Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix02.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#106259
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Falsafafanining predmeti, maqsadi va vazifalari ma’ruza rejasi

Avgustin (354-430) dir. U o‘rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi 
davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta'sir ko‘rsatgan. 
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din» ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u 
Platon falsafasidan topishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g‘oyalari – «bu ijodkor ijodga 
kirishish oldidan yuritgan mulohazalar »
22
dir. Xudo dunyoni yo‘qlikdan yaratgan. Inson panoh 
topishining asosiy yo‘li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar» 
ning yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi 
– «dunyoviy shahar», ya'ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan o‘z-o‘ziga bo‘lgan 
muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o‘z-o‘ziga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan 
Xudoga bo‘lgan muhabbat» ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur: «Ilohiy
shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud. 
22
Avgustin \\ Vsemirnaya ensiklopediya. –M.: Sovremenniy literator, 2001. –S. 11. 


Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi 
muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o‘zligini, uning ruhiy 
holatlarini o‘rganadi.
Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go‘daklik yillaridan boshlab inson xristian 
sifatidashakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatishning har 
qanday shakllarini maktabda bolaga zo‘rlik ishlatishdan davlat darajasida zo‘rlik ishlatishgacha) 
qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o‘tgach, 
ayni shu muammo ekzistensializm vakillaridan Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish
uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Avgustin inson sub'ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning 
barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig‘ini insonning 
o‘zligidan, inson tafakkurining o‘z-o‘zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish 
mumkin.Avgustin shaxs uchun o‘zlikning rolini ko‘rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan 
ajralibchiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o‘z «Meni» 
ni qanday kashf etadi, degan savolga javob topishga harakat qiladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin