52
polizchilik, bog‘dorchilik tez o‘sib bordi. Bu sohalar, ayniqsa,
Zarafshon, Qashqadaryo, Shosh, Farg‘ona vodiysi va Xorazm vohasida
ko‘proq rivojlandi. Murg‘ob, Buxoro, Samarqand va Shosh atroflarida
paxtachilik maydonlari kengaydi. IX-X asrlar xo‘jalik hayotida
hunarmandchilik ham alohida o‘rin tutgan. Shaharlarda to‘qimachilik,
kulolchilik, degrezlik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik
singari hunar turlari ancha rivojlandi. Bu esa shaharlar qiyofasining
keskin o‘zgarishiga, ularda oliy imoratlar masjid-u madrasalar, ko‘rkam
rastalar-u karvonsaroylarning qad rostlashiga olib kelgan. Buxoroda
kumush tanga va dirham zarb qilingan. Narshaxiyning yozishicha,
Buxoroda bayt-ut-tiroz, ya’ni to‘qimachilik korxonasi bo‘lgan.
Buxorodan zandanicha nomli matoni Shom, Misr, Rumga olib ketganlar.
Somoniylar davlati feodal yer egaligiga asoslanganligi tufayli undagi
mulkiy bo‘linish ham turli xil shakllarga ega bo‘lgan. Bular
quyidagilardir: 1) mulki sultoniy – sulton (amir)ga tegishli yerlar; 2)
mulk yerlari – xususiy mulk yerlari; 3) vaqf yerlari (machit, madrasa va
boshqa diniy muassasalar tasarrufiga berilgan yerlar); 4) jamoa yerlari.
Olinadigan soliqqa qarab yerlar ikkiga bo‘lingan: a) “Mulki xiroj” –
xiroj yerlar, ya’ni soliq olinadigan yerlar; b) soliq to‘lashdan qisman
yoki butunlay ozod etilgan yerlar. Somoniylar davrida ko‘pchilik
dehqonlar turli xil soliq va to‘lov turlaridan tashqari davlat tomonidan
ko‘plab majburiyatlarni o‘tashga ham jalb etilgan. Suv inshootlarini
tozalash, ta’mirlash, to‘g‘onlar, ko‘priklar, yo‘llar qurish shular
jumlasidan edi. Bunday og‘ir ishlarga jalb qilingan odamlar haftalab, o‘n
kunlab, ba’zan esa oylab o‘z hisobidan ishlab berishga majbur edilar.
Qishloqlarda esa yersiz dehqonlarning ko‘pchiligini kadivorlar, ya’ni
yollanib ishlovchi korandalar tashkil etardi. Korandalar IX-X asrlarda
“sherik” yoki “barzikor”, Xurosonda esa “akkor” deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: