Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə74/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Dastlabki hujjatlar deb bevosita xo'jalik muomalasi sodir bo'lgan vaqtda yoki sodir bo'lganidan so'ng darrov tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga kassa kirim orderi, (КО-1-shakl), kassa chiqim orderi (KO-2-shakl)qishloq xo'jalik mahsulotlarining kelish kundaligi, talabnoma-yuk xati, chorva mollarini tortish (o'lchash) vedomosti va boshqa hujjatlar misol bo'ladi.
Buxgalteriya hisobining hujjatlari shakllantirish tartibiga ko'ra dastlabki va yig'ma hujjatlarga bo'linadi.
Yig'ma hujjatlar deb to'ldirilgan bir qancha dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Kassiming hisoboti, bo'nak (avans) hisobotlari, fermadagi hayvon va parrandalarining harakati to'g'risidagi hisobot va boshqa hujjatlar yig'ma hujjatlarga misol bo'la oladi.
Yig'ma hujjatlar dastlabki hujjatlardagi ma’lumotlami umumlash- tirib, hisob ishlarini ixchamlashtiradigan, yiriklashtirilgan ma’lumotlami olish va dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini zarur yo'nalishlarda guruhlashda ulkan ahamiyatga ega.
Buxgalteriya hujjatlari xo'jalik muomalalarini qamrab olish, ya’ni bir yoki bir qancha xo'jalik muomalalarini o'zida aks ettirish xususiyatiga qarab bir martalik va jamlama hujjatlarga bo'linadi
Bir martalik hujjatlar deb bir yoki bir necha xo'jalik

muomalasi bir vaqtda rasmiylashtiriladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga kassa kirim orderi, kassa chiqim orderi, bajarilgan ishlami qabul qilish dalolatnomasi, to'lov vedomostlari va boshqa shunga o'xshash hujjatlar kiradi.


Jamlama hujjatlar deb bir xil xo'jalik muomalalari ulaming sodir bo'lgan vaqtiga qarab rasmiylashtirilib boriladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga kassir hisoboti, tovar-moddiy boyliklami olish uchun limit-zabor kartalari, sut sog'ishni hisobga olish jumali va boshqa hujjatlar misol bo'ladi. Misol tariqasida kassir hisobotini keltirishimiz mumkin (6.2-rasm). Bu hujjat kassa kirim va chiqim orderlari hamda ularga ilova qilinadigan boshqa tegishli dastlabki hujjatlarga asosan tuziladi. Jamlama hujjatlami qo'llash korxonada tuziladigai hujjatlar sonini kamaytiradi va buxgalteriya hisobini yuritish texnikasini qisqartiradi hamda osonlashtiradi.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin