Fakulteti kafedrasi Ro’yxatga olindi №



Yüklə 131,02 Kb.
səhifə7/12
tarix29.03.2023
ölçüsü131,02 Kb.
#91061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Fakulteti kafedrasi Ro’yxatga olindi №-1

Lyuks toifa. Umumiy ovqatlanish korxonalarining lyuks toifasiga restoran va barlar kiradi, bular boshqa toifalardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi: binolar noyob harakterdagi hajm rejaga ega bo‘lishi, mijozlar uchun zal a’lo darajada ko‘ngildagidek qilib yasatilishi shart. Bu talab an’anaviy arxitekturadagi restoran va barlarga, shuningdek, tematik restoran va barlarga ham tegishlidir. Hozirgi zamon injenerlik jihozlarining mavjudligi, turli musiqa dasturlaridan keng foydalanish, maxsus mebel, alohida idish-tovoqlarda taom buyurish, yoritish vositalari arxitektura-badiiy bezakni takomillashtiradi, xizmatning umumiy didli manzarasini namoyish qiladi. Bundan tashqari restoran mahsulotlari, buyurtma va firma ichimliklarining keng assortimenti taklif qilinadi.
Oliy toifa. Ularning ham noyob binolari, bino ichki bezaklari, chiroyli jihozlari, noyob assortiment, ko‘ngildagidek buyurtma va firma taomlari va mahsulotlari shuningdek, murakkab usulda tayyorlangan har xil darajadagi ichimliklar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003- yil 13- fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan ‘O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari’da umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi turlarga bo‘linadi va ularga quyidagicha tavsif beriladi.
Restoran - o‘z nomiga ega bo‘lgan, iste’molchilarga murakkab usulda tayyorlanadigan yuqori sifatli taomlar, kulinariya mahsulotlarining keng assortimentini hamda ichimliklarni taqdim etadigan eng qulay umumiy ovqatlanish korxonasi. Restoran taomnomasiga majburiy tartibda porsiyali va firma ovqatlari kiritiladi. Xizmat ko‘rsatish dam olish, ovqatlar pishirish va xizmat ko‘rsatish bilan uyg‘unlashtirilgan holda yuqori malakali oshpazlar va ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy turistlarga xizmat qiladigan restoran ofitsiantlari birorta chet tilini bilishi va mehmonlar bilan gaplasha olishi lozim. Restoranlar ayrim mijozlargagina xizmat qilish bilan cheklanmaydi. Davlat miqiyosidagi katta anjumanlar, majlislar, konferensiya, seminar, rasmiy kechalar, qabul marosimlari, to‘ylar, oila tantanalari, banket, tematik kechalar va boshqalarga xizmat qiladi. Restoranlarda mijozlarga, katta yig‘inlar, kengashlar, konferensiya qatnashchilariga taomning to‘la ratsioni beriladi. Restoranlar markaziy, odamlar gavjum ko‘chalarda, temir yo‘l, avtomobil vokzallarida, aeroportlar, kemalar to‘xtash joylarida, teploxod, dengiz kemalarida, suzuvchi dam olish uylarida, shuningdek, stadion, shaharlararo xududlarda, ma’muriy, tomosha maskanlari majmualarida, tarixiy va arxitektura yodgorliklari joylashgan yerlarda, O‘zbekiston sharoitida katta bozorlar, o‘yingohlar yaqinida ochiladi. Ko‘pgina restoranlarda bayram kuni oldidan, shanba va Yakshanba kunlari milliy taomlar ta’mini aniqlash (degustatsiya) tadbiri o‘tkaziladi. Ba’zi restoranlar faoliyatida oilaviy ovqatlanish tajribasi amalga oshirilmoqda. Xizmatning bu turida maxsus taomnoma tuziladi, bunda yosh bolalar hisobga olinadi.
Lyuks toifadagi restoranda buyurtma va firma taomlaridan tashqari, taomnomada yozilmagan taomlarning buyurtmasini ham qabul qilish mumkin. Restoranda mahsulotlar assortimentida shokolad, konfetlar, xo‘l mevalar va boshqalar bo‘lishi kerak. Lyuks va oliy toifadagi restoran vitrinalari turli manzarali badiiy materiallar, optik yoritkichlar, rangli diapozitivlar, fotosuratlar bilan bezatiladi. Vitrinalar shunday yasatiladiki, unda korxonaning faoliyati yaqqol ko‘rinadi, oshxonaning o‘ziga xos xususiyati, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat majmui aks etadi. Oshxonalarda foydalaniladigan matodan qilingan buyumlar -sochiqlar, dasturxon, salfetkalar, qo‘l sochiqlari zal xususiyatiga qarab buyurtma bilan tayyorlanadi. Bu buyumlarning har birida ham restoran tamg‘asi bo‘lishi shart. Lyuks va oliy toifadagi restoran taomnomasi bosmaxonada chop etilishi zarur. Bu restoranlarda xorijiy mehmonlarga xizmat qilinadigan bo‘lsa, taomnoma uch tilda: ingliz, fransuz, nemis tillarida bosiladi. Taomnomaning firmali jildi, reklama afishalari, bukletlar, varaqalar, tabrik va taklif qog‘ozlar va boshqa nashr reklamalari zich, qalin qog‘ozlar yoki yaltiroq ishlov berilgan kartondan tayyorlanadi. Taomnomaning jildida restoran nomi va tamg‘asidan tashqari, restoranning mavzu yo‘nalishini ifodalovchi rasm ham bo‘ladi.
Lyuks toifadagi restoranlarda albatta quyidagi qo‘shimcha xizmatlar bo‘lishi shart: bayram taomlari tayyorlash va xizmat uyushtirish, uyga ovqat olib borib berish, taom va boshqalarga buyurtmalar qabul qilish, ma’lum muddatga joyni band qilib qo‘yish, mijoz iltimosiga ko‘ra taksi chaqirib berish, gul va sovg‘alar sotish. Bundan tashqari, lyuks va oliy toifadagi restoranlarda orkestr chiqishiga mo‘ljallangan joy bo‘ladi. Ansambllar, teatr guruhlari konsert dasturlari bilan mijozlarning Yaxshi dam olishiga sharoit yaratiladi. Lyuks toifali restoranlarda yuqori sifatli stereofonik radioapparaturadan foydalaniladi, har bir stolda ovozni bir me’yorda tartibga soluvchi dinamiklar bo‘ladi. Restoranlar bir-birlaridan quyidagilar bilan farqlanadi:
- tayyorlab beriladigan taomlar assortimenti bo‘yicha (milliy taomlar, xorijiy mamlakat taomlari);
- o‘rnashgan joyi - shaharda, vokzallarda, mehmonxonada, dam olish zonasi, vagon-restoran va boshqalar.
Restoran zallarida mijozlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida arxitektura-konstruktiv manzarali elementlar, mebel va boshqa jihozlar o‘rnatish uchun maydonlar barpo etiladi. Restoranlarda mebellarning asosiy turlari: ikki, to‘rt, olti kishi sig‘adigan stollar (to‘g‘ri burchakli, kvadrat, dumaloq va boshqa shaklda); restoran kreslolari, divanlar, ofitsiantlar uchun servantlar, guldonlar, xizmat uchun stollar va hokazo. Shahar restoranlari shahar ichida joylashgan bo‘ladi, belgilangan ma’lum soatlardagina ishlaydi. Ular taom, gazaklar, ichimliklarning keng assortimentini tavsiya etadi, asosan tushki va kechki ovqatlar tayyorlaydi. Vokzal restoranlari - temir yo‘l, aerovokzallarda joylashgan bo‘ladi va yo‘lovchilarga kecha-yu kunduz xizmat qiladi. Bu restoranlar taomnomasida taomlar, gazak va ichimliklar cheklangan bo‘ladi.

Yüklə 131,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin