Fakultet: Xalqaro turizm



Yüklə 19,7 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü19,7 Kb.
#97587
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Fakultet: Xalqaro turizm
Yo’nalish: Turizm( faoliyat turlari bo’yicha)
Fan: Moliya asoslari

ESSE
Mavzu: Xorijiy valyuta bozori va obligatsiyalar.

TU-84 Ergasheva Nazokat

Reja:
1. Xorijiy valyutalar bozori tashkiliy jihatlari


2. Xalqaro qimmatli qogʻozlar bozori iqtisodiy mohiyati
3. Xalqaro obligatsiyalar

Dunyodagi aksariyat mamlakatlarning oʻzlarining milliy valyutalari mavjud. Masalan: AQSHda AQSH dollari; Yevropa ittifoqida yevro; Brazilyada real; Rossiyada rubl; Xitoyda yuan va boshqalar. Ushbu mamlakatlar orasida amalga oshiriladigan savdo sotiqlar turli xil valyutalarni ayriboshlash jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Agarda Braziliyadagi biror bir firma xorijiy mamlakatdan biror bir mahsulot yoki aktivni sotib oladigan boʻlsa, Braziliya reali yoki ushbu valyutadagi bank depoziti boshqa valyutaga ayriboshlanadi. Valyuta bozori — talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doyra. Birja va birjadan tashqari valyuta bozoriga boʻlinadi. Shuningdek, valyuta bozori valyuta xatarini sugʻurtalash valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash valyuta sarflari bilan bogʻliq turli tadbirlarni ham qamraydi. Xoʻjalik hayotining yirik xalqaro valyuta bozorlari AKSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Singapur va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. Valyuta bozorida muomalalar valyutani naqd yetkazib berish bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs boʻyicha maʼlum muddatda (1—3 oy va undan keyin) yetkazib berish shaklida amalga oshiriladi. Aksariyat valyuta muomalalari AQSH dollarida olib boriladi. 1999 yil 1 yanvardan Yevropa mamlakatlarining umumiy pul birligi — yevro ham valyuta muomalalariga jalb etildi. Valyutalar hamda maʼlum bir valyutada shakllantirilgan bank depozitlari savdosi xorijiy valyuta bozori (FOREX)da amalga oshiriladi. Xalqaro valyuta bozori yuqorida taʼkidlanganidek turli mamlakatlarning valyutalari oldi sotdisi amalga oshiriladigan bozor hisoblanadi. Dastlab Foreks faqatgina sayohat qiluvchilar yoki savdogarlar tomonidan oʻz davlatlaridan boshqa davlatga borganlarida valyutani ayriboshlash uchun ishlatilgan. Hozirgi kunda esa bu atama asosan investitsiya kiritib, foyda olish mumkin boʻlgan manba sifatida qaraladi. Statistik maʼlumotlarga nazar soladigan boʻlsak, foreksda oʻz faoliyatini boshlaydigan yangi treyderlarning aksariyat qismi aniqrogʻi 90-95 foizi oʻz pullarini qanday qilib yoʻqotganini tushunmagan holda ushbu bozorni tark etishadi. Xorijiy valyuta bozorida amalga oshirilgan tranzaksiyalar valyutalarning ayriboshlash kursini belgilab beradi. Xorijiy valyuta bozorida ikki xil ayriboshlash kurslari tranzaksiyalari mavjud. Predominant tranzaksiyalar, spot tranzaksiyalari deb ham yuritiladi, bunga koʻra tranzaksiyalar tezda yaʼni ikki kunda amalga oshiriladi. Ikkinchisi esa Forvard tranzaksiyalar boʻlib, bu yerda ayriboshlash kelajakdagi belgilangan muddatda amalga oshiriladi. Spot ayriboshlash kursi spot tranzaksiyalari uchun belgilangan kurs, forvard ayriboshlash kursi forvard tranzaksiyalari uchun ayriboshlash kursi hisoblanadi. Ayriboshlash kurslarining muhim jihati shundaki ular mahalliy hamda xorijiy mahsulotlar bahosiga taʼsir qiladi. Misol uchun Fransiyada ishlab chiqarilgan mahsulotning AQSH dollaridagi bahosi ikkita omil taʼsirida belgilanadi: ushbu fransuz mahsulotining yevrodagi bahosi hamda yevro va dollar oʻrtasidagi ayriboshlash kursi.
Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi. Qimmatli qogʻozlarning xorijiy mamlakatlarda ham muomalada boʻlishi bugungi kunda koʻplab mamlakatlarda oddiy holatga aylandi. Bunda “Moliya bozorining globallashuvi kuchayishi muhim tendensiyaga aylangan”. Hattoki, maʼlum bir mamlakat yoki kompaniyalar oʻz qimmatli qogʻozlarini xorijiy valyutada emissiya qilib mamlakat ichida emas balki xorijiy davlatlarda joylashtirish amaliyotlari ham tez-tez kuzatilayotgan holatlardan biridir. Yevroqogʻozlar – xorijiy investorlar oʻrtasida joylashtirish maqsadida emitent uchun xorijiy valyutada chiqariladigan qimmatli qogʻozlardir. Yevroqogʻozlar muomalasi xalqaro darajada muomalada boʻlishi bois xalqaro qimmatli qogʻozlar deb ham yuritiladi. Yevroqogʻozlarning asosiy turlari quyidagilar: Yevroaksiyalar – kompaniyalar, umumiy holda transmilliy kompaniyalar, banklar, investitsion fondlarning ham milliy bozorda, ham boshqa mamlakatlar bozorlarida savdoga qoʻyiladigan aksiyalaridir; Yevroobligatsiyalar (ingl. eurobond) mamlakatdan tashqarida qattiq valyutada sotiladigan obligatsiyalardir; Yevrodepozitsertifikatlari – amerika banklari boʻlinmalari va shoʻba kompaniyalari va boshqa davlat banklari tomonidan xorijiy valyutada (asosan AQSH dollarida) chiqarilgan qimmatli qogʻozlar; Qisqa muddatli yevroqogʻozlar – seriyali tarzda chiqariladigan xalqaro darajada joylashtiriladigan qimmatli qogʻozlardir.
Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qoʻlidagi pul mablagʻlarini toʻplab, biror maqsad yoʻlida safarbar etish uchun chiqariladi. Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga boʻlinadi. Daromad davlat tomonidan chiqariladigan Obligatsiya boʻyicha yutuq, kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz shaklida toʻlanadi. Obligatsiya uyushtirilgan savdo orqali (birjalarda) va erkin joylashtiriladi. Obligatsiya moddiy yoki pul mablagʻi evaziga kafolatlangan yoki kafolatlanmagan, yaʼni Obligatsiya chiqaruvchilarning chin soʻzi va obroʻsi bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan boʻlishi mumkin. Baʼzi Obligatsiyalar konvertirlanadi (Obligatsiya egasi uni boshqa Obligatsiyaga almashtirib olish huquqiga ega boʻladi). Obligatsiyaning bozor narxi uning nominalidan yuqori yoki past boʻladi. Zayom Obligatsiya ilk bora 17-asr boshlarida Angliyada chiqarilgan boʻlib, keyinchalik jahonning bir qancha mamlakatlarida muomalaga kiritilgan. Ular, asosan, davlat hamda aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan chiqarilib, ssuda kapitali bozorida erkin muomalada boʻlgan. Oʻzbekistonda 1996-yildan Moliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslarga moʻljallangan davlat qisqa muddatli Obligatsiyalari muomalaga chiqarila boshlandi. Obligatsiyani sotishdan kelib tushgan mablagʻlar davlat byudjeti taqchilligini qoplashga yoʻnaltiriladi. O'zbekistonda Obligatsiyalar asosan tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) tomonidan chiqariladi. Shuningdek, 2020-yilning fevral oyidagi qonunchilikdagi o’zgarishlarga ko’ra mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ham korporativ obligatsiyalar chiqarishi imkoni yaratilgan. Xalqaro obligatsiyalar bozorida xorijiy obligatsiyalar anʼanaviy instrumentlar hisoblanadi. Xorijiy obligatsiyalar xorijiy davlat tomonidan unga nisbatan xorijiy boʻlgan valyutada sotilgan obligatsiyalardir. Yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarish maʼlum bir tayyorgarlik ishlarini va xarajatlarni talab qiladi. Lekin boshqa tomondan nisbatan past foizlarda uzoq muddatli yuqori miqdordagi moliyaviy resurslar jalb qilish imkonini beradi. Odatda yevroobligatsiyalar kamida 3 yilga chiqariladi, eng keng tarqalgan muddat sifatida 5 yillik muddat keltiriladi. Dunyoga mashhur kompaniyalar tomonidan muomalaga chiqariladigan yevroobligatsiyalar 15 yildan 30 yilgacha boʻlgan muddat boʻyicha amal qiladi. Birinchidan, xorijiy bank kreditlarini jalb qilish boʻyicha qoʻyilgan talablarning murakkabligini alohida qayd etib lozim. Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan korporativ tuzilmalarning aksariyati uchun moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini baholash uchun dunyoga mashhur auditorlik kompaniyalarini jalb qilish qimmatlik qiladi. Chunki eng yirik yuzta auditorlik kompaniyalari tahlil qilinganda ularning xizmat haqlari 2,8 million AQSH dollaridan 86,5 million AQSH dollarigacha ekanligini koʻrish mumkin. Ikkinchidan, yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish boʻyicha ham xalqaro reyting agentliklarining kredit reytingi talab qilinishi, tashkiliy xarajatlarning yuqoriligi mahalliy aksiyadorlik jamiyatlari korporativ obligatsiyalarining xalqaro darajada joylashtirilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Yüklə 19,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin