bogliqdir. Barcha kasb uchun umumezon boladigan axloqiy
me’yorlar rostgo'ylik, halollik, xushfe’llik xulq go‘zalligini tash
kil etadi. Xulq go‘zalligi esa kasb etikasigagina emas, balki kasb
estetikasining ham muhim tarkibiy qismi desak xato bo‘lmaydi.
Bu shifokor, o‘qituvchi, jurnalist kabi barcha kasb egalari uchun
muhimdir.
Har bir kasb o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu kasb estetikasida
ham o‘z aksini topadi. 0 ‘qituvchi faoliyati, mehnat mahsuli mu-
handisnikidan farq qiladi. Uning mehnat mahsuli o‘quvchining
axloq odobi, bilim darajasi, estetik didi bilan belgilanadi. Mu-
handis estetik didi esa u yaratgan avtomobilning qulay, chiroyli,
foydaliligi bilan belgilanadi. 0 ‘qituvchining yurish-turishi, este
tik fazilatlari uning o‘quvchilarida aks-sado bersa, muhandisning
mehnat mahsuli inson uchun qulaylik yaratadi, moddiy madani-
yatimizga hissa qo‘shadi. Albatta, bunda muhandis tabiiy fanlar
qatori estetika, ruhshunoslik kabi fanlarni ham egallagan va este
tik didga ega bolishi lozim.
Bugungi kunda jahon miqyosida sodir bolayotgan global-
lashuv jarayoniga binoan, bir tomondan, fan, ta’lim va madaniyat
sohasida mushtarak tamoyillariga yo‘l ochilsa, ikkinchi tomon
dan, ayrim xalqlar milliy qadriyatlari, madaniyat turlari va este
tik tasavvurlariga salbiy ta’sir etadigan jihatlar ko‘zga tashlanishi
tabiiy bolib qoldi. Demak, ana shunday obyektiv va subyektiv
sabablar, sharoitlar natijasi bolgan globallashuv davrida ma’naviy
hayotda, madaniyat jabhalarida nihoyatda sezgirlik va ogohlik bi
lan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: