorliklarining qiyosiy tadqiqotlaridan 
(X.Matyakubov) xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Xorazm mil. avv IV-III 
asrdayoq O‘rta Sharqning qadimgi sivilizatsiyalar olami bilan uzoq 
Shimolni bevosita bog‘lovchi xalqa rolini o‘tay boshlagan. Bronza davri 
Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlari qadimgi Xorazm yerlarini 
o‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bo‘lgan, Shimol va Janubdan 
ta’sir qabul qilib, yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan qabilalar 
madaniyati edi. Ularning urug‘ jamoalari yarim yerto‘la uy-joylarda 
istiqomat qilib motiga dehqonchiligi va chorvachilik bilan shug‘ullanib, 
ibtidoiy ishlab chiqarish xo‘jaligi sari ilk qadam tashlaganlar. Ammo 
ularning moddiy xo‘jalik taraqqiyoti darajasi O‘rta Osiyoning janubiy 
mintaqalari(Baqtriya, Marg‘iyona)dagi qabilalarga nisbatan ancha 
orqada edi. 
Amirobod madaniyati (mil.avv IX-VIII asrlar) davrida Amudaryo 
quyi havzasida yashovchi aholi hali davlatchilikdan bexabar bo‘lib, 
irrigatsiya xususiyati ibtidoiy urug‘-qabilachilik an’analarini saqlab 
qolgan aholi jamiyatiga xos edi. O‘rta Osiyoning Janubiy mintaqalariga 
qaraganda Xorazm vohasi aholisi uzoq vaqt beqaror suv oqimi 
sharoitida, noqulay tabiat injiqliklari girdobida qolib kelgan. Qadimgi 
yozma manbalar ma’lumotlari va mavjud arxeologik yodgorliklarning 
qiyosiy tahliliga ko‘ra, Xorazmda davlatchilik ildizlarining paydo 
bo‘lishigan asos bo‘lgan ilk shaharsozlik madaniyati sohiblari-
Xorazmiylar ko‘chib kelgach tarkib topdi va rivojlandi. “Xorazm” 
atamasining kelib chiqishi haqida ko‘plab fikrlar mavjud. Olimlarning 
katta guruhi “Xorazm” atamasining ikkinchi komponenti –zmi, -zamni 
hind-yevropa tillariga mansub – zemo – yer, o‘lka, mamlakat ma’nosini 


10 
beradi degan xulosaga kelganlar. So‘zning birinchi komponentiga 
kelganda olimlar fikrlaridagi yakdillik yo‘qoladi va u turlicha – 
“Ozuqaga boy mamlakat”, “Unumdor yer” (E.Byurnuf, E.Zaxau, 
U.Geyger, U.Tomashek), “Go‘zal mamlakat” (F.Yusti), “Unumsiz, 
yomon yer” (F.Shpigel), “Pastlik yer” (P.Lerx, N.Veselovskiy, 
X.Klipert), “Quyoshli yoki Sharqiy o‘lka” (S.Tolstov, P.Savelev, 
F.Sulaymonova), 
“Sharqiy 
zamin”, 
“Kunchiqar 
mamalakat” 
(I.Mo‘minov) tarzida talqin etiladi. 
Yana bir guruh olimlar “Xorazm” atamasi uch leksema asosida 
(Uvarizami, u – “yaxshi”+ vara – “qal’a”,”qo‘rg‘on”+zimi-“yer”) paydo 
bo‘lgan deb hisoblab, mazkur tarixiy atamaning ma’nosini “yaxshi 
qo‘rali yer”, “Ajoyib qal’ali o‘lka” yoki “Mustahkam qo‘rg‘onli diyor” 
(Bogolyubov, A.Muhammadjonov) tarzida tarjima qiladilar. So‘nggi 
tadqiqotlarda “Xorazm” atamasining o‘zagi qadimgi turkiy asoslarga 
ega bo‘lishi mumkin degan fikrlar ilgari surilib (“Xuar” (“Suvar”)) –
“suv” (“xu”) – suv, “Ar”-yer, odam, “m”- birinchi shaxs qo‘shimchasi) 
va u “Suv (daryo) odamlari” yoki “suv egalari” (M.Zakiyev, 
Sh.Kamoliddin, O‘.Nosirov) deb tarjima qilingan.
Olimlarning ta’kidlashicha, Avestoda tilga olingan Aryoshayona yoki 
Aryanam Vaychax shu manbada eslatilgan Kavi Vishtaspning 
podsholigi bo‘lib, milloddan avvalgi IX-VIII asrlarda Drang‘iyona, 
Satagadiya, Ariya, Marg‘iyona va Amudaryoning o‘rta oqimidagi 
viloyatlarni birlashtirgan. G‘arb tadqoqotchilari V.Xenning va 
I.Gershevichlar Avestodagi Kavi Vishtapsning davlati Marv va Hirot 
atrofida joylashgan “Katta Xorazm” deb hisoblaydilar. “Katta Xorazm” 
muammosi Gerodot ma’lumotlaridan boshlangan. U “Tarix” asarining 
uchinchi kitobida quyidagicha ma’lumot beradi: “Osiyoda bir vodiy bor. 
Uning barcha tomoni tog‘ bilan o‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib 
turadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorasmiylarga tegishli bo‘lib, xorasmiylar, 
parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarga chegaradosh yerlarda 
joylashgan. Vodiyni o‘rab turgan tog‘dan Akes nomli yirik daryo 
boshlanadi”.
Gerodotdan sal oldinroq yashab o‘tgan Gekatey parfiyaliklarning 
sharqiy tomonida joylashgan “Xorasmiya”ni, “bir qismi tekisliklarda, bir 
qismi tog‘larda yashovchi xorazmliklarni” eslatib o‘tadi. Tadqiqotchi 
V.A.Livshis ham bu “Katta Xorazm”ni Marv va Hirotning to‘rtta 
rayoniga joylashtiradi. Agar “Katta Xorazm” davlati Marv va Hirot 
atroflarida joylashgan taxmin rost bo‘lsa, A.S.Sagdullayevning fikricha
bu davlat forslar podshosi Kir II tomonidan bo‘ysundirilganidan so‘ng 


11 
xorasmiylar Quyi Amudaryoning Xorazm hududlariga ko‘chib borganlar 
deb faraz qilinadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, miloddan avvalgi VI asr 
qadimgi forslar xorasmiylarni janubdan quyi Amudaryo yerlariga siqib 
chiqargan. 
Qadimgi Xorazm xo‘jalik tartibining tuzilishi janubiy hududlardagi 
sug‘orish tizimini eslatsada, o‘lchamlari jihatdan ancha kichik. 
M.A.Itinaning fikricha, bu davrda urug‘doshlarning qishloqlari bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan manzilgohlarning maydonlari kengayganligi kuzatiladi. 
Bu manzilgohlarda katta oilalar yashagan bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida 
xo‘jalik vazifalari, jumladan, sug‘orish tarmoqlarini saqlash va 
rivojlantirish bilan shug‘ullanganlar. So‘nggi bronza davrida ham 
qadimgi Xorazm xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri chorvachilik 
xo‘jaligi edi. Bu davrga oid makonlardan juda ko‘plab turli 
hayvonlarning suyak qoldiqlari topib o‘rganilgan. Chorvachilik 
xo‘jaligida ot asosiy o‘rinda bo‘lib ulardan yuk tashish va safarga 
chiqishda foydalanilgan. Ayrim manzilgohlardan ot anjomlarining 
topilishi shu jarayondan dalolat beradi. Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, 
olimlar orasida massaget qabilalari totemlarida ot kulti markaziy o‘rinda 
turishi haqidagi fikrlar ham bor.
O‘troq dehqonchilik qabilalarining chorvachiligi uy chorvachiligi 
xususiyatiga ega edi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mil. avv. I ming 
yillikning boshlariga kelib Orol bo‘yidagi xo‘jaligi asosini dehqonchilik 
va chorvachilik tashkil etgan qabilalar o‘rtasida farqlar shakllana 
boshlaydi. Mil. avv. VII-VI asrlarga kelib esa, ular madaniyati 
o‘rtasidagi farqlanish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Fikrimizcha, aynan 
mana shu davrdan boshlab, Sharqiy Orol bo‘yida yarim ko‘chmanchi 
chorvador xo‘jalik madaniy shakli ustunlik qilgan bo‘lsa, Amudaryoning 
janubiy o‘zanlarida esa yuqori darajadagi sun’iy sug‘orishga asoslangan 
o‘troq dehqonchilik xo‘jaliklarining ahamiyati ortib boradi. Mil. avv. I 
ming yillikning ikkinchi choragiga kelib Orol bo‘yida hunarmandchilik 
ajralib chiqishining dastlabki belgilari kuzatiladi. Ortiqcha mahsulotning 
ko‘payishi esa mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish uchun imkoniyatlar 
yaratadi. 
Mil. avv. I ming yillikning o‘rtalariga kelib qadimgi Xorazm 
hududlarida sug‘orma dehqonchilikning taraqqiy etishi va ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanishi natijasida 
ibtidoiy 
jamoa 
munosabatlari o‘rniga davlatchilik tizimi shakllana boshlaydi. Ushbu 
tizimning shakllanishida qadimgi shaharlarning ahamiyati nihoyatda 
katta bo‘ldi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qadimgi Xorazm 


12 
shaharlarining rejaviy uslublari – ichki va tashqi tuzilishi, himoya 
inshootlari, tabiiy joylashuvi nuqtayi nazaridan ko‘p hollarda bir-biri 
bilan o‘xshashlik topadi. Tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan 
Xorazmning eng qadimgi shahar qal’alaridan biri bo‘lgan Ko‘zaliqirning 
quyi madaniy qatlamlarini S.P.Tolstov mil. avv VII-VI asrlar bilan, 
V.Masson esa mil. avv. V-IV asrlar boshlari bilan belgilagan edi. 
So‘nggi tadqiqotlarda esa Ko‘zaliqirda hayot mil. avv VI va V asrning 
birinchi yarmida mavjud bo‘lgan degan xulosalar ustunlik qilmoqda. 
Ko‘zaliqir qadimgi Xorazmdagi dastlabki tuzilishi ancha aniq 
bo‘lgan, himoya devorlari bilan o‘rab olinib diniy-topinish xususiyatiga 
ega bo‘lgan me’moriy yodgorlikni o‘zida aks ettiradi. Uning 
atroflaridagi keng maydon, aftidan, keyingi qurilishlarga mo‘ljallangan 
bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash joizki, mil. avv. VI-V asrlarga kelib O‘rta 
Osiyo shaharsozlik madaniyatida ibodatxonalar qurilishi muhim bo‘lib, 
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ko‘zaliqir O‘rta Osiyoning boshqa 
shaharlari kabi vohaning mustahkamlangan harbiy-siyosiy va ma’muriy 
markazi hisoblanib, rivojlangan sug‘orma dehqonchilik bilan 
ta’minlangan edi. S.Tolstov Amudaryoning quyi havzalari “Katta 
Xorazm” tarkibiga kirganligi haqidagi konsepsiyani ilgari surib, 
Xorazmda mil. avv. VIII-VII asrlarda dastlab qabilalarning harbiy 
konfederatsiyasi paydo bo‘lib, undan davlat uyushmasi o‘sib chiqdi 
degan fikrga kelgan bo‘lsa, V.Masson bu fikrga qarshi chiqib, 
arxeologik materiallar tahlili Xorazmda Ahamoniylarga qadar 
markazlashgan davlat tashkil topganligini tasdiqlamaydi, degan fikrga 
keldi.
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga tayangan V.T.Vorobeva o‘tgan 
asrning 
70-yillarida 
“Katta 
Xorazm”ning 
janubiy 
chegarasi 
Amudaryoning o‘rta havzalari (Qo‘shqal’a, Odoytepa atroflari)dan 
o‘tgan va uning shimoliy chegaralari Amudaryoning quyi havzalarini 
qamrab olganligi hamda qadimgi Xorazm davlati “Katta Xorazm” davlat 
konfederatsiyasining tarkibiga kirganligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. 
B.Vaynberg va S.Baratovlar ham V.Vorobeva g‘oyalariga yaqin fikr 
bildirganlar. R.Fray “Katta Xorazm” davlatining hududi Marv – Hirot 
atroflarini qamrab olib, Ahamoniylar bosqinidan so‘ng bu hudud aholisi 
Oks (Amudaryo)ning shimoliga ko‘chganligi haqida fikr bildirgan 
bo‘lsa, I.Xlopin va I.Pyankovlar Xorazmdagi Ahamoniylargacha 
bo‘lgan davlatchilikni inkor etadilar. A.Asqarov esa, xorasmiylarning 
Tajan (Gerirud) va Xilmend daryolari havzalaridan shimolga, quyi 
Amudaryo havzalariga ko‘chishi mil. avv. VI asrda ro‘y bergan bo‘lib, 


13 
“Katta Xorazm” davlati konfederatsiyasining shimoliy chegarasi 
Amudaryoning o‘rta chegarasigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga 
olganligi haqidagi fikrlarni ilgari suradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mil. avv. V-IV asrlarda Xorazm va 
unga qo‘shni bo‘lgan hududlarni urbanizatsiya jarayonlari qamrab olgan 
edi. Natijada bu hududlarda tarixiy-madaniy dehqonchilik vohalari 
paydo bo‘ladi va ular ilk davlatchilikning asosi edi. Mil. avv. VI asrdan 
boshlab esa hozirgi Xorazm vohasida davlatchilik shakllanib, u qadimgi 
Sharq sivilizatsiyasi markazlaridan biriga aylanib bordi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin